375
(tarkibidagi o’simta arteriyasi bilan) qirqiladi va chok qo’yib bog’lanadi.
Chuvalchangsimon o’simta asosidan bog’lanib, qirqiladi. Uning cho’ltog’iga esa
kiset va Z-simon choklar qo’yish orqali tubiga cho’ktiriladi.
Gemostaz
sinchiklab tekshirilgach, jarohatga qavatma-qavat choklar qo’yiladi.
Appendikulyar etiologiyali tarqalgan yiringli peritonit asorati yuzaga kelganda,
uni davolashning umumiy qoidalari bo’yicha taktika qo’llaniladi: avvalo
peritonit manbai bartaraf etiladi (appendektomiya), keyin qorin bo’shlig’i
yaxshilab tozalanadi (sanatsiya) va antiseptik eritmalar bilan yuviladi (lavaj) va
operatsiyadan keyingi davrda qorin bo’shlig’ini muntazam yuvish imkoniyatini
beruvchi usul bo’yicha drenajlar qo’yiladi. Shu jumladan, ichak parezini oldini
olish maqsadida ingichka ichak tutqichining blokadasi (novokain yuborish) va
ichak dekompressiyasi o’tkazish uchun ingichka ichakni transnazal intubatsiya
qilish qo’llaniladi.
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda gomeostazning
buzilishlarini
korrektsiya qilishga qaratilgan kompleks muolaja o’tkaziladi, antibakterial
muolaja, peritoneal dializ yoki lavaj, ichak dekompressiyasi va ko’rsatmalar
bo’yicha enteral zond orqali ozuqalantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kasallik
o’tkir peritonitning tarqalgan turlari bilan asoratlanganda, to’liq taftish qilishga
imkon beradigan o’rta-o’rta laparotomiya kesmasi qo’llaniladi.
Hozirgi kun jarrohlik
amaliyotiga, yangi texnologiyalar: tejamkor va kam
invaziv usul, hamda uslublar shiddat bilan kirib kelmoqda, ularga alohida
ahamiyat berilmoqda. Jarrohlik amaliyotida ularni qo’llash,
nafaqat
operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan jarohat darajasini kamaytirishga, bu
bilan birga uning samaradorligini oshirishga va asoratlar sonini keskin
kamaytirishga olib keladi. Shuning uchun,
ushbu kasallikda, bugungi kunda
tobora keng qo’llanilayotgan usul – laparoskopik appendektomiyaga to’xtalib
o’tamiz (80-rasm).
376
80-rasm. Laparoskopik appedektomiyaning turlari (Endo GIA steplerini,
Rouder sirtmog’ini va qisqich klipsa qo’llash orqali).
Laparoskopik appendektomiyani bajarish uchun, kindik va uning atrofini
punktsiya qilib, qorin bo’shlig’iga CO
2
gazi yuborin orqali pnevmoperitoneum
vujudga keltiriladi. Maxsus troakarlar orqali qorin bo’shlig’iga mujazgina
videokamera va endoxirurgik asboblar kiritilib, chuvalchangsimon o’simta olib
tashlash jarrohlik amaliyoti bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: