Xitoy (IV–X Asrlarda) 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 13-mavzu Xitoyning birlashishi.
Xan quldorlik imperiyasi III asrda inqirozga uchrab, uning o‘rnida 3 ta mustaqil: Vey, Shu va U davlatlari vujudga keladi.
Mamlakatni cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan Suy sulolasi (589–618) vakili boshqargan Mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish maqsadida – Buyuk kanal quriladi. Xitoyning shimoli-g‘arbidagi mahalliy hokimlardan biri Li Yuan 618-yilda taxtni egallab Tan sulolasiga (618–907) asos soladi.
Imperator Li Yuan
Tan imperiyasi boshqaruvi davrida Xitoydagi barcha yerlar davlatniki deb e’lon qilinadi.
Mamlakatning barcha
hududlarida dehqonlarga kichik-kichik yer maydonlari ijaraga beriladi.
Har bir xonadonga o‘z bog‘ida mevali daraxtlardan tashqari, tut o‘stirish majburiy etib qo‘yiladi. Manbalarda Loyan Buyuk kanali qurilishiga 2 million, Buyuk Xitoy devorini qurish va ta’mirlashga 1 milliondan ortiq kishi jalb etilgani haqida yozilgan. Shaharlar, hunarmandchilik va savdo.
Dengiz va daryo portlarida, xomashyo serob joylarda, savdo hunarmandchilik yuksalib, yangi shaharlar vujudga keladi.
VII–VIII asrlarda Xitoyda tog‘-konchilik sohasi, chinni va sopol buyumlar ishlab chiqarish ham yuksalgan. Xitoyda VII asrdan yagona pul – syanning joriy etilishi ham iqtisodiy yuksalishga xizmat qilgan.
Tan sulolasi davridagi
tanga
Zarb qilingan tangalarning o‘rtasida to‘rtburchak teshigi bo‘lib, u pulni ipga tizishga mo‘ljallangan edi.
Tashqi siyosat.
Tan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy Turk xoqonligiga qarshi urushlar olib boradi. Imperator qo‘shinlari
640-yilda Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan
Gaochan davlatini mag‘lub etadi.
Koreyaga qarshi 668-yilda boshlangan urush, uning poytaxti Pxenyanning olinishi bilan yakunlanadi. VII–VIII asrlarda Xitoy faol tashqi siyosat olib borib, Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Vizantiya, Yaponiya va Hindiston bilan savdo diplomatik aloqalar o‘rnatadi. Savol va topshiriqlar 1. Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachondan vujudga kelgan? 2. Mamlakatda dehqonlar ahvoli qanday bo‘lganligini so‘zlab bering. 3. Xitoyda shaharlar, hunarmandchilik va savdoning rivojlana borishini misollar bilan ko‘rsating. 4. Tan sulolasi hukmdorlari tashqi siyosatda qanday muvaffaqiyatlarga erishgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |