Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Diagnostikasi.
O’tkir pankreatit diagnozini qo’yishda anamnez 
ma’lumotlari (ko’p ovqat eyish va spirtli ichimlik ichish, shikastlar va 
boshqalar), qorinning yuqori bo’limida ko’pincha og’ir aylanib tutadigan kuchli 
og’riq, uning taxikardiya va arterial bosimning pasayishi bilan o’tishi asos bo’lib 


491 
xizmat qiladi. Peritonit rivojlangunga qadar qorin yumshoqligicha qoladi, biroq 
ko’tarilgan bo’ladi, peristaltika bo’lmaydi. Ba’zan Meyo-Robson simptomi 
musbat bo’ladi. 
O’tkir pankreatitda laparoskopik tekshiruvlar bu kasallikni shoshilinch 
diagnostika qilishning eng qimmatli usullaridan biri hisoblanadi. O’tkir 
pankreatitda laparoskopiya o’tkir pankreatit formasini aniqlashda, 
pankreonekrozning patobiokimyoviy turini bilishda yordam beradi, 
pankreatogen peritonit, qo’shilib keladigan kasalliklarni (destruktiv xoletsistit) 
aniqlashga imkon beradi. 
Laparoskopik tekshirishga ko’rsatmalar quyidagicha: klinik manzaraning 
noaniqligi, pankreatit va qorin bo’shlig’ining boshqa o’tkir kasalliklari o’rtasida 
differentsial diagnostika qilish zarurligidir. O’tkir pankreatitning klinik belgilari 
aniq bo’lganda laparoskopiya kasallikning formasini aniqlash va davo 
muolajalarini bajarish uchun qilinadi. Laparoskopiyani qorin bo’shlig’ida 
operatsiya o’tkazilgan, shuningdek katta ventral churralari bo’lgan bemorlarda 
qo’llanilishi mumkin emas. 
So’nggi yillarda kompyuter tomografiya (KT) va ultratovush yordamida 
tekshirish eng ko’p axborot beradigan usullar bo’lib qoldi, ular me’da osti bezi 
o’lchamlarini, strukturasining bir xil emasligini, patologik jarayon darajasini 
aniqlab beradigan usullardan hisoblanadi (107, 108, 109-rasmlar). 


492 
107-rasm. O’tkir pankreatitning ultratovush tekshiruvida ko’rinishi. 
108-rasm. Pankreonekroz natijasida rivojlangan oshqozon osti bezi 
mikroabstsesslari (KT). 
109-rasm. O’tkir pankreatitda yader-magnit rezonansli tomogrammasi. 


493 
Qorin aortasi tarmoqlarini selektiv va superselektiv angiografiya qilish 
usullarini klinikaga joriy qilish me’da osti bezi kasalliklarining diagnostikasini 
birmuncha yaxshiladi. Angiografik tekshirish o’tkir pankreatitda paydo 
bo’ladigan me’da osti bezi angioarxitektonikasiga hos o’zgarishlarni aniqlashga 
imkon beradi. 
O’tkir pankreatitning hamma angiografik simptomlarini uch guruhga 
bo’lish mumkin: 1) me’da osti bezi arterial o’zanidagi o’zgarishlar; 2) me’da 
osti bezidagi gemotsirkulyatsiya buzilishi; 3) me’da osti bezini o’rab turgan 
tomirlardagi va qorin aortasi havzasi tomirlaridagi o’zgarishlar. 
O’tkir pankreatitda me’da osti bezi arterial o’zanidagi o’zgarishlar arteriya 
bo’shlig’i kengayishi, surilishi, uzayishi va to’g’rilanishi, konturlarining 
noaniqligi (chaplashib ketganligi), shaklining o’zgarishi va torayishi, betartib 
joylashuvi, ayrim tomirlarning uzilishi, shuningdek tomir devoridagi 
nuqsonlardan iborat. 
Rentgenologik tekshiruvda o’tkir pankreatitning bilvosita belgilari 
aniqlanadi. Obzor rentgenogrammada me’daning kengayganligi, unda suyuqlik 
borligi aniqlanadi. Odatda o’n ikki barmoqli ichak qovuzlog’i kengaygan, parez 
holatida bo’ladi. 
Ba’zan o’tkir pankreatit belgilari qorin bo’shlig’idan transparietal 
punktsiya yordamida ekssudat olish, me’da osti bezini asbob-uskunalar bilan 
paypaslash, o’t pufagini transparietal punktsiyasi va drenaj qilish kabi maxsus 
diagnostik muolajalar vositasida aniqlanishi mumkin. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish