Xirurgik kasalliklar


Orttirilgan yurak nuqsonlari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Orttirilgan yurak nuqsonlari 
Revmatizm – orttirilgan yurak nuqsonlari shakllanishiga sabab bo’ladigan 
asosiy kasallikdir. Shu bilan birga septik endokardit, miokard infarkti, ko’krak 
qafasi jarohatlari uning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 
Revmatizmda biriktiruvchi to’qima zararlanishi oqibatida turli 
klapanlarning qopqoqlari bir-biriga yopishib ketadi, bu stenozga yoki 
chetlarining yupqalashishi va deformatsiyasiga, kaltsiy tuzlari yig’ilishi 
natijasida klapan etishmovchiligiga olib keladi.
Aksariyat kombinatsiyalangan nuqson, ya’ni klapan etishmovchiligi bilan 
birga uning stenozlanishi vujudga keladi (23-rasm). 


91 
23-rasm. Mitral klapani kombinatsiyalangan nuqsoni (makropreparat). 
Mitral klapan stenozi 
Mitral teshikning torayishi, qonni chap bo’lmachadan haydash uchun to’siq 
bo’lib hisoblanadi. Buning hisobiga, chap bo’lmachada bosim ortadi, bu o’pka 
tomirlarida va o’ng qorinchada bosimning oshishiga olib keladi. O’ng 
qorinchaga talaygina og’irlik tushishi uch tavaqali klapanning nisbiy 
etishmovchiligiga, katta qon aylanishi venoz qismida qonning dimlanishiga, 
jigar shishiga va boshqa turdagi shishlarning rivojlanishiga olib keladi. 
Klinikasi va diagnostikasi. 
Mitral stenoz rivojlanishining boshlang’ich ilk 
davrida, uning to’liq kompensatsiyasida odatda shikoyatlar bo’lmaydi. Jarayon 
avj olib borganida: nafas qisishi, behollik, tez charchab qolish, yurak astmasi 
xurujlari, taxikardiya, yurak sohasida og’riq, bosh aylanishi, xushdan ketish 
yuzaga keladi. Qon tuflash mitral stenozga xos belgilardan biri hisoblanadi. 
Ko’zdan kechirishda bemorning rangpar yuzida o’ziga xos qizillik, burun 
uchi, lablarda, quloq suprasida, qo’l barmoqlaridagi tsianoz o’ziga diqqatni 
tortadi. Yurak cho’qqisi sohasida ko’krak qafasining diastolik titrashi 
aniqlanadi. Auskultatsiyada diastolik shovqin, birinchi va ikkinchi tonda 
o’zgarishlar seziladi, bu uch ohang «bedana ritmi» ohangini vujudga keltiradi. 
EKGda odatda, yurak o’qi o’ngga siljigan bo’ladi.
Fonokardiografiya baland I tonni, yurak cho’qqisi ustida diastolik 
shovqinni, o’pka arteriyasida II ton aktsentini, mitral “chertki” ni qayd qiladi. 
Rentgenogrammalarda yurak “beli” ning tekislanganligi, chap bo’lmacha va 
o’ng qorinchaning ko’ndalangiga kattalashgani, o’pka arteriyasining bo’rtib 
chiqqanligi ko’rinadi. Yurakni zondlashda torayish darajasi aniqlanadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish