tegirmondir», deb maqomini keltiradi. Uning eng katta xizmati shundaki, u o’rta
asrdagi kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga qarshi chiqdi, bolalarga
insoniy muomala qilishni talab qildi.
«Yaxshi yo’lga qo’yilgan maktab qonunlari» nomli asarida o’quvchilar
xatti-harakatlariga taalluqli qimmatli qoidalar bayon etilgan.
Komenskiyning pedagogika sohasidagi merosi ta’lim-tarbiyada ahamiyati
juda kattadir. Uning ko’p tillarga tarjima qilingan darsliklari ko’pgina
mamlakatlarda, shuningdek, XVII-XVIII asrlarda Rossiyada ham keng tarqaldi va
150 yildan ko’proq davr davomida eng yaxshi darslik sifatida xizmat qilib keldi.
Uning asrlari, qimmatli fikrlari hozir ham o’z qimmatini yo’qotgani yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |