221
Klinik manzarasi va diagnostikasi.
Chap oyoq o’ng oyoqdan ko’ra
ko’proq
zararlanadi, ikki tomonlama zararlanish 35-43% xollarda uchraydi.
Bemorlarning 75-80%da katta teri osti venasi, 5-10% kichik teri osti venasi
zararlanadi, bemorlarning 7-10% patologik jarayonga ikkala vena tortiladi.
Kasallikning klinik manzarasi uning bosqichlariga, asoratlari bor-yo’qligiga
ko’ra turli-tuman bo’ladi. Kasallikning
kechishida latent faza, kompensatsiya,
subkompensatsiya va dekompensatsiya bosqichlari farq qilinadi.
Venoz qon aylanish kompensatsiyasida bemorlar tik turilganda ro’y-rost
ko’rinadigan va egri-bugri yo’llar, tugunlar, bo’rtib chiqqan chigallar
ko’rinishidagi kengaygan venalar borligidan shikoyat qiladilar.
Bemorlarni
oyoqning o’rta darajada og’irlashishi, to’laligi, vertikal holatda charchab qolishi
bezovta qiladi. Oyoqda shishlar yo’q yoki kechga tomon paydo bo’ladi va dam
olingandan so’ng yo’qoladi. Bemorlar mexnatga layoqatli bo’ladilar.
Subkompensatsiya bosqichida oyoq tez charchaydi, shishganday sezgi
paydo bo’ladi, og’ir tortadi, pastki mushaklar tortishadi,
terisi qichishadi,
paresteziya, boldir va oyoq panjasida shish paydo bo’ladi. Shishlar kechga
tomon yoki uzoq vaqt oyoqda turilganda paydo bo’ladi. Tungi dam olishdan
keyin ertalab ular yo’qoladi, biroq dam olishdan so’ng hamisha
yo’qolavermaydi. Ichki to’piq ustida tsianoz va
teri pigmentatsiyasi paydo
bo’ladi.
Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, uvishib qolish, zararlangan
tomonda qichishish paydo bo’ladi. Boldir yug’on tortadi,
tsianozga uchraydi,
shishadi. Shishlar tez ketmaydi, tungi uyqudan so’ng yo’qolmaydi.
To’qimalarning trofik buzilishlari, dermatitlar, skleroz,
teri osti kletchatkasi
induratsiyasi qo’shiladi. Varikoz kasallik asoratlari: trofik yaralar,
tromboflebitlar, varikoz kengaygan venalardan qon ketishi, ikkilamchi
limfedema, ekzema qo’shiladi.
222
Trofik yaralar
odatda yakka, ba’zan ko’p sonli bo’ladi, boldir uchdan bir
pastki qismining ichki yuzasida joylashadi. Yaralar yassi, ularning tubi silliq
chetlari notekis shaklda, ajralma kam chiqadi.
Varikoflebit – varikoz venalar kengayishi tromboflebitida venalar yo’li
bo’ylab qattiqlashishi, og’riydigan zich tugunlar paydo bo’lishi,
qizarishi va
yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko’tarilishi kabi belgilar
paydo bo’lishi bilan rivojlanadi.
Venalarning varikoz kengayishidan qon ketishi – yupqalashib va teri bilan
birikib ketgan vena arzimas darajada shikastlanganda yuz beradi. Shikastlangan
vena distal qismiga bosuvchi bog’lam yoki jgut yordamida qon ketishini
osongina to’xtatish mumkin.
Qiyosiy tashxis posttromboflebitik sindromi, yuzaki venalarning ikkilamchi
kompensator varikoz kengayishi, venalarning tug’ma kasalliklari (Parks-Veber-
Rubashev va Klippel-Trenone sindromi) bilan o’tkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: