Marketing rejasi bilan ishlab chiqarish rejasining aloqadorligi
Xom-ashyo va materiallar, ish haqi va boshqa xarajatlarni mahsulotning tannarxiga ta’siri tahlil qilinishi lozim. Xom -ashyo omborlari, ishlab chiqarish asbob-uskunalarining joylashuvi, tayyor mahsulotlarni qadoqlash, savdo belgisi, tayyor mahsulotni saqlash xarajatlari hisoblab ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Chakana savdo biznesida, eng avvalo, uni joylashgan joyi muhim rol o‘ynaydi. Qulay joylashgan chakana savdo korxonasi xaridorlarni mashinasini to‘xtash joyiga ega bo‘lishi, metro yoki transport bekatiga yaqin bo‘lishi, xaridorlar harakatilanadigan chorrahada bo‘lgani maqsadga muvofiq. Bular xaridorlar uchun qulayliklardir.
Ishlab chiqarish miqdorini xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar orqali aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish aniq talab asosida, mahsulot birligini tan narxini kamaytirgan xolda va sifatini taminlagan holda bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot sifati yuqori bo‘lishini ta’minlanishi
/kafolatlanishi kerak. Mahsulotni sifati xar dom bir xil sifatda bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |