Diagnostikasi.
Diagnoz qo’yish uchun quyidagi anamnestik ma’lumotlar
muhim ahamiyatga ega bo’ladi:
1. Bolalar va o’smirlarda barqaror gipertenziya rivojlanishi.
2. Kasalligi ilgari xavfsiz kechgan, gipotenziv muolaja esa samarali bo’lgan
40 yoshdan oshgan shaxslarda gipertenziyaning barqarorlashuvi va davolashga
nisbatan refrakterlik. Bunday bemorlarda o’tuvchi oqsoqlik yoki bosh miya
surunkali ishemiyasi belgilari ham bezovta qilishi mumkin.
116
3. Gipertenziya boshlanishining homilardorlik va tug’ruqlar bilan
aloqadorligi (nefropatiyasiz kechuvi).
4. Gipertenziya boshlanishining buyraklar sohasidagi asbob-uskuna
yordamida tekshiruvlar yoki manipulyatsiyalar, buyraklardagi va qorin
aortasidagi operatsiyalar bilan aloqadorligi.
5. Yurak nuqsoni, aritmiyalari bo’lgan bemorlarda yoki postinfarkt
kardiosklerozi, boshqa arterial havzalarda emboliya hodisalari bo’lgan
bemorlarda gipertenziyaning bel sohasidagi og’riq xurujlaridan keyin
rivojlanishi.
Klinik tekshiruvni bemorlarni qo’l va oyoqlaridagi qon bosimini
o’lchashdan boshlash lozim, bu koarktatsion sindromni istisno qilishga yordam
beradi. SHuningdek bosimni gorizontal va vertikal holatda o’lchash lozim. Agar
ortostatik holatda qon bosimi yuqoriroq bo’lsa, nefroptoz to’g’risida o’ylash
mumkin.
Qorin aortasi va buyrak arteriyalarini auskultatsiya qilish zarur asosiy
usullardan biri hisoblanadi. Bunda taxminan 40% bemorlarda buyrak arteriyalari
yoki qorin aortasi proektsiyasida sistolik shovqin eshitiladi. Sistolik shovqin
yuza joylashgan arteriyalar: uyqu, o’mrov va son arteriyalari ustida eshitilishi –
ateroskleroz va nospetsifik aorto-arteriitda tizimli zararlanish belgisi sifatida
diagnostikaga yordam berishi mumkin.
Bemorda quyidagi belgilar aniqlansa VRG kasalligi borligiga taxmin qilish
mumkin:
ikkita yoki undan ortiq gipotenziv preparatlar va diuretiklarga rezistent
bo’lgan arterial gipertenziya;
arterial gipertenziyani 20 yoshgacha bo’lgan ayollarda yoki 55 yoshdan
yuqori bo’lgan erkaklarda paydo bo’lishi;
tez avj olib boradigan yoki xavfli kechadigan gipertenziya;
ateroskleroz kasalligining turli xil ko’rinishlari borligi;
AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlarining blokatorlarini
qo’llash fonida rivojlanadigan azotemiya;
117
qorin aortasi va buyrak arteriyalari ustidagi sistolik shovqin;
UTT da buyraklarning o’lchamlaridagi 1,5 sm dan oshadigan farqlar;
Yuqorida sanab o’tilgan belgilar VRG to’g’risida ko’pincha asoslangan
taxmin qilishga imkon beradi, biroq ular bu diagnozni to’liq tasdiqlash
imkoniyatiga ega emas.
VRG diagnozini tasdiqlash yoki rad etish uchun qo’shimcha tekshiruvlar
o’tkazish zarur bo’ladi. VRG diagnostikasining eng ishonchli va to’g’ri usuli
buyraklar angiografiyasi hisoblanadi, bu tekshiruvni fakat qon tomir
kasalliklariga ixtisoslashgan markazlardagina bajarish mumkin. Angiografiya
stenoz jarayonining sababini aniqlashga, stenoz darajasi va uning joylashuviga
baho berishga imkon beradi, bu esa xirurgik davolash to’g’risidagi masalani hal
qilishda katta ahamiyatga ega.
Diagnostika uchun, bir qator kam invaziv, skrining usullari ham mavjud
bo’lib, ular buyrak arteriyalarining zararlanganini topish, angiografiyaga
ko’rsatmalarni aniqlash, gipertenziya genezini (kelib chiqishi) aniqlash va ayrim
bemorlarga angiografiya o’tkazish shartmasligini belgilab beradi. Jumladan,
AAF ingibitorlari bilan stsintigrafiya, doppler – ultrasonografiya, magnit-
rezonans va KT angiografiya yuksak sezuvchanlika ega bo’lib,
angiografiyagacha bo’lgan davrda skrining usul sifatida qo’llanilishi mumkin.
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan
renostsintigrafiya qilish. Buyrak arteriyasining funktsional ahamiyatga ega
stenozida AAF ingibitorlarini qo’llanilishi, buyrak nefronlarida filtratsiya
tezligining pasayishiga olib keladi. Bu hol efferent arteriolalar konstriktsiyasini
bartaraf etish yoki sezilarli susaytirish tufayli kelib chiqadi. Renogrammaning
xarakterli o’zgarishi buning oqibati bo’lib hisoblanadi (26а va 26б rasmlar).
Stsintigrafiyada AAF ingibitorlari induktsiyalagan o’zgarishlar
renovaskulyar gipertenziya uchun eng spetsifik diagnostik mezon hisoblanadi.
AAF ingibitorlari qo’llanilganda normal stsintigramma olingan bo’lsa, VRG
ehtimolini 10% dan kam desa bo’ladi.
118
26а-rasm. Chap buyrak arteriyasining stenozi (renostsintigramma).
Chap renogramma egri chizig’i amplitudasini o’ng buyrakniki bilan solishtirish.
26б-rasm. Kaptopril qabulidan keyin shu bemor stsintigrammasi.
Chap buyrak renogrammasi egri chizig’i amplitudasining keskin pasayishi.
119
26в-rasm. Shu bemor angiogrammasi.
Chap buyrak arteriyasining yaqqol yuzaga chiqqan stenozi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |