Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi. 
Arterial o’zagining aorta-yonbosh segmenti zararlanganda oyoq 
ishemiyasi klinik manzarasi rivojlanishiga faqat 3 ta omil sabab bo’lishi 
mumkin: 1) aorta ateromatoz pilakchalari yaraga uchrab, distal o’zanning 


148 
ateromatoz emboliyasi; 2) terminal aorta va umumiy yonbosh arteriyalarining 
trombozi; 3) oyoqlar distal bo’limlari (son va taqim osti segmentlari) birgalikda 
aterosklerotik zararlanishi. Xuddi shu «ko’p qavatli» aterosklerotik zararlanish 
zo’riqish ishemiyasi manzarasi, so’ngra tinchlikdagi oyoq ishemiyasi avj 
olishiga olib keladi. Bu jarayon oyoqlarning ro’yrost trofik o’zgarishlari bilan, 
gangrena rivojlanishi bilan tugallanadi. Oyoqlarning klinik yuzaga chiqadigan 
ishemiyasi qorin aortasi terminal bo’limining to’liq okklyuziyasida yoki aorta-
yonbosh segment stenozida paydo bo’ladi. 
Qorin aortasi stenozlovchi zararlanishlarining klinik manzarasi joylashgan 
o’rniga, uzunligiga, kollateral qon aylanishi avj olishiga va kasallikning qachon 
boshlanganiga bog’liq va chanoq organlari, dumba va oyoq muskullarida 
ishemiya avj olishi bilan aloqador bo’ladi. 
Bemorlar yurganda birinchi galda boldir muskullaridagi og’riqdan 
noliydilar. Og’riq tekis joydan yurganda to’satdan paydo bo’ladi va tez o’tib 
ketmaydi. Bemor to’xtab qolishga majbur bo’ladi. Toqqa ko’tirilganda yoki 
zinapoyadan chiqilganda og’riq tezrok paydo bo’ladi. Qorin aortasi zararlangan 
bemorlarning amalda qariyb 90 foizi oqsoqlanib qolganliklari sababli vrachga 
murojaat qiladilar. Aorta okklyuziyalarida ishemik og’riqlar asosan dumba 
muskullarida, boldir va son muskullarida (aksariyat orqa va lateral satxi bo’ylab) 
xarakat vaqtida paydo bo’ladi. Erta bosqichda oqsoqlanishning bu turi dumbalar 
soxasida va sonlarning orqa yuzasida tortishish ko’rinishidagi og’riq sezgilari 
yuzaga kelishidan iborat bo’ladi. Vrachlar ko’pincha buni bel-dumgaza 
radikuliti yoki kuymich nervi yallig’lanishi deb hisoblaydilar. Ayrim bemorlar 
chanoq tubi mushaklarining arterial etishmovchiligi simptomlarini – sfinkterdan 
bo’ladigan oqsoqlikni qayd qiladilar. Bemorlar odimlashdagi og’riqdan tashqari 
oyoq uvishishi, sovqotishini qayd qiladilar. Bundan tashqari, oyoqlardagi tuklar 
to’kilib, oyoq barmoqlaridagi tirnoqlar sekin o’sadi. 
Qorin aortasi okklyuziyalovchi kasalliklarining ikkinchi klassik simptomi 
jinsiy ojizlik hisoblanadi. Qorin aortasi okklyuziyasida bu simptom 53,7% 
bemorlarda aniqlanadi. Jinsiy maylsizlik kelib chiqishida chanoq organi 


149 
ishemiyasi bilan birga surunkali arterial spinal etishmovchilik muhim o’rin 
tutadi. 
Ko’zdan kechirilganda oyoq mushaklarining oz-moz gipotrofikligi ma’lum 
bo’ladi. Bemorlarning yarmida teri katlamlari, ayniksa oyoq panjasining ranggi 
o’zgargan – tsianoz, shish va giperemiya bo’ladi. 
Paypaslab ko’rish panjalarning ikkala arteriyalarida (panjaning orqa 
arteriyasi va orqa katta boldir arteriyasi) pulsatsiya yo’qligini topishga yordam 
beradi. Odatta taqim osti arteriyasida ham pulsatsiya bo’lmaydi. Ko’proq 
zararlangan tomondagi son arteriyasida ham odatda pulsatsiya bo’lmaydi. Ayni 
vaqti – boshqa periferik arteriyalarning pulsatsiyasini ham aniqlash shart. 
Auskultatsiya qorin aortasi zararlanishining eng muhim diagnostik belgisi – 
sistolik shovqinni topishga imkon
 
beradi, u ko’proq son arteriyalari ustida 
eshitiladi. Bemorlarning deyarli uchdan bir qismida sistolik shovqin qorin 
aortasining naqt tepasida aniqlanadi. Bu shovqin aksariyat stenozlangan tomir 
ustida eshitiladi, okklyuziyalangan arteriya ustida u bo’lmasligi mumkin. Qorin 
aortasi zararlanganda oyoqlardagi arterial bosim aniqlanmaydi yoki keskin 
pasaygan bo’ladi. Bemor qorni bosib yotganida arterial bosimni aniqlash uchun 
manjetkani soniga qo’yiladi va stetoskop bilan taqim osti arteriyasi eshitib 
ko’riladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish