Klassifikatsiyasi
Murakkab va turlicha klinik va patologoanatomik ko’rinishga ega bo’lgan
kasallikni ma’lum bir tizimga solish anchagina mushkul hisoblanadi. Shuning
uchun turli xil klassifikatsiyalar taklif etilgan bo’lib, hozirgi kunda
qo’llaniladigan klassifikatsiyalar ichida V.I. Kolesov taklif etgan klassifikatsiya
birmuncha qulay hisoblanadi. Quyida shu turlashni keltiramiz:
1. Appendikulyar sanchiq (kolika).
2. Oddiy (kataral) appenditsit.
3. Destruktiv appenditsit:
- flegmonoz;
368
- gangrenoz;
- gangrenoz-perforativ;
4. Asoratlangan appenditsit:
- appendikulyar infiltrat;
- appendikulyar abstsess;
- tarqalgan yiringli peritonit;
- pileflebit (ichak tutqich venalari septik tromboflebiti);
- sepsis.
Klinik manzarasi va diagnostikasi
O’tkir appenditsitning klinik manzarasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi,
bu hol kasallikning turigagina emas, balki chuvalchangsi-mon o’simtaning
joylanish xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi.
Odatdagi hollarda, kasallik o’ng yonbosh sohasidagi o’rtacha og’riq bilan
boshlanadi, bu og’riq sekin-asta kuchaya boradi. Og’riqlar butun qorin bo’ylab
yoki kindik atrofida boshlanib, keyin o’ng yonbosh sohasiga o’tishi mumkin.
Taxminan 30-35% bemorlarda og’riq epigastral sohasida boshlanib, 4-6 soat
o’tgach, o’ng yonbosh sohasiga o’tadi (Koxer-Volkovich simptomi). O’tkir
appenditsitda odatda og’riq doimiy, ba’zan esa tutib-tutib og’riydi, og’riq
unchalik qattiq bo’lmaydi. Og’riqlar intensivligi yallig’lanish jarayonining
tarqalganligiga bog’liq bo’lmaydi. Og’riq, birdaniga o’ng yonbosh sohasida
boshlanib, so’ng qorinning turli sohalariga tarqalishi mumkin. Bu holat
ko’pincha, chuvalchangsimon o’simtaning qaerga joylashganligiga bog’liq
bo’ladi. Chuvalchangsimon o’simtaning retrotsekal joylashishida og’riqlar bel,
tashqi jinsiy a’zolar sohasiga uzatilib, buyrak sanchig’i klinikasini beradi.
Chuvalchangsimon o’simta yuqori joylashishida, xoletsistit yoki pankreatit
belgilarining ba’zilari kuzatiladi.
Ko’pchilik bemorlarda, og’riq o’ng yonbosh sohasidan o’ng oyoqqa
uzatiladi. Og’riq ko’ngil aynishi yoki 1-2 marta qayt qilish, tana haroratining 38-
39°C gacha ko’tarilishi bilan o’tadi. Bemor qayt qilganida, ba’zi xirurgik
369
kasalliklaridagi kabi qusgandan so’ng engillik sezmaydi va bu belgi o’tkir
appenditsitga xos bo’lgan belgilardan hisoblanadi.
Qorinni paypaslab ko’rilganda, o’ng yonbosh sohasida mushaklarning
taranglashishi yoki rigidligi va og’riq belgisi aniqlanadi. Paypaslashni sog’ taraf
– chap yonbosh sohasidan boshlab, asta-sekin o’ng yonboshga o’tish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Qorinni umumiy tekshiruvidan so’ng maxsus tekshiruvga o’tiladi, o’tkir
appenditsit uchun xos bo’lgan belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Bugungi kunda,
o’tkir appenditsitda uchrashi mumkin bo’lgan 100 dan ortiq belgilarga ta’rif
berilgan. Biroq, ularning quyidagi ettitasini aniqlash, ko’pincha to’liq tashxis
qo’yish uchun etarli hisoblanadi:
1.
Shyotkin-Blyumberg belgisi;
2.
Voskresenskiy (“ko’ylak sirpanishi”) belgisi;
3.
Obraztsov belgisi;
4.
Sitkovskiy belgisi;
5.
Bartome-Mixelson belgisi;
6.
Rovzing belgisi;
7.
Ivanov belgisi.
O’tkir appenditsitning destruktiv turlarida mushaklar taranglashuvidan
tashqari qorin pardasining ta’sirlanish simptomi, Shyotkin-Blyumberg
simptomini aniqlash mumkin: o’ng qo’l barmoqlari bilan qorin devori bosib
turib, birdan keskin ravishda qo’l tortib olinganda og’riq kuchayadi. Og’riq
yallig’langan qorin pardalarning bir-biriga tegishi yoki silkinishi natijasida
paydo bo’ladi.
Ko’ylak sirpanishi belgisi faqat o’tkir appenditsit uchun xos bo’lgan belgi
hisoblanadi. Bu belgi 1940 yil, V.M. Voskresenskiy tomonidan taklif etilgan.
Bemor ko’ylagi bilan qorin devori yopiladi, so’ng o’ng qo’l barmoqlari uchi
bilan o’ng yonbosh sohasidan chapga yuzaki va keskin o’tkazilsa, og’riq
kuchayadi (Voskresenskiy simptomi, “ko’ylak sirpanishi”).
370
O’tkir appenditsitda qorin old devori, o’ng tomoni sohasi mushaklarining
taranglashishi kuzatiladi. Bunda, kindik va yonbosh suyagining oldingi yuqori
o’simtasi orasidagi masofa kichrayishi kuzatiladi. Bu belgi, Ivanov belgisi
deyiladi.
Obraztsov belgisi
–
bemor yuqoriga qarab yotgan holatda, o’ng yonbosh
sohasida eng og’riqli nuqta topiladi. Shu sohada qo’l barmoqlari ushlab turgan
holatda, bemorni o’ng oyog’ini, bukmagan holatda 90º ga ko’tarish iltimos
qilinadi. Bunda, og’riqning kuchayishi kuzatiladi. Oyoq tushirilganda og’riq
kamayadi. Ayniqsa, chuvalchangsimon o’simta retrotsekal joylashganida
Obraztsov belgisi xos belgi hisoblanadi.
Bemor chalqancha (yuqoriga qarab) yotgan holatdan chap yonbosh
sohasiga o’tganda, o’ng yonbosh sohasida og’riqlarning paydo bo’lishi yoki
kuchayishi kuzatiladi, bunday holat Sitkovskiy belgisiga xos. Quyidagi belgi,
qo’richak va chuvalchangsimon o’simta tutqichini cho’zilishi natijasida og’riq
paydo bo’lishi yoki kuchayishiga asoslangan.
Bartome-Mixelson belgisi. Ko’pchilik bemorlarda, chap yonbosh sohasida
yotgan holatda, o’ng yonbosh sohasini palpatsiya qilganda og’riqlarning
kuchayishi kuzatiladi.
Rovzing belgisi – chap yonbosh sohasini bir qo’l bilan bosib turib, ikkinchi
qo’l bilan engil yuqoriga qarab to’lqinsimon harakat qilinganda, o’ng yonbosh
sohasida og’riq (yo’g’on ichak ichidagi gaz harakati natijasida) paydo bo’lishi,
bu belgining musbatligidan darak beradi.
O’tkir appenditsit kasalligi bo’lgan bemorni fizikal tekshirishda rektal va
vaginal tekshirishning katta ahamiyati bor, bunda aksariyat to’g’ri ichak-
bachadon chuqurchasi (Duglas kengligi) sohasida og’riq aniqlanib, bu
yallig’langan chuvalchangsimon o’simtaning yaqin joylashganidan yoki u erda
ekssudat yig’ilgandan dalolat beradi. Bu tekshiruv usullari quyidagi holatlardan
darak beradi:
chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqda joylashuvini aniqlash
uchun;
371
kichik chanoq infiltratlarini aniqlash uchun;
o’tkir appenditsitni, ayollar jinsiy a’zolari patologiyasidan differentsial
diagnostika qilish uchun.
O’tkir appenditsit diagnostkasida siydik va qon tahlillari muhim
hisoblanadi. Diagnoz qo’yishda qon tarkibi laboratoriya tekshiruvi – yuqori
leykotsitoz: 10x10
9
– 18x10
9
l (10 000 – 18 000) gacha ortishi, leykotsitar
formulaning chapga surilishi, EChT ning oshishi kabi o’zgarishlar paydo bo’ladi
va tashxis qo’yishda yordam berishi mumkin. Kasallikning ayniqsa destruktiv
turlarida ILI (intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi) oshishiga ahamiyat beriladi.
Ba’zan esa (areaktiv holatlarda), o’tkir appenditsitning destruktiv turlarida
ham laborator tahlillarda o’zgarishlar minimal bo’lishi mumkin. Shuning uchun,
tashxis qo’yishda va amaliyotga ko’rsatma bo’lib, faqatgina qon va siydik
tahlillaridagi o’zgarishlar asos bo’la olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |