Taypin qoʻzgʻoloni - Xitoydagi Sin sulolasiga qarshi koʻtarilgan dehqonlarning eng yirik qoʻzgʻoloni (1850—1864). Unga Xun Syutsyuan, Yan Syutsin va boshqa boshchilik qilgan. 1850 yil yozida Szintyan (Guansi viloyati)da boshlangan. Taypin qoʻzgʻoloni dastlab lokal xarakterga ega boʻlgan. Qoʻzgʻolonga puxta tayyorgarlik koʻrilgan, qatʼiy intizomga boʻysungan armiya tuzilgan. Qoʻzgʻolonchilar Yanszi vodiysida "Samoviy moʻlkoʻllik davlati" ("Taypin tyango") barpo etganlar. Markazi Nankin shahri boʻlgan (1853). Qoʻzgʻolonchilar soni 20—30 mingdan 300—500 minggacha yetgan. Qoʻzgʻolon rahbarlari Xitoyda ishlab chiqarishva isteʼmodda barchaning tengligiga asoslangan utopik agrar dasturni eʼlon qilishgan. 1853 yil mayda qoʻzgʻolonchilar Pekinga yurish qilgan, biroq 1855 yil mayda ular hukumat qoʻshini tomonidan tormor keltirilgan. 1853—56 yillarda Markaziy Xitoyda qoʻzgʻolonchilar gʻalabaga erishib katta hududlarni egallashgan. Biroq 1856 yildan qoʻzgʻolon rahbarlari oʻrtasida kelishmovchilik vujudga kelishi oqibatida qoʻzgʻolonchilar safi zaiflashgan. Sin hukumati Angliya va Fransiya yordamida 1864 yil qoʻzgʻolonni bostirgan.
Mamlakatda uch pog‘onali ma’muriy hududiy bo‘linish qabul qilingan bolib, ular quyidagilardan iboratdir: provinsiya, uezd, volost.
Hozirgi kunda Xitoy hududi 23 ta provinsiya, 5 ta avtonom rayon, 4 ta markazga bo‘ysinuvchi shaharlarga va 2 ta alohida ma’muriy rayonlarga ajratilgandir.
Provinsiya va avtonom rayonlar - avtonom okruglar, uezdlar, avtonom uezdlar va shaharlarni o‘z ichiga oladi.
Uezdlar va avtonom uezdlar - volostlar, milliy volostlar va poselkalarni boshqaradilar.
Markazga bo‘ysinuvchi shaharlar va yirik shaharlar rayon hamda uezdlarga bo‘linadi. Avtonom okruglar - uezdlar, avtonom uezdlar, va shaharlarga bo‘linadi.
Avtonom rayonlar, avtonom okruglar va avtonom uezdlar - «Milliy avtonomiya» larni tashkil etadi.
Xitoyni g‘arbiy rayonlari to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, g‘arbiy hududda – Sinszyan-Uyg‘ur Avtonom Rayoni, Tibet Avtonom rayoni, Ninszya-Xuey Avtonom rayoni, Sinxay, Gansu, Shensi, Sichuan, Guychjou, Yunnan provinsiyalari va markazga bo‘ysunuvchi 4-shahar Chunsin shahri joylashgan bo‘lib, bu hududning mamlakat YaIM dagi salmog‘i 18% atrofidadir. 1980 yilga kelib, xattoki birmuncha pasaydi, ya’ni 14,0% ga tushib ketdi. 1990 yillar oxiriga kelib, u yana o‘sa boshlaydi va hozirgi kunda uning salmog‘i 17,2% ni tashkil etmoqda.
Ushbu rayonlar tabiiy resurslarga boy bo‘lib, ularda asosan, tashqi aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari orqali va davlat yordami orqali, mahalliy xom ashyoga tayangan holda, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Undan tashqari, “buyuk ipak yo‘lini” tiklash natijasida transport infratuzilmasini yo‘lga qo‘yishga ham katta e’tibor bermoqda.
Bugungi kunda yer osti qazilma boyliklarini o‘zlashtirish asosida, u yerda zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish masalasi mamlakat kun tartibida ko‘ndalang bo‘lib turibdi.
XKP ning XIY s’ezdi qarorlarida ta’kidlanganidek, ayniqsa, Xitoyning kam millat vakillari istiqomat qiladigan rayonlarida iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirish, favqulotda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, hozirda mamlakatda xitoyning tub millat vakili xanlardan tashqari, 55 ta turli millat vakillari bo‘lgan 100 mln.dan ortiq aholi ham yashaydi. Shulardan kelib chiqib, mana shu rayonlarga bugungi kunda markaziy davlat strukturalari orqali har tomonlama komlpeks yordam ko‘rsatilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 3 ta zonani “ixtisoslashtirish” tamoyillari hozirgi kunda, yetarli darajada ilmiy asoslangan va amaliy tarzda rasional deb tan olindi. Ular orasida amalda eng ko‘p real yordamni Xitoyning Sharqiy zonasi oldi. U boshqa zonalarga nisbatan tor yerda, ya’ni dengiz oldiga joylashgan bo‘lishiga va mamlakat territoriyasining atigi 13,5% ni egallashiga qaramay, unda 500 mln.kishidan ko‘proq ( 41%) aholi yashaydi. Sharqiy Xitoyning mamlakat YaIM dagi salmog‘i esa, 50% dan ortiqroqdir.
Ushbu mintaqa XXR si tashkil etilgan kundan keyingi hamma davrda “ eng ko‘p qulay sharoit ” tartibida bo‘lib keldi. Uning sabablari:
birinchidan, uning qulay geografik joylashganligi bo‘lsa,
ikkinchidan, revolyusiyadan oldingi davrda ham unda muayyan sanoat salohiyatining mavjudligi;
uchinchidan, nisbatan rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi;
undagi qulay tabiiy-iqlim sharoitlarining mavjudligi;
katta miqdorda kishilik resurslarining mavjudligi;
u yerda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga sharoitning yaxshiligidan iboratdir.
Ulardan tashqari, mazkur mintaqada XXR si poytaxti – Pekin shahrinin, Shanxay, Tyanszin va Guanchjou shahardarining joylashganligi katta ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda Sharqiy Xitoy mamlakatning bosh “industrial sexi” rolini o‘ynamoqda. Uning nisbatan kamroq foydali qazilmalariga ega ekanligiga qaramasdan, uning dengiz oldi provinsiyalarida asosiy sanoat tarmoqlarining muhim markazlari faoliyat ko‘rsatmoqdadir. Ulardan, sanoat tarmoqlarining metallurgiya, neft qazib olish va neft kimyosi katta o‘rin egallaydi.
Masalan, Shanxay, Shenyan, Dalyan, Sindao va boshqa o‘aharlarda katta quvvatlarga ega bo‘lgan og‘ir sanoat korxonalari, transport mashinosozligi va stanoksozlik korxonalari joylashgandir. Undagi kemasozlik Mamlakatni dunyoda 3-o‘ringa olib chiqdi.
Shular bilan birga, ushbu rayonlar o‘zining xilma-xil va rang-barang tekstil sanoati mahsulotlari va murakkab maishiy texnikasini ishlab chiqarish bilan dunyoga tanilmoqdadir. Kundan-kunga unda ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologiyalar tarmoqlari o‘zlarining: elektronika, aerokosmik texnika, turli markalardagi kompyuterlarni ishlab chiqarish, aloqa va axborot vositalarining eng takomillashgan turlarini ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sharqiy Xitoy iqtisodiyotida Shanxayning alohida o‘z o‘rni bo‘lib, u Yanszi daryosi quyi oqimida joylashgandir. Unda 16 mln. kishidan ortiq aholi istiqomat qilib, u nafaqat ko‘p qirrali sanoat salohiyatiga ega, balki u asosiy daryo porti vazifasini, transportlar shaxobchasini, savdo va bank markazi vazifalarini ham bajarmoqda. U yerda Xitoy fond birjalaridan biri Shenchjen faoliyat ko‘rsatadi. Undan tashqari, shaharning chegarasida tez sur’atlarda Pudun xalqaro sanoat-savdo hamda moliya majmuasi qad ko‘tardi. Hozirgi kunda mazkur rayonnning ahamiyati ortib bormoqda.
Bugungi kunda Xitoy jamiyati mintaqalararo disproporsiyani yakkol anglamoqdalar va uning oqibati yaxshi tugamasligini ham tushunib yetdilar. Shuning uchun mamlakatning mintaqaviy siyosatining strategik yo‘nalishi sifatida ushbu Sharqiy Xitoyni davlatning iqtisodiy qurilishida “lokomotiv” vazifasini ajratib, u Markaziy va G‘arbiy Xitoyni rivojlantirishda haqiqiy plasdarmga aylanishi lozimdir.
Mana shu Markaziy va G‘arbiy xududlarni rivojlantirish sari qadamlar qilishda ma’muriy-tashkiliy tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular iqtisodiy dastaklardan ko‘proq foydalanishni ko‘zda tutadi. Ya’ni, ushbu xududlarga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda va ularga kredilar ajratishda keng imtiyozli sharoitlar yaratib berishdan iboratdir.
Markaziy zona provinsiyalarida, ya’ni Szyansi, Xunan, Guychjou, Yunnanlarda nafaqat Xitoyda, balki dunyoda yirik hisoblangan volfram, surma, qalaylarning konlari joylashgan bo‘lib, ular hozirda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va uning eksport saloxiyatini oshirish uchun xizmat qilmoqdadir.
Ma’lumki, bozor mexanizmi ishlab chiqarish jamg‘armasinini qo‘llab-quvvatlaydi. Oxirgi 30 yil ichida xorijiy investisiyalarning asosiy kapitalga quyilmasi asosan, mamlakatning Sharqiy dengiz oldi rayonlariga va uning yangi sanoat rayonlariga to‘g‘ri keldi Ulardagi yuqori jo‘jalik faoliyati ularga jamg‘arish uchun yaxshi imkoniyatlarni yaratib berdi.
Ushbu xududlarda iqtisodiy islohotlar jarayoni jadal sur’atlarda olib borildi. Uning sabablari esa, mazkur xududda joylashgan institusional va texnologik innovatsiyalarning mavjudligi hisoblanadi. Janubi-Sharqiy xududlarda jamoa va xususiy mulk turlaridan imkon qadar samarali foydalanilgan, ularga ahamiyatli tarzda xorijiy sarmoyalar oqimi jalb etilgan, ulardagi erkin iqtisodiy zonalarning mavjudligi, ulardagi bozorga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy boshqarishning mavjudligi va boshqa omillarni mavjudligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |