VII jadval
(yerlar, yo’llar va chegaralar haqida)
1. (Fest. Deverb. Signif., 4: Aylanib o‘tish joyi, ya’ni imorat atrofidagi qurilishsiz joy 2,5 fut kengligida bo‘lishi kerak).
2. (Gay. 1.13. D. X. 1: Chegara olish haqidagi da’volarda aytishlaricha Afinada Salon tomonidan o‘tkazilgan qonun kuchga ega bo‘lgan farmoyish misolida quyidagi XII jadval qonuni ko‘rsatmalariga amal qilish kerak: agar qo‘shni uchastka bo‘ylab g‘ov qaziladigan bo‘lsa, chegaradan o‘tish mumkin emas, agar devor olinsa, qo‘shni uchastkadan 1 fut ichkariga olish kerak, agar turar joy bo‘lsa 2 futga, agar chuqur yoki qabr qazilsa, qancha chuqur bo‘lsa, shuncha tashlab, quduq bo‘lsa 6 fut tashlab, agar zaytun ekilsa, qo‘shni uchastkadan 9 futga, qolgan daraxtlar uchun esa 5 fut joy tashlash kerak bo‘ladi).
3. (Pliniy. Tabiiy tarix, 19. 4. 50: XII jadvalda «xumor» so‘zi umuman ishlatilmas edi. Uni belgilash uchun esa, ko‘pincha hortus— chegaralab olingan joy so‘zidan foydalanar edilar. Bunda unga ota mulki ma’nosida qaralar edi).
4. (Sitseron. Qonunlar to‘g‘risida, 1.21.55: XII jadval qadimiyligi bo‘yicha 5 fut kenglikdagi oraliqlarni sotib olishni taqiqlar edi).
5. (Sitseron. Qonunlar to‘g‘risida, 1.21.55: XII jadval qaroriga asosan, chegaralar haqida tortishuvlar yuzaga kelsa, biz chegara olishni 3 dallol ishtirokida amalga oshirishimiz lozim).
6. (Gay. 1. 8. D. VIII. 3: XII jadval qonuni bo‘yicha to‘g‘ri yo‘llarning kengligi 8 fut, burilishlar 16 fut qilib belgilangan).
7. Yo‘l chetidagi uchastkalarning egalari yo‘lni o‘rashsin. Agar tosh yotqizishmasa, egarlanadigan hayvonlarda xohlagan yerlarda yurishlari mumkin.
8. a) Agarda yomg‘ir suvi zarar yetkazsa ...
b). (Pavel. 1. 5. D. XL, III, 8: Agar jamoat yeridan oqib o‘tuvchi irmoq yoki ariq xususiy mulkka zarar keltiradigan bo‘lsa, unda mulk egasiga XII jadval qonuni asosida zararni qoplash haqida da’vo berilar edi).
9. a) (Ulpian. I. 1. 8. D. XLIII, 27: XII jadval qonuni, bog‘ soyasi qo‘shni uchastkalarga zarar yetkazmasligi uchun 15 futdan baland daraxtlarni kesishni buyurar edi). b) (Pomponiy. I. 2. D. XLIII. 27: Agar qo‘shni uchastkadagi shamoldan sening uchastkangga egilsa, unda sen XII jadval qonuniga asosan uni yig‘ishtirib olish uchun da’vo berishing mumkin).
10. (Pliniy. Tabiiy tarix, XVI. 5.15: XII jadval qonuni qo‘shni uchastkadan tushuvchi yong‘oqlarni terishga ruxsat berardi).
11. (Yustinian. I. 41. I. II. 1: Sotilgan va berib yuborilgan narsalar sotuvchiga sotib olish narxini to‘laganda yoki uning talablarini boshqa yo‘llar bilan qondirgan taqdirdagina oluvchining xususiy mulki bo‘ladi. Masalan, kafilni ko‘rsatsa yoki garovga u bu narsa bersa. XII jadval qonunida shunday ko‘rsatilgan).
12. (Ulpian. lib. Sing. Regul. II. 4: Agar vasiylik beruvchi quyidagi ko‘rsatmalarni bergan bo‘lsa, qulni mening vorisimga 10000 sestersiyni to‘lash sharti bilan ozod qilaman, unda bu qul vorisdan begonalashtirilgan bo‘lsa-da, u oluvchiga bu summani to‘lab ozodlik (chiqish)ni qo‘lga kirita oladi. XII jadval qonunida shunday qaror qilingan).
Do'stlaringiz bilan baham: |