108
qolishga qaratilishi lozim. Davolashni og’riq xurujini to’xtatish va ayni vaqtda
oksigenoterapiya (burun kateteri orqali kislorod berish) o’tkazishdan boshlanadi.
Miokardning shikastlanish sohasini chegaralash maqsadida o’tkaziladigan
tadbirlarning ikki guruhi qo’llaniladi:
1) infarkt bo’lgan va periinfarkt sohalarining koronar perfuziyasini
yaxshilaydigan tadbirlar;
2) miokardning kislorodga extiyojini kamaytiradigan tadbirlar.
Birinchi guruhdagi tadbirlar:
dori-darmonlar, endovaskulyar (invaziv) va
jarrohlik usullar bilan yaxshilashga erishish mumkin.
Konservativ davolash antispastik ta’siri bo’lgan preparatlar, qon shaklli
elementlari agregatsiyasini kamaytiradigan preparatlar, beta-adrenergik
retseptorlarni blokada qiladigan preparatlar, kaltsiy antagonistlarini o’z ichiga
oladi. Konservativ davolash bilan bir qatorda buzilgan qon oqimini va
infektsiyalangan
sohani tiklashga, yurak mushagi shikastlari o’lchamini
chegaralashga yordam beradigan qator endovaskulyar va jarrohlik usullari
mavjud. Ular orasida koronar ichi trombolitik muolajasi, aorta ichi
kontrpulsatsiyasi va aortokoronar shuntlash eng ta’sirchan usullardan sanaladi.
Trombolitik preparatlarni koronar qon tomirga yuborish trombozga
uchragan toj tomirni rekanalizatsiya qilishga, unda qon oqimini tiklashga,
shikastlanish sohasini chegaralashga, miokard periinfarkt ishemiyalangan
sohasining yashashga layoqatini saqlab qolish va o’tkir
miokard infarktidan
o’limni kamaytirishga qaratiladi. Okklyuziyalangan toj qon tomiriga angiografik
kateter kiritiladi va u orqali bir vaqtning o’zida 20000-40000 TB trombolitik
preparatlar (streptaza, avelizin) yuboriladi, so’ngra minutiga 2000-6000 TB
hisobida tomchilatib yuboriladi, bunda preparatning umumiy dozasi 20000-
24000 TB dan oshmasligi kerak. Butun muolajaga 1 soatcha vaqt sarf bo’ladi.
Infarkt boshlangandan so’ng dastlabki 6 soat ichida o’tkazilgan trombolitik
davolash taxminan 75-80% hollarda okklyuziya bo’lgan tomirni rekanalizatsiya
qilishga imkon beradi. Trombolitik davolash samara bergandan keyin uzoq
vaqtgacha (2-3 oy) antikoagulyantlar bilan davo olib boriladi. Toj arteriyalarda
109
trombolitik davolashni to’liqroq tiklash uchun uni toj tomirlar angioplastikasi
yoki aortokoronar shuntlash bilan birga qo’shib olib boriladi.
Aorta ichi kontrpulsatsiyasi yordamchi qon aylanishining eng tarqalgan
usullaridan biri hisoblanadi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, aorta ichi
balloni diastola
fazasida tez shishib chiqadi, yurak sistolasi fazasida esa
puchayib qoladi. Bu ballon Seldinger bo’yicha punktsion usul bilan son
arteriyasi orqali o’tkaziladi va o’tkir koronar buzilishi sababli kelib chiqqan
yurak etishmovchiligida ko’krak bo’limida o’rnatiladi. Bu sistolik arterial bosim
pasayishiga va diastolik bosim oshishiga, miokardning kislorodga ehtiyoji
kamayishiga va bir qator gemodinamik ko’rsatkichlarning yaxshilanishiga olib
keladi. Kontrpulsatsiyaning asosiy ahamiyati chap qorincha ishini
engillashtirish, koronar perfuziyani va miokard oksigenatsiyasini yaxshilashdir.
V.I. Kolesov 1968 yilda jahonda birinchi marta o’tkir miokard infarktida
mammarokoronar anastomoz qo’ydi va bevosita revaskulyarizatsiya
operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda reperfuziya 6
soatgacha
muddat ichida bajarilsa, shikastlanish qayta rivojlanishga uchraydi,
jarrohlik amaliyoti bundan kechikkan muddatlarda o’tkazilsa ham, periinfarkt
sohasida qon ta’minoti yaxshilanadi deb hisoblaydilar. V.I. Burakovskiy va
muallifdoshlari o’tkir miokard infarktida shoshilinch aortokoronap shuntlashga
quyidagilar ko’rsatma bo’la oladi, deb hisoblaydilar:
1) koronografiya va translyuminal angioplastikadan keyin toj arteriyasining
trombozi, shuningdek ilgari koronografiya o’tkazilgan va aortokoronar shuntlash
rejali jarrohlik amaliyotlarini kutayotgan bemorda o’tkir miokard infarkti
rivojlanishi;
2) aniq yuzaga chiqqan gemodinamik buzilishlar va kardiogen shok;
3) erta postinfarkt davrdagi turli xil asoratlar, ishemiya va nekroz sohasi
kengayishi.
Bu to’sh orqasida og’riqlar qaytalanishi,
yurak ritmi va
o’tkazuvchanligining buzilishi, barqaror postinfarkt stenokardiyaning klinik
belgilari, ko’rsatib o’tilgan asoratlarning birga kelishida namoyon bo’ladi.
110
Miokardning talaygina qismini qon bilan ta’minlaydigan yirik toj tomir stenozi
bo’ladigan mayda o’choqli miokard infarktida infarkt sohasi kengayishining
oldini olish maqsadida revaskulyarizatsiya qilish maksadga muvofiq bo’ladi.
Transmural miokard infarkti asoratlanmay kechadigan bemorlarda esa
revaskulyarizatsiya qilish mumkin emas. Transmural miokard infarktida
jarrohlik amaliyoti bajarilishiga ko’rsatmalar bo’lganda uni faqat erta
muddatlarda (xurujdan keyin 6 soat ichida), miokard infarkti zararlanishi qayta
rivojlana oladigan fursatda o’tkazish lozim.
Hozirgi vaqtda infarkt rivojlangandan keyin 6 soat ichida bajarilgan
miokard amaliyotlarida o’lim 3,1%
ni tashkil qiladi, bu dori-darmonlar bilan
davolashdagiga qaraganda birmuncha kam. Bundan ortiq muddatlarda bajarilgan
jarrohlik amaliyotlarda o’lim 10,3% ni tashkil etadi, bu dori-darmonlar bilan
davolashdagi ulimga tahminan to’g’ri keladi.
Postinfarkt yurak anevrizmasi, qorinchalararo to’siqning postinfarkt
nuqsoni, mitral klapanning postinfarkt etishmovchiligi kabi miokard infarktining
asoratlarida qilinadigan jarrohlik amaliyotlar etarli darajada yaxshi ishlab
chiqilgan va qo’llanilayapti. Bu jarrohlik amaliyotlari g’oyat murakkab va
sun’iy qon aylanishi sharoitlarida bajariladi.