Korin aortasining surunkali okklyuziyalari
Qorin aortasining surunkali stenozlari va okklyuziyalari oyoq ishemiyasi
manzarasi bilan o’tadigan og’ir kasalliklar hisoblanadi, ularni Lerish 1940 yilda
yaxshi tasvirlab bergan. Terminal qorin aortasining stenozlovchi zararlanishlari
tug’ma va orttirilgan kasalliklarga bog’liq, bo’lishi mumkin. Aorta qorin
bo’limining gipoplaziyasi va atreziyasini tug’ma kasalliklarga kiritish mumkin.
Etiologiya va patogenez.
Qorin aortasining torayishi va to’liq obturatsiyasi
yallig’lanishsiz o’tadigan va yallig’lanish bilan o’tadigan orttirilgan
kasalliklardan kelib chiqishi mumkin. Yallig’lanishga aloqador bo’lmagan aorta
kasalliklaridan aterosklerozni ko’rsatib o’tish mumkin. Aortaning intimal
sarkoma, qorin bo’shlig’i va genitaliy o’smalaridan zararlanish imkoniyati juda
kam bo’ladi.
Aortaning yallig’lanish kasalliklari orasida uning stenozga uchrashiga zaxm
arteriiti, infektsion arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aortit
sabab bo’ladi (V.S. Smolenskiy, 1964). So’nggi yillarda qorin aortasi
okklyuziyalarining birmuncha ko’p uchrashi isbotlab berildi.
Tomirlarning obliteratsiyalovchi kasalliklari bo’lgan bemorlar orasida qorin
aortasi okklyuziyalari 1-3% hollarda uchraydi. Lerish sindromi bo’lgan
bemorlar orasida bu patologiyaning salmog’i yanada yuqori. Qorin aortasi
okklyuzion zararlanishlarining asosiy etiologik omili ateroskleroz hisoblanib, u
50-100% ni tashkil etadi (B.V. Petrovskiy, M.D. Knyazev va b.).
155
Sovet Ittifoqida aorta bifurkatsiyasi rezektsiyasi bilan birga alloprotezlash
operatsiyasini birinchi marta 1960 yilda V.S. Savelev bajargan.
O’zbekistonda qorin aortasi okklyuzion kasalliklari to’g’risidagi ta’limotga
Sh.I. Karimov, U.O. Oripov, V.V. Voxidov katta xissa qo’shdilar.
Qorin aortasi surunkali okklyuziyalarining klinik manzarasi. Qorin
aortasining terminal bo’limidagi okklyuziyaning klinik manzarasi ko’pincha
oyoqlardagi ishemiyalardan iborat. Biroq, okklyuziya jarayonining turli
variantlari va darajalari, ularning qancha joyni egallagani, aorta distal yoki
proksimal segmentlari va oyoq, buyrak va vistseral arteriyalarining shunday
zararlanishi bilan birga uchrashi kasallikning kechishini va klinik manzarasini
keskin o’zgartiradi hamda prognozni og’irlashtiradi. Bu diagnostikaga, taktika
tanlashga va operatsion aralashuv hajm iga o’z ta’sirini ko’rsatadi, Lerish
sindromi bilan qorin aortasi okklyuziyasi o’rtasida aniq chegara bo’lishi
zarurligini talab etadi. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, qorin aortasi
okklyuziyasining zararlanish darajasi va hajmiga ko’ra quyidagi variantlarini
farq qilish maqsadga muvofik:
1. Pastki ichak tutqich arteriyasi darajasigacha bo’lgan qorin aortasi
okklyuziyasi, unda antegrad qon oqimi saqlanib qolgan – past okklyuziya.
2. Yuqori ichak tutqich arteriyasi darajasigacha tromb chetki ichak tutqich
arteriyasi darajasidan yuqoriga tarqalgan qorin aortasi okklyuziyasi – o’rta
okklyuziya.
3. Tromb buyrak arteriyalari og’zigacha tarqalgan aorta qorin bo’limi
okklyuziyasi – yuqori okklyuziya.
4. Tromb buyrak arteriyalari og’zigacha yoki undan yuqori tarqalib,
patalogik jarayonga antegrad qon oqimi reduktsiyasi yoki u yo’qligi tufayli
buyrak arteriyasi trombozi qo’shilib o’tadigan aorta qorin bo’limi okklyuziyasi –
qorin aorta bo’limining yuqori okklyuziyasi vazorenal gipertenziya va surunkali
abdominal ishemiya sindromi bilan.
Qorin aortasining past okklyuziyasida oyoqlarda qon aylanishi
etishmovchiligining klinik manzarasi quyidagicha xarakterlanadi: yurishda oyoq
156
og’rishi, 100-200 m yurilganda oqsoqlanish. Og’riq oyoqning xar qanday
bo’limida, jumladan distal bo’limlarida bo’lishi mumkin. Biroq og’riq ko’prok
son va dumbalarda bo’lib, yurishda va jismoniy xarakatda paydo bo’ladi.
Qorin aortasi yuqoriga ko’tiriladigan trombozi jarayoniga pastki ichak
tutqich arteriyasi tortilgan o’rta okklyuziyada oyoq, ishemiyasining yuqorida
tasvirlangan ko’rinishi og’irlashadi. Bundan tashqari, o’nga chanoq,
organlaridagi yo’g’on ichak terminal bo’limi ishemiyasining klinik manzarasi
qo’shiladi. Bu patologiyada sonlar ichki yuzasi, chov, jinsiy organlar terisida
uvishib qolish sezgisi ko’zatiladi. Aksariyat bemorlar bel soxasida doimo
og’irlik yoki og’riq sezadilar, shu sababli bel-dumgaza radikulita va
deformatsiya qiladigan spondilyozdan muvaffakiyatsiz davolanadilar. To’g’ri
aniqlangan diagnozgina bu og’riqlarning xaqiqiy tabiatini aniqlashiga imkon
beradi. Ishemik sindromning belgilaridan biri ichning kabziyat yoki ich ketishi
ko’rinishida buzilishidir, og’irroq, hollarda ich kelmay va siydik ajralmay
qoladi. Tez charchab qolish, yurish va xarakat vaqtida son va dumbalarda og’riq,
paydo bo’lishi qorin aortasining o’rta okklyuziyasi deb shubxa qilishga imkon
beradigan simptomdir. Yangi kollaterallar vazifasi buzilib, kasallikning yanada
avj olishi ishemiya zonasi kengayishiga olib keladi va odatda oyoq distal
bo’limlarining qon bilan ta’minlanishi yomonlashadi. Bu kasallik klinik
manzarasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu qorin aortasi o’rta okklyuziyasi bor bemor
uchun xos. Ayrim xollardagina distal bo’limlarda ishemiya proksimal
yo’nalishda ortib borishi mumkin. Vizual ko’zdan kechirishda amalda hamma
hollarda boldir va son muskullari atrofiyasi hamda teri qoplamlarining
rangparligi yoki marmarsimonligini payqash mumkin. Oyoq panjasidagina
emas, balki boldir, son va dumba soxasida teri xarorati pasayishi mumkin. Qorin
aortasi yuqori okklyuziyalarning doimiy va xarakterli belgilaridan biri bu
patologiya uchun patognomonik bo’lgan impotentsiya hisoblanadi. Uning
etakchi sababchisi gorsimon tanalardan antegrad qon bilan to’liqligining
pasayishidir. Jinsiy ojizlik qorin aortasi inter- va suprarenal segmentlari
zararlangan qorin aortasi yuqori okklyuziyasi bo’lgan
bemorlarning 55 foizida
157
aniqlanadi. Oyoqlar, shok organlari va yo’g’on ichak ishemiyasi simptomlariga
arterial gipertenziya simptomatikasi qo’shilib keladi. Ko’pchilik hollarda ular
buyraklar qon ta’minoti bo’lishi bilan bog’liq. Biroq qator hollarda arterial
gipertenziya buyrak arteriyalari zararlanmay o’tadigan qorin aortasining pastki
okklyuziyasi bo’lgan bemorlarda aniqladi.
Ichak tutqich arteriyasidan pastdagi qorin aortasi okklyuziyasi
bemorlarning 35 foizida, o’rta va yuqori okklyuziyalarda esa bu raqam 65 foizga
etadi. Bu dalil shuni ko’rsatadiki, okklyuzion jarayon qorin aortasida proksimal
tarqalganda arterial gipertenziyali bemorlar soni ko’payadi. Qorin aortasi
okklyuziyasiga shubxa tug’diradigan simptomlardan biri oyoqning hamma
nuqtalarida pulsatsiyaning yo’qligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |