Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Gipertenziya sabablari 
Uchrashi
(% hisobida) 
1 Buyraklarning parenximatoz kasalligi 

2 Vazorenal gipertenziya 
2-5 
3 Birlamchi aldosteronizm 
0,5-1 
4 Qalqonsimon bez kasalliklari 
0,5-1 
5 Feoxromotsitoma 
< 0,2 
6 Itsenko-Kushing sindromi 
<0,2 
7 Dori-darmonlar ta’siri 
0,1-1 
VRG negizini buyrak arteriyalarining yoki uning segmentar tarmoqlarining 
bir yoki ikki tomonlama torayishi yoki okklyuziyasi tashkil qiladi. Natijada 
arteriyaning patologik toraygan qismi orqali buyrakka qon kelishi anchagina 
kamayadi, bu o’z navbatida buyrak to’qimasining ishemiyasiga sabab bo’ladi. 
Ishemiyaning darajasi arteriya stenozining darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Etiologiya. 
Hozirga qadar VRG ning 40 ga yaqin sabablari mavjud. VRG 
kelib chiqish sabalariga ko’ra tug’ma va orttirilgan bo’ladi.
Tug’ma sabablari orasida quyidagalar ko’proq uchraydi: 
-
buyrak arteriyalarining fibroz-mushak displaziyasi, 
-
aorta va buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, 
-
buyrak arteriyalari anevrizmalari, 
-
tug’ma arterio-venoz oqmalar. 
Ortirilgan sabablar: 
-
ateroskleroz, 
-
nospetsifik aorto-arteriit, 
-
nefroptoz, 


113 
-
buyrak infarkti, 
-
buyraklar jarohati, 
-
buyraklar o’smalari. 
Ateroskleroz 40 yoshdan oshgan shaxslarda VRGning asosiy sababi 
hisoblanadi va 60-85% gacha bemorlarda uchraydi. Atersklerotik pilakcha 
(бляшка) lar ko’pchilik hollarda buyrak arteriyasini aortadan chiqish qismida 
yoki uning uchdan bir proksimal qismida joylashadi. Ko’pchilik hollarda buyrak 
arteriyasining bir tomonlama zararlanishi kuzatiladi, ayrim hollarda arteriya ikki 
tomonlama shikastlanadi, bu odatda 1/3 bemorlarda uchraydi va VRG ning bir 
muncha og’ir kechishiga olib keladi. Kasallik, ayollarga nisbatan asosan 
erkaklarda (2-3 marta) ko’p uchraydi.
VRG ning sabablari ichida fibroz-mushak displaziyasi atersklerozdan keyin 
ikkinchi o’rinni egallaydi. Fibroz-mushak displaziyasi asosan navqiron yoshda 
va hatto bolalik yoshida (12-44 yoshgacha) uchraydi.
Bemorlarning o’rtacha yoshi 28 yoshni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga 
qaraganda 4-5 marta ko’proq kasallanadi. Morfologik jihatidan fibroz-mushak 
displaziyasi asosan buyrak arteriyalari, ularning tarmoqlarini qamrab oladigan, 
arteriyaning mushak, intima qatlamlarida distrofik va sklerotik o’zgarishlar 
kechishi bilan xarakterlanadi. Bunda arteriyaning mushak elementlarini 
giperplaziyasi mikroanevrizmalar hosil bo’lishi bilan birga kuzatiladi. Natijada 
torayish va kengayishlarni (anevrizmalar) aralash joylashishi kuzatiladi. Bu 
arteriyalarga o’ziga xos tus beradi, ular marvarid yoki munchoq iplariga o’xshab 
qoladi. Patologik jarayon 2/3 hollarda bir tomonlama bo’ladi. 
VRG ning sabablaridan biri nospetsifik aorto-arteriit (Takayasu kasalligi) 
hisoblanadi. Nospetsifik aorto-arteriit tarqalgan xarakterga ega bo’lgan kasallik 
bo’lib, patologik jarayon asosan aorta ravog’i tarmoqlari, torakoabdominal aorta 
va uning tarmoqlarida kuzatiladi. VRG ning boshqa sabablari orasida nospetsifik 
aorto-arteriit 17-22% ni tashkil qiladi. Bu kasallikda buyrak arteriyalarining 
zararlanishi aksariyat ikki tomonlama bo’ladi va har ikkala jinsdagi shaxslarda 
ham kuzatiladi, biroq asosan yosh ayollarda ko’proq kuzatiladi. Kasallik odatda 


114 
11-20 yoshda boshlanadi, 2-3 yildan so’ng buyrak arteriyalarining torayishi 
yuzaga chiqadi. Patogenezi bo’yicha bu kasallik autoimmun xarakterga ega 
bo’lib, etiologiyasi xozirgacha to’liq aniqlangan emas. Klinik jihatdan kasallik 
tana haroratining 
ko’tarilishi, 
leykotsitoz, 
EChT 
ning ortishi, 
gipergammaglobulinemiya, fibrinogenning oshishi va C-reaktiv oqsili paydo 
bo’lishi kabi belgilar bilan boshlanadi.
VRG yana quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: buyrak 
arteriyasining ekstravazal kompressiyasi oqibatida, buyrak arteriyasi o’tkir 
trombozi yoki emboliyasi natijasida, buyrak arteriyalarida anevrizma hosil 
bo’lishi, buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, nefroptoz, o’sma, kista, buyraklarning 
rivojlanish nuqsonlarida va boshqalarda. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish