Xidirova nilufarning “matematika oʻqitish metodikasi”


Kurs ishining tadqiqot obyekti



Download 0,71 Mb.
bet3/10
Sana05.06.2023
Hajmi0,71 Mb.
#948821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Harakatga doir masalalarni yechishga o\'rgatishda........

Kurs ishining tadqiqot obyekti: boshlang‘ich sinflar matematika darslarida harakatga doir masalalar ustida ishlashni tashkil etilishi jarayoni. Kurs ishining predmetini boshlang‘ich sinflar matematika darslarida masofa, tezlik va vaqt bilan bogʻliq matnli masalalar yechishni oʻrganish tizimi tashkil etadi.
Kurs ishi mavzusining predmeti: harakatga doir masalalarni yechishga oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini shakllantirish.
Kurs ishi mavzusining amaliy ahamiyati: tadqiqotni olib borish natijasida boshlangʻich sinf matematika darslarida harakatga doir masalalarni yechishga oʻrgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasining ahamiyati va ulardan foydalanish imkoniyatlari o’rganildi va boyitildi. Darslarda axborot texnogiyalaridan foydalanish orqali darslarimiz ham qiziqarli, ham o’quvchilarning xotirasida qolish samaradorligi oshishiga sabab bo’ladi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I bob.Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatga doir masalalarni o’rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari.

    1. Axborot texnologiyalar haqida umumiy ma’lumot.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratmoqdalar. Xususan ta’lim sohasini rivojlantirish kerak ekan, buni avvalo boshlang’ich ta’limdan boshlashimiz kerak, buyuk kelajakning ildizi boshlangʻich ta’limdan boshlanadi dedilar. Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta barkamol avlod markazlari mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institutlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Amaldagi tartibga asosan, xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar. Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish; masofadan o‘qitish usullari asosida xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish; tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish; buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish; o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish; innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish.
Texnologiya szi grekchadan tarjima qilinganda san’at, ustalik, malaka ma’nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma’lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig’indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya obyektining dastlabki, boshlangʻich holatini oʻzgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatik, tvorog, smetana, yogʻ va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlangʻich xomashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham «texnologiya» tushunchasining ma’nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga «axborot» soʻzini qoʻshish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
 Texnologiyani quyidagicha ta’riflash mumkin. Texnologiya — bu sun’iy obyektlarni yaratishga yoʻnaltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yoʻnalishda borishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu yerda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini oʻzgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta’riflash mumkin.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish