Xirurgik kasalliklar


Qizilo’ngachning quyi uchdan bir qismidagi divertikul



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Qizilo’ngachning quyi uchdan bir qismidagi divertikul.
Qizilo’ngachning quyi uchdan bir qismi divertikullari (epifrenal) aksariyat 
qizilo’ngach ampulasidan yoki bevosita ampula tepasida joylashgan qismdan 
paydo bo’ladi yoki bundan ham proksimal qismida joylashuvi mumkin. Ularni 
birinchi marta 1804 yilda Deguise tasvirlagan, E.N. Vantsyan 1964 yilda 
qizilo’ngach divertikuli bo’lgan 202 nafar bemordan 79 nafarida shu divertikulni 
aniqlagan. Epifrenal divertikullar ko’pchilik hollarda pulsion hisoblanadi. 
Patogenezi.
Bu divertikullar patogenezi to’g’risida yagona fikr yo’q. 
Ko’pgina tadqiqotchilar traktsion divertikullardan farqli o’laroq, epifrenal 
divertikullarning paydo bo’lishini ovqat bo’laklarining qizilo’ngach devoridagi 
eng sust joylarni (mushak tutamlari ajralishi, tomirlar o’tadigan joy) bosib 
turishi bilan
 
bog’laydilar. Ayrim mualliflar qizilo’ngach mushak devorining 
tug’ma zaifligiga katta ahamiyat beradilar. Jackson ovqat bo’lagining 
bosimigina emas, balki «diafragma» sfinkteri qisqarishlarining buzilishi ham 
patogenetik jihatdan ahamiyatga ega deb hisoblaydi. 
Patologik anatomiyasi.
Epifrenal divertikullar qizilo’ngachning o’rta 
uchdan bir qismidagi divertikullarga qaraganda yirikroq bo’ladi. Faqat ayrim 
hollardagina ular katta bo’ladi va ularning sig’imi 100, hatto 200 ml ga etadi. 
Epifrenal divertikullar katta o’lchamli bo’lganida ham, ularda ovqat 
qoldiqlarining uzoq vaqt tutilib qolishi va buzilishi kamdan-kam kuzatiladi. Bu 
ularning diafragma va yurakka yaqin joylashganligi bilan izohlanadi: diafragma 
harakatlari va yurakning urib turishi epifrenal divertikulga o’tadi va ularning 
bo’shliqlari ritmik ravishda kichrayadi va kattalashadi, bu ularning bo’shalishiga 


272 
imkon beradi. Shilliq, pardasi ko’pchilik hollarda o’zgarmagan qo’shni a’zolar 
bilan yopishib ketish hodisalari odatda yo’q. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish