Birinchi bosqichda bozor hajmining salohiyati (hajmi) aniqlanadi. Misol uchun bir oyda ko‘zda tutilgan bozorda sotiladigan makaron mahsuloti (tonna yoki so‘mda) aniqlanadi. Sotiladigan makaronning miqdoriga bir qancha omillar ta’sir etadi: aholi soni, daromadi, milliy urf-odatlar, mavsumning o‘zgarishi, o‘rnini to‘ldiruvchi boshqa tovarlarning (guruch, kartoshka, grechka, go‘sht) narxlaridagi o‘zgarishlar misol bo‘la oladi. Eng asosiy ta’sir etuvchi omillarga iqtisodiy omillar kiradi: aholi daromadlarining ko‘payishi, aholi xarajatlari strukturasidagi o‘zgarishlar, inflyatsiya darajasi, unni import qilish bilan bog‘liq ma’muriy o‘zgarishlar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |