25.Chiang millati ( 羌族) Aholisi 300 mingga yaqin chiang millati Sichuan (四川)provensiyasining g’arbiy zonalarida yashashadi. Chiang aholisi sharqiy tibetliklar bilan birga hayot kechirishadi. Iqtisodiyotining asosini dehqonchilik, ovchilik, chorvachilik tashkil etadi. Chiangliklar asosan uch-to’rt qavatli uylarda istiqomad qilishadi. Pastki qavatda hayvonlarni boqishadi, o’rta qismida o’zlari yashashadi. Yuqori qavatda esa oziq-ovqatlarini saqlashadi. Chiang millati boshiga bosh kiyim kiyib yurishni hush ko’radilari. Erkaklar asosan ko’k rangli kiyim kiyadilar. Qo’y terisidan kiyim qiladilar. Ayollar kiyimi esa nisbatan yorqin. Gullar tasviri tushirilgan. Ularning o’z tillari mavjud, lekin ko’plari han tilidan foydalanishadi. Cjiang xalq og’zaki ijodini afsonlar, she’rlar, qo’shiqlar, raqslar tashkil etadi. Xalq kuylarini maxsus cholg’u asboblarida chalishadi. Bu xalq buddizm diniga e’tiqod qiladi. Chiang o’zini taqvimi va oy taqvimiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |