Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klinikasi
. Surunkali pankreatitning asosiy klinik belgilari og’riq sindromi; 
me’da osti bezi tashqi sekretor etishmovchiligining avj olishiga aloqador hazm 
qilishning buzilishi; insulyar apparat funktsiyasi buzilishining klinik 
simptomlari; biliar (o’t) gipertenziyasi sindromi (mexanik sariqlik, xolangit, 
ikkilamchi xoletsistit); me’da osti bezi kistalari va oqmalari kabi pankreatit 
asorati simptomlari, segmentar portal gipertenziya, duodenal staz va boshqalar. 


503 
Odatda, qorinning yuqori yarmidagi og’riq bemorni tibbiy yordamga 
murojaat qilishga majbur etgan eng muhim va ilk simptomlardan biri 
hisoblanadi. Og’riq qorin bo’shlig’ining atrofni o’rab oladi (belbog’simon 
og’riq), orqaga, kurak orasi sohasiga, o’ng qovurg’alar ostiga beriladi. Og’riq 
doimiy yoki xurujsimon bo’ladi. Og’riq xurujlari bir necha soatdan 4-6 
sutkagacha davom qiladi. Ko’pincha bunga parhezning buzilishi sabab bo’ladi. 
Dispeptik buzilishlar, ko’ngil aynishi, qusish, so’lak oqishi, ich buzilib 
turishi (qabziyat ich ketishi bilan almashinib turadi) doimiy bo’ladi yoki faqat 
qo’zish davrida kuzatiladi. 
Diareya alkogolli pankreatitli bemorlar uchun ayniqsa xos. Shuningdek 
kreatoreya (hazm qilinmagan mushak tolalari) va steatoreya (hazm qilinmagan 
yog’lar) ham bo’ladi. Surunkali pankreatit uchun axlat massalari hajmining 
ko’payishi ayniqsa xarakterli bo’ladi. 
Me’da osti bezining ichki sekretor funktsiyasi buzilishlarining klinik 
belgilari surunkali pankreatitning nisbatan kechikkan simptomlaridan bo’lsada, 
birmuncha ko’p uchrab turadi, ular qandli diabet, kamroq gipoglikemiya avj 
olishi bilan xarakterlanadi. 
Biliar gipertenziya sindromi, ya’ni mexanik sariqlik surunkali 
pankreatitning eng muhim asoratlaridan biri hisoblanadi. U qayta-qayta 
qo’zg’aluvchi va doimiy xarakterda bo’lishi mumkin. Ko’pchilik bemorlarda 
sariqlik axoliya bilan birga uchraydi, me’da osti bezi boshchasining shishishi, 
indurativ pankreatit oqibatida o’t chiqaruv yo’llarining bosilishi, bez yo’llarida 
va Oddi sfinkterida chandiqli va yallig’lanish o’zgarishlari, katta duodenal 
so’rg’ich ampulasidagi tosh natijasi hisoblanadi. 
Bemor ba’zan haddan ortiq oriqlab ketadi. Buning sabablari: pankreatik 
fermentlarning etarlicha ishlanmasligi va o’n ikki barmoqli, ichakka tushmasligi, 
parhezga rioya qilmaslik, og’riqning zo’rligidan ovqat eyishdan qo’rqish. 
Ko’pgina bemorlarda og’riq xurujlari shira xaydovchi xossalari bo’lmagan hatto 
oz miqdorda suyuq ovqat ichilgandan keyin ham paydo bo’ladi. 


504 
Ob’ektiv tekshirishda mustaqil og’riqlar bilan birga surunkali pankreatit 
diagnostikasida qorin va orqani paypaslaganda og’riq borligini aniqlash ham 
katta ahamiyatga ega. Surunkali pankreatiti bor bemorlarning taxminan 1/4 
qismida kattalashgan va og’riydigan me’da osti bezini paypaslab ko’rishga 
muvaffaq bo’linadi. Qorin devorida bir qancha sohalar borki, ular paypaslab 
ko’rilganda og’riq bo’lishi, me’da osti bezi, ayniqsa dum qismi zararlanishiga 
xos bo’ladi. Mey-Robson nuqtasi (kindikni chap qovurg’a ravog’ining o’rta 
qismi bilan tutashtirib turadigan tashqi va o’rta chiziq chegarasida); Kach 
nuqtasi (kindikdan 5 sm yuqorida chap to’g’ri mushak proektsiyasida); Malle-Gi 
nuqtasi (chap to’g’ri mushak tashqi chekkasi bo’ylab qovurg’a ravog’ining naq 
pastida) shunday nuqtalar jumlasiga kiradi. 
Me’da osti bezi palpatsiyasi Grot usulida bajariladi. Bu usul 3 bosqichdan 
iborat. Grot bo’yicha me’da osti bezini palpatsiyasidagi birinchi bosqisi. Bemor 
chalqancha yotgan holda oyoqlari tizza sohasida bukilgan va beliga qo’lini 
musht qilib qo’ygan. Shifokor qo’l barmoqlarini kindik va chap qovurg’a osti 
orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi. Grot bo’yicha me’da osti bezini 
palpatsiyasidagi ikkinchi bosqichi. Bemor tanasini bir oz oldinga tashlagan 
holda turadi. Shifokor chap qo’li bilan bemorni belini XII qovurg’a sohasida 
ushlab turadi, o’ng qo’li bilan esa kindik va chap qovurg’a osti orasini 
palpatsiya qiladi. Grot bo’yicha me’da osti bezini palpatsiyasidagi uchinchi 
bosqisi. Bemor o’ng yonboshida, oyoqlarini bir oz tizza sohasida bukib, o’ng 
qo’lini bosh orqasiga qo’ygan holatda yotadi. Shifokor qo’l barmoqlarini kindik 
va chap qovurg’a osti orasiga kiritib bezni palpatsiya qiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish