Ravish otlar. Xitoy tilida shunday otlar guruhi borki, ular ravish bilan birga birikadi. 今天 – jintian – bugun,明天 – mingtian – ertaga,早上 – zaoshang – ertalab,晚上 – wanshang – kechqurun.
Ravish otlar ravishdan farqi shundaki, ular gapda ega vazifasini bajarishlari mumkin. Gapda ega bo’lib kelish xususiyati ravish otlarni otlar bilan yaqinlashtirib keladi.
Ravish otlar klassifikatorlar bilan qo’llanilmaydi. Ularning gapdagi vazifasi ko’pincha hol gap bo’lagi vazifasini bajaradi. Bu holatda esa ularni ravish so’z turkumi bilan yaqinlashtiradi. 24
Misollar:
明天我跟我好朋友一起去图书馆。
Mingtian wo gen wo hao pengyou yi qi qu tushuguan.
Ertaga men yaqin do’stim bilan birga kutubxonaga boraman.
昨天就是我的生日。
Zuotian jiu shi wo de shengri.
Kecha meni tug’ilgan kunim edi.
早上好
Zaoshang hao.
Xayrli tong.
今天我做的事情很多, 恐怕不去。
Jintian wo zuo de shiqing hen duo, kongpa bu qu.
Bugun qiladigan ishlarim juda ko’p, qo’rqamanki, bora olmayman.
Xulosa
Mazkur ishning mazmunini mujassamlashtiruvchi quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:
Mavzuni yoritish jarayonida, xitoy tilida ravish so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot berish, ravishlarning tarkibi, ravish so’z turkumining qanday qilib yasalishi, vazifalari va qo’llanilish usullari haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lish imkoniyati tug’ildi.
Kurs ishi mavzusini yoritishdan asosiy maqsad, xitoy tilida ravish so’z turkumini yoritib berishgina emas, balki o’zbek tiliga to’g’ri tarjima qilib, o’zbek o’quvchilariga qo’llanma sifatida foydalanishga erishishdan iboratdir.
Ana shu maqsadga tayangan holda, kurs ishining birinchi bobida ravish so’z turkumi haqida to’liqroq ma’lumot berishga harakat qildik. Xitoy tili gramatikasi, xususan, ravish so’z turkumining gramatikasi serqirraligi sababli uni mukammal o’rganish juda katta izlanish talab etiladi. Xitoy tilida ot so’z turkumi haqida to’liq ma’lumot berar ekanmiz, ravishning gapdagi vazifalari, ravishning tarkibiy xususiyati, ravishlarning turlariga alohida-alohida to’xtalib o’tishga harakat qilindi. Bundan tashqari, ravish so’z turkumining tasniflanishi, uning turlari, ya’ni zamonaviy xitoy tilida ravishlarning turlari Semantik xususiyatlariga ko'ra, ravishlar 7 toifaga bo'linadi: payt ravishlari, harakat-holat ravishlari, daraja-miqdor ravishlari, jamlovchi ravishlar,takror ravishlari, rad etish va tasdiq ravishlari , intonatsiya ravishlari haqida birinchi bobda batafsil ma’lumotar keltirildi.
Xitoy tilida ravish so’z turkumining yasalishi va uning turlari haqida ikkinchi bobda yozib o’tildi. Ravishlarning yasalishida suffikslarning ishtiroki, xususan, 然 ( ran ),地 ( di ) ,头 ( tou ), 而 ( er ) suffiksi olmoshli ravishlarni yasalishi va 然 ( ran) va 地 ( di ) suffiks morfemalari ravishlar uchun xos bo’lgan suffiksligi yozib o’tildi. Kompazitsion usulda yasaladigan ravishlar, masalan, 刚 va刚才 ravishlarining farqlari alohida ko’rib chiqildi.
刚 ( gang ) ravish bo’lib o’zbek tiliga hozirgina deb tarjima qilinadi. Ish-harakat yoki holat bajarilganligiga ko’p bo’lmaganligini bildiradi. Gapdagi o’rni har doim egadan keyin fe’ldan oldin qo’llaniladi.
刚才 ( gangcai ) bundan farqli ravishda ot bo’lib ham egadan oldin ham egadan keyin qo’llanilishi mumkin. Lekin tarjimada deyarli farqlanmaydi.
Ravishlarning grammatik xususiyatlari ham, qo’llanilishida nimalarga ahamiyat berilishi kerak ekanligi ham ushbu bobda ko’rib chiqildi. Asl ravishlarning sintaktik vazifasi hol vazifasidan iborat. Ba’zida ravishlar aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Kesim vazifasini ravishlar kamdan-kam, sanoqli holatlarda bajaradi: bu vazifada ravishlar ularga xos bo’lmagan daraja ravishlari bilan birga keladi.
Kurs ishimizga xulosa yasar ekanmiz, bu izlanish natjasiga o’laroq, yuqoridagi fikrlarga kelindi. Ushbu kurs ishida keltirilgan mavzu kelajakda xitoy tilini o’rganmoqchi bo’lgan talabalar uchun yordamchi qo’llanma sifatida foydalanilsa, kurs ishimizning maqsadi yoritilgan deb aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |