Xirurgik kasalliklar


O’tkir pankreatit (pancreatitis acuta)



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
O’tkir pankreatit (pancreatitis acuta)
O’tkir pankreatit – me’da osti bezi to’qimalarining o’z fermentlari ta’siri 
ostida autolizi oqibatida yuzaga keladigan o’tkir degenerativ-yallig’lanish 
jarayonidir. Bu kasallik jarrohlik kasalliklari orasida ≈6,5% ni tashkil etib, qorin 
bo’shlig’i a’zolarining boshqa kasalliklari orasida o’tkir appenditsit va o’tkir 
xoletsistitdan so’ng, uchinchi o’rinni egallaydi. Kasallikni diagnostika qilish 
qiyinligi, og’ir kechishi va o’lim darajasining yuqoriligi jihatidan 8-10% ni, 
og’ir turlarida esa 50% ni tashkil etib, jarrohlar diqqat-e’tiborini o’ziga tortib 
keladi. O’tkir pankreatit asosan 30-60 yoshlarda ko’proq kuzatiladi. Ayollar 
orasida ushbu kasallik, erkaklarga nisbatan 3-3,5 barobar ko’proq uchraydi. 
Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir pankreatitning rivojlanish sabablari turli-
tuman bo’lib, polietiologik kasallik hisoblanadi. Bu kasallikning etiologik 


482 
omillari ko’pligiga qaramay, ularning barchasi zamirida bezning bir strukturali 
birligining buzilishi, fermentlarning aktivlashishi hisobiga atsinoz xujayralar 
autoliziga (emirilishi) borib taqaladi. 
Bezda fermentlarning aktivlashishiga olib keluvchi sabablar bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: 
1) atsinoz xujayralarning shikastlanishi; 
2) pankreatik shira gipersekretsiyasi; 
3) pankreatik shirani o’n ikki barmoqli ichakka tushishining qiyinlashishi 
va uning yo’llarida o’tkir gipertenziya holatining rivojlanishi. 
Atsinoz xujayralarning shikastlanishiga quyidagi sabablar olib kelishi 
mumkin: 
1.
Qorin bo’shlig’i a’zolari va xususan me’da osti bezi jarohatlari; 
2.
Me’da osti bezida o’tkazilgan jarrohlik amaliyotlari; 
3.
Me’da osti bezi to’qimasida qon aylanishining buzilishi (tromboz, 
emboliya, qon tomirlar bog’lanishi va b.); 
4.
Ekzogen intoksikatsiya; 
5.
Allergik reaktsiya; 
6.
Alimentar buzilishlar; 
Me’da osti bezi gipersekretsiyasiga spirtli ichimliklarni (alkogol) me’yorsiz 
ichish va me’yordan ortiq yog’li ovqatlar iste’mol qilish kiradi. 
Me’da osti bezi shirasining o’z yo’li bo’yicha oqishini qiyinlashishiga 
sabab bo’luvchi omillarga me’da osti bezi yo’lining chiqish qismida joylashgan 
patologik jarayonlar: Oddi sfinkteriga o’t toshining tiqilib qolishi, kata duodenal 
so’rg’ich strikturasi yoki stenozi, o’n ikki barmoqli ichak shilliq qavatining shu 
sohada shishishi kiradi. 
Patogenezi. 
O’tkir pankreatit rivojlanishida me’da osti bezi ishlanishining 
neyrogen yoki gumoral rag’batlantirilishi asosiy omil hisoblanadi (ko’p ovqat 
eyish, spirtli ichimliklar ichish, sekretin bilan diagnostik rag’batlantirish).

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish