Oddiy marketing tadqiqoti jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Sizni biznesingizga kerak bo‘lgan marketing ma’lumotlarini aniqlash. Shu ma’lumotlarni qidirish, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, korxonangiz foydasiga shu ma’lumotlarni ishlatish chora tadbirlarini ishlab chiqarish. Birinchi galda sizning tovaringizni kim sotib oladi? Xaridorlar kim? Bozordagi sizning ulushingiz qancha foiz (dona? so‘m?). So‘ngra mahsulot ishlab chiqarishni bashorat
(prognoz) qilish, uni sotish bozorini aniqlash, xaridorlarni aniq bilish, ularni nima uchun sotib olishi sabablarini bilish, kelgusidagi 3-5 yillikda qancha sotib olishini hisob-kitob qilish zarur bo‘ladi. Bunday marketing tadqiqoti bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va marketing rejasi prognoz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |