Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash. 
Me’da osti bezi kistalariga davo qilish uchun quyidagi 
operatsiyalar taklif qilingan: marsupializatsiya, kistani oddiy drenaj qilish, 
kistaning ichki drenaji, kistani kesish va bezni qisman kista bilan rezektsiya 
qilish. Me’da osti bezi kistalarini operatsiya usuli bilan davolashning har xilligi 


513 
kistaning kelib chiqish formalari ko’pligiga va ularning rivojlanish darajasiga 
bog’liq. 
Psevdokistalarda drenaj qiladigan turli operatsiyalar qo’llaniladi. Bezning 
dum qismida joylashgan me’da osti bezi kistalarida me’da orqali 
tsistogastrostomiya qilish buyuriladi. Bu kista bilan me’da o’rtasida anastomoz 
hosil qilishdan iborat. Me’da osti bezi boshchasida joylashgan unchalik katta 
bo’lmagan kistalarda transduodenal tsistoduodenostomiya qilinadi, bu kista 
bilan o’n ikki barmoqli ichak o’rtasida anastomoz hosil qilishdan iborat. Bez 
tanasi va boshchasida kelib chiqadigan yirik kistalarda kista bilan funktsiyasi 
to’xtatib qo’yilgan och ichak qovuzlog’i o’rtasida anastomoz hosil qilinadi (115-
rasm).
115-rasm. Pankreatikoeyunostomiya turlari 
а – Cattell bo’yicha; б – Catlell A.A.Shalimov modifikatsiyasida; в
– Puestow-I 
bo’yicha; г -Puestow-II bo’yicha; 


514 
Peritonit bilan asoratlangan yorilgan kistalarda, kistaning yiringlashishi 
bilan bog’liq septik holatda uning devorlari parietal qorin pardasiga va teriga 
tikib qo’yiladi. Operatsiya bilan davolashdan keyin 90-95% hollarda yaxshi 
natijalar olingan. 
TALOQ KASALLIKLARI 
 
Anatomik-fiziologik xususiyatlari 
Taloq – qorin bo’shlig’ining toq a’zolaridan hisoblanib, diafragmaning 
chap tomonida qovurg’a osti sohasida joylashgan. Sog’lom odamda, uning 
og’irligi o’rta hisobda 150-250 grammga yaqin bo’ladi. Taloq yaxshi 
rivojlangan boylam apparati: taloq-diaragmal, taloq-buyrak, taloq-yo’g’on ichak 
va me’da-taloq boylamlari bilan mahkam o’rnashgan. 
Taloq arterial qon ta’minotini truncus coeliacus (qorin o’zagi) tutamidan 
chiqadigan taloq arteriyasi amalga oshiradi. Vena qon oqimi shu nomdagi vena 
bo’ylab qopqa vena (v. portae) sistemasiga kelib tushadi. Vegetativ 
innervatsiyani qorin chigalidan oladi. Qon tomirlar taloq to’qimasiga uning 
darvozasi sohasida kirib, biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan trabekulalar 
yo’li bo’ylab boradi. Trabekulyar arteriyalar taloqning ham qizil, ham oq 
limfatik follikulalaridan, shuningdek markaziy arteriyalarni o’rab turadigan 
malpigiy tanachalaridan hosil bo’lgan. Oq pulpaning ko’pchilik xujayra 
elementlari limfotsitlar, plazmatik xujayralar va makrofaglardan tashkil topgan. 
Qizil pulpa uning kataksimon strukturasini hosil qiladigan retikulyar xujayralar 
trabekulalardan iborat. Trabekulalar orasida taloqning arterial va venoz 
sistemasini bog’lab turadigan egri-bugri tomir sinuslari joylashgan. 
Taloqning faoliyati turlicha bo’lib, eski eritrotsitlar va trombotsitlarning 
emirilishida va fagotsitozida qatnashadi. Embrional rivojlanish va bolalik 
yoshida eritropoez faoliyatida ishtirok etadi. Taloq limfotsitlar, monotsitlar, 
plazmatik xujayralar ishlab chiqaradi, uning bu qobiliyati odamda balog’at 


515 
yoshidan o’tganda ham ham saqlanib qoladi. Bundan tashqari, taloq 
immunoglobulinlarning ayrim fraktsiyalari ishlanishida faol ishtirok etadi. 
Taloqning retikuloendotelial xujayralari gemotsirkulyatsiyadagi qondan vital 
bo’yoqlar, kolloid metallar, infektsion kasalliklar quzg’atuvchilarini (ayniqsa 
pnevmokokklar) ushlab qoladi.
Taloq shuningdek organizmda temir 
almashinuvida va suyak ko’migi faoliyatining gumoral boshqarilishida 
qatnashadi. Biroq bu gormonal idora qilishining nozik mexanizmlari hozircha 
ochilmagan. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish