Xirurgik kasalliklar


Differentsial diagnostikasi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Differentsial diagnostikasi. 
O’tkir pankreatitni birinchi navbatda me’da va 
o’n ikki barmoqli ichakning teshilgan yarasi bilan differentsial diagnostika qilish 
kerak. Teshilgan yara uchun bemorning navqiron yoshi, anamnezida yaraning 
bo’lishi, «xanjar bilan urgandek» og’riq, qusishning yo’qligi, «taxtasimon» 
qorin kabi xos belgilar tafovutlashga yordam beradi. Perkussiya qilganda jigar 
to’mtoqligining yo’qolishi va diafragma gumbazi ostida rentgenologik 
tekshiruvda aniqlanadigan o’roqsimon ozod havo borligi xos bo’ladi. O’tkir 
pankreatit odatda, o’t-tosh kasalligi bo’lgan va yog’ almashuvi buzilgan yoshi 


490 
ulg’aygan odamlarda ko’proq uchraydi. O’tkir pankreatit uchun og’riqning 
belbog’simon bo’lishi, uning o’ziga xos irradiatsiyasi, uzluksiz qayt qilish, 
«mushak himoyasi» simptomining aniqlanmasligi, qorinning kepchishi, 
leykotsitoz, giperenzimemiya va diastazuriyalar xos bo’ladi. 
O’tkir xoletsistit va o’t sanchig’i xurujlari o’tkir pankreatit bilan bir qator 
umumiy simptomlarga ega (to’satdan boshlanishi, o’tkir og’riq, og’riq 
irradiatsiyasi, peristaltikaning susayishi va b.) Biroq, o’tkir xoletsistit uchun 
og’riqning o’ng qovurg’alar ostida joylashuvi, mushak himoyasi simptomi 
paypaslash vaqtida kattalashgan va og’riydigan o’t pufagi yoki o’ng qovurg’alar 
ostida infiltrat aniqlanadi, qon va siydikda diastaza ko’rsatkichlari normal. 
Ko’pincha o’tkir pankreatit o’t-tosh kasalligi zamirida rivojlanadi 
(xoletsistopankreatit). 
O’tkir pankreatit bilan o’tkir mexanik ichak tutilishi orasida differentsial 
diagnoz quyidagi belgilar asosida o’tkaziladi: o’tkir pankreatitda og’riq doimiy 
bo’ladi va peristaltikaning susayishi yoki butunlay yo’qolishi bilan o’tadi, og’riq 
qorinning yuqori va o’rta qismlarida bo’ladi. Aksincha, ichakning o’tkir tutilib 
qolishida og’riqlar qorinning barcha joyida to’lqinsimon bo’ladi; kasallikning 
dastlabki davrida peristaltika kuchli. Siydik va qonda me’da osti bezi fermentlari 
miqdorining yuqoriligi o’tkir pankreatit diagnozini tasdiqlaydi. 
O’tkir appenditsit ham, ba’zan o’tkir pankreatit kabi, aksariyat epigastral 
sohada og’riqdan boshlanadi. Biroq appenditsitda epigastral sohada og’riq qisqa 
fursat bo’ladi, 3-4 soat o’tgach og’riq o’ng yonbosh sohasiga o’tadi, qorin 
devorining taranglashuvi va rivojlanayotgan mahalliy peritonitning boshqa 
simptomlari bilan birga uchraydi. Siydik va qondagi diastazani tekshirish bu 
ikkala kasallik o’rtasida uzil-kesil differentsial diagnoz o’tkazishga imkon 
beradi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish