Xitoy xalq respublikasidagi kam sonli millatlarnig hol-ahvoli, turmush tarzi, madaniyati, dini va bayramlari



Download 65,96 Kb.
bet31/39
Sana29.12.2021
Hajmi65,96 Kb.
#78840
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Xitoy xalqlari

28.Hani millati (哈尼族) 1.5 mlnga yaqin aholiga ega. Yunnnan provensiyasida yashashadi. Turmush tarzini asosini dehqonchilik tashkil etadi. Choy yetishtirish bo’yicha yetakchi o’rinlarda turadi. Yashaydigan uylarini asosan loy, turpoq bilan qurishadi. Ularni uylari ham uch qavatdan iborat. Pastki qavatida mol boqishadi, o’rta qavatida o’zlari istiqomad qiladi. Tepa qavatida mahsulatlarni saqlaydilar. Hanilarni o’z tili mavjud. Lekin harfi yo’q. 1957-yilga kelib lotin yozuviniga asoslangan harflardan foydalana boshlashdi. Xalq og’zaki ijodi juda boy. Olamning yaratilish haqida juda ko’p afsonalari bor. O’z cholg’u asboblari haqida musiqalarni chalishad. Ular uchun farzandning dunyoga kelishi va qizini turmushga uzatishi eng muhim bayramlardan bri sanaladi. Bundan tashqari ular yomg’ir va iliqlik bayramlarini ham uyushtiradilar. Ular yiliga ikki bayramni doimo o’tkazishga odatlanganlar. Birinchisi oktabr bayrami, ikkinchisi iyun bayrami. Oktabr bayramida hamma ko’chalarda chiqib bayram qilishadi. Uzundan-uzoq ichishadi. Butun qishloqlarda xursandchilik kayfiyati kezib yuradi.

29. Dai milliti (傣族) Yunnan provensiyasining g’arbiy qismida yashovchi dai millatining aholisi 1 mlndan oshadi. Iqtisodini asosini dehqonchilik tashkil etadi. Yashaydigan uylarini bambukning poyalaridan yashashadi. Odatda uylari ikki qavat bo’ladi. Yuqori qismida o’zlari yashashsa, pastki qavatida mollarini boqishadi. Erkaklarini kiyimlari unchalik katta emas, ayollarniki kam kaltaroq. Ularni o’zlarini tabobatlari va qonunlari bor. Dai millati qo’shiq kuylashni yaxshi ko’radi. Ularni raqslarini turlari juda ko’p. Bu xalq buddizim diniga e’tiqod qiladi. Ularni eng asosiy bayrami suv bayrami (水节). Bu bayramda turli-tuman harakatlarni ijro etishib bir-birlariga suv sepadilar.

30. Lisu millati(傈僳族)lisu millati 600 mingdan ortiq aholiga ega. Ular Yunnan provensiyasining Niu(努) dengizi yaqinida o’zlarini rayonlariga ega. Hayotini asosiy qismini tepaliklarda o’tkazishadi. Yashaydigan uylari kichkinaroq. XX asrning 50-yillarigacha hayotini asosiy qismini ovchilikda o’tkazishgan. Hozirgi kunlarda esa ularning ishlab chiqarish sohalarida, hayotida, transport tizimda katta o’zgarishlar sodir bo’lib kelmoqda. Lisu millatining o’zining so’zlashuv tiliga ega. 1957- yilda lotin yozuviga asoslangan harflarni qabul qilishgan. Lisu yoshlari odatda han tilidan foydalanishadi. Ularda ovchilik, termachilik haqida qo’shiqlar juda ko’p. lisu erkak-u ayollariga ichish va chakish oddiy holat sanaladi. To’g’ri ayollarda sal kamroq bo’ladi. Ular tabiat hodisalariga ishonishadi. Lisu millati orasida xristian diniga e’tiqod qiladiganlari ham bor. Ularning asosiy bayrami, yangi yil, hosildorlik va olov bayrami.

31. Va millati (佤族) 400 mingga yaqin aholisi bor. Ular Yunnan (云南)provensiyasining janubiy-g’arbiy qismida hayot kechirishadi. Va millati ularning tili Ava(阿瓦)deb talaffuz qilinib, ma’nosi “Tog’da yashovchi odam” (住在山上的人), deganidir. Iqtisodiyotini asosini dehqonchilik tashkil etadi. Ular ikki qavatli bambuk poyalaridan yasalgan oddiy uylarda yashashadi. Ular o’zlarining so’zlashuv tiliga egalar. 1957-yilda lotin yozuviga asoslangan harflarni qabul qilishgan. Va millati aroq ichishni juda yaxshi ko’radi. Bayramlarda, to’ylarda ko’p ichishadi. Valiklar buddizm va xristian diniga e’tiqod keltirishadi.

32. Jingpo millati(景颇族) Jingpo millati 130 mingdan ortiq agoliga ega. Ularda Yunnan (云南) provensiyasida o’zlarining rayonlariga egalar. Aholisining kattagina qismi tog’larda yashashaydi. Iqtisodiyotining asosini dehqonchilik, chorvachilik tashkil etadi. Ularni uylari ham bambukdan yasaladi. Ikki qavatdan iborat bo’ladi. Yuqori qismi o’zlari, pastki qismida hayvonlari yashashadi. Ularni o’z tillari mavjud. 1957-yilda lotin yozuviga asoslangan harflarni qabul qilishgan. Xalq og’zaki ijodi juda boy. Ularda tarixiy afsonalar, hikoyalar juda ko’p. bayramlarda milliy kuylarni kuylashni yaxshi ko’rishadi. Tabiat hodisalariga e’tiqod keltirishadi. Xirtian diniga ham sig’inishadi. Hosil bayrami asosiy bayrami hisoblanadi.

33. Nasi millati(纳西族) 300 mingdan ortiq aholiga ega bo’lgan Nasi millati Yunnan (云南) provensiyaasining Lijiang(丽江) dengizi bo’ylarida yashashadi. Sichuan(四川)da ham sonly sonli Nasi millati yashaydi. Dehqonchilik iqtisodiyotini asosini tashkil etadi. Ba’zi bir yerlarda chorvachilik bilan ham shug’ullanishadi. XX asrning 50-yillarida Nasi millatiga sanoat kirib keladi. Nasi millati uzoq o’tmishga ega madaniyatga ega. Dongba (东巴) diniga sig’inishadi. Ular yashaydigan Lijiang shahri dunyo madaniyati tarixidagi eng qadimiy meroslaridan biri hisoblanadi Ularning Dongba nomli yozuvi bor. Nasi millati u yozuvni “yer yuzidagi ilk yozuv” deb ataydilar. Hozigi kunda yoshlar Han yozuvidan foydalanishadi. Qariyalar esa Dongba yozuvini ishlatishadi. “Nasi millati qadimgi davr enseklopediyasi”da juda ko’p shu xalqqa oid musiqalar, she’rlar, raqs turlari keltirilgan. Bu xalqning milliy bayramlari juda ko’p.

34. Lahu millati (拉祜族) Lahu aholisi 450 mingdan oshiq. Ular Yunnan (云南), provensiyalarida yashashadi. Asosan tog’li hududlarda istiqomad qilishadi. Ishlab chiqarishining asosini dehqonchilik tashkil etadi. Ularning o’z tillari mavjud. Hozirda aholining ko’pchilik qismi han tilidan foydalanishadi. 1957-yilda lotin yozuviga aoslangan harflarni qabul qilishadi. Qora rang ular uchun eng chiroyli rang hisoblanadi. Millatning kiyimlarida ham shu rang gavdalanadi. Ular o’zlarining cholg’u asboblari bilan milliy kuylarni chalib, raqsga tushishni juda yavshi ko’rishadi. Bayramlarda juda ko’p ichishadi. Olov bilan bog’liq bayramlari juda ko’p.

35. Bulan millati (布朗族) 90 minnga yaqin aholiga ega bo’lgan Bulan millati Yunnan (云南) provensiyalarida yashashadi. Bulanliklar dehqonchilik bilan birga atirgul va choy yetishtirish bilan shug’ullanadilar. iqtisodiyotining asosini choy yetishtirish tashkil etadi. Barcha bulanliklar choy ekishni bilashadi va yaxshi ko’rishadi. Ular yashaydigan uylarini bambuk poyalaridan ikki qavat qilib qurishadi. Yuqori qavatida o’zlari yashashsa,pastki qismida chorvachilik bilan shug’ullanishadi. Ularning kiyimlarida asosan ikki rang ko’k va qorani ko’rishimiz mumkin. Ularning o’z tillari mavjud, lekin ko’p qismi han tilida gaplashadi. Bulan ayollari raqsga tushishni, erkaklari Ushu bilan shug’ullanishni yaxshi ko’rishadi. Ular buddizm diniga e’tiqod qilishadi. Ular yilning aprel oyida uyushtiriladigan Houyong (厚用节) bayrami asosiy bayrami hosiblanadi.

36. Achan millati (阿昌族) 40 mingga yaqin aholiga ega bo’lgan aching millati Yunnan (云南), daizu(傣族), va jingpo(景颇族), rayonlari orasida yashashadi. Dehqonchilik iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Ular uylarini g’isht va yog’ochdan qurishadi.Asosan, ikki qavatdan iborat. Boshqa millatlar singari yuqori qismida o’zlari va pastda chorvalari yashashadi. Achang millatini kiyimlari oddiy, sodda bo’ladi. Erkaklari bellariga pichoq osib yurishadi. Ularning o’zlarini tillari mavjud, lekin Han, dai, jingpo, myanma tillaridan foydalanishadi. Ularning xalq og’zaki ijodi juda boy.

37.Pumi millati(普米族) 30 mingdan ortiq aholiga ega bo’lgan pumi millati Yunnan(云南) provensiyasining shimoliy-g’arbiy qismida hayot kechirishadi. Ularning yashash manzillari tog’li rayonlarga to’gri keladi. iqtisodiyotini asosini dehqonchilik, chorvachilik, sanoat, yog’ochsozlik va lakli idishlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Pumi millatining eng sevgan rangi-bu oqdir. Oq rang ularning kiyimlarida hayot tarzida namoyon bo’ladi. Pumi xalqi mehmon kutishni, qariyalarni qadrlashni yaxshi ko’radi. Ularning o’zlarini so’zlashuv tiliga egalar. Odatda han yozuvidan foydalanshadi. qo’shiq kuylash, raqsga tushish ularning jonu-dillari bilan yaxshi ko’rishadi. Bayram kechalarida, to’y oqshomlarida kuylab raqsga tushishadi. Ularning asosiy dinlari juda ko’p. buddizm, daosizm, lamanizm, shamanism va h.k.

38.Nu millati(怒族) nu millatining aholisi 20 mingdan oshadi. Yunnan (云南) provensiyasida lisu rayonlarida yashashadi. Togli rayonlarda hayot kechirishadi. Tabiati shu darajada chiroylikki, sayohat qilib charchamaysan. Ularnig kiyimlarida, yashash tarzida tarixiylik saqlanib qolgan. Ularning o’z tillari mavjud lekin har bir hududda turli-tuman xil gaplashishadi. Han yozuvidan foydalanishadi. Xalq og’zaki ijodi juda boy. Ayniqsa qo’shiqlari juda ko’p. Nu millati ichishni juda yaxshi ko’radi. Ularda aroqning turi ko’p. Ular tibetliklar kabi buddizm diniga sig’inishadi. Nuliklar orasida xristian dinini ham qabul qilganlarini ko’rishimiz mumkin. yangi yil, gullar bayrami,ularning asosiy bayrami sanaladi.

39.Deang millati(德昂族) 20 mingga yaqin aholiga ega deang millati Yunnan(云南) provensiyasida yashashadi. ular o’zlarinig yerlarini “choyning vatani” deb ataydilar. hozirda ham choy ishlab chiqarish iqtisodiyotini asosini tashkil etadi. mehmon tashrif buyurganda ham eng avvalo choy keltiriladi. keramika , bambukdan yasaladigan buyumlari ham bozorbop buyumlar hisoblanadi. deang millati hayotiga han, dai, jingpo, va millatlari katta ta’sir o’tkazgan. dai millati juda yaqin qarindoshlar hisoblanadi. ular uylarini bambuk poyalaridan qurishadi. ularning o’z tillari mavjud. lekin aholining ko’pchilik qismi, han, dai, jingpo tillarida suhbat qurishadi. xalq adabiyoti juda boy. ular musiqani puflovchi cholg’u asboblari orqali ijro etishadi. ularning eng qadimiy cholg’u asbobi- shui zhi . u eng qadimgi, va eng mashhur cholg’u asbobi sanaladi. ular buddizm diniga sig’inishadi. suv bayrami eng asosiy bayrami hosiblanadi.




Download 65,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish