3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
Avtotransportlardan
ajralib
chiqadigan
tashlanmalarning
аtrof muhitga ta‘sirini baholashni o‗rganish dolzarb
muammolardan biri bo‗lib hisoblanadi. Xozirgi davrda dunyoda sanoatning jadal
rivojlanishi va avtomobillar sonining o‗sishi natijasida atmosfera havosining
ifloslanishi ortib borayotganligi global mikyosdagi muammolardan biri
hisoblanadi. Avtomobil transporta va transport infratuzilmasi korxonalari
atmosfera xavosini toksik va issiqhona gazlari bilan ifloslantiruvchi asosiy
manbalardan xisoblanadi.Hozirda jaxonda bir milliarddan ortik avtomobil mavjud
bo‗lib, atmosferaga chiqarilayotgan issiqhona gazlar ajratmalarning 13 foizini
avtomobil transportining ulushi tashkil qiladi. Atmosferaga issiqhona va boshqa
gazlarni chiqarilishini kamaytirish global muammo bo‗lib, uni xal qilish uchun
birinchi navbatda ajratmalarning miqdorini aniq baholash masalasini xal qilish
zarur.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‗ng respublikada atrof muxit
muhofazasi masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari kabi tabiatni muhofaza qilish soxasida ham keng qamrovli islohatlar
amalga oshirilmoqda. Muntazam ravishda muayyan davrlarga mo‗ljallangan atrof
muhit muhofazasi bo‗yicha xarakatlar dasturi qabul qilinib, amalga oshirib
kelinmoqda.
Avtomobil-yo‗l tizimining tez rivojlanishi va atrof muhit xolatining o‗zgarib
borishi sharoitida mavjud inventarizatsiya usullarini atmosferaga chiqarilayotgan
issiqhona va boshqa gazlar ajratmalarini xisobga olgan holda takomillashtirilishi
atrof muhitni ekologik monitoringa samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini
yaratadi. Barqaror ijtimoiy-iktisodiy rivojlanish sharoitida «yo‗l-avtomobil»
kompleksidan atmosferaga chiqariladigan issiqhona gazlari va boshqa zararli
moddalarni inventarizatsiya qilish va ekologik monitoringini tizimini tashkil etish
usullarini yanada takomillashtirish dolzarb muammo bo‗lib, uning xal etilishi
muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi[1].
4
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 9 oktyabrdagi 389-son
«1999-2005 yillarda O‗zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish
ishlari dasturini amalga oshirish masalalari to‗g‗risida»ga, 2008 yil 19
sentyabrdagi 212-son «2008-2012 yillarda O‗zbekiston Respublikasida atrof muhit
muhofazasi bo‗yicha Xarakatlar dasturi to‗g‗risida»gi, 2011 yil 31 oktyabrdagi
292-son «2011-2015 yillarda O‗zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muxit davlat
monitoringa dasturini tasdiqlash tug‗risida»gi karorlari hamda Vazirlar
Mahkamasining 2013 yil 27 mandata 142-son karori bilan tasdiqlangan «2013-
2017 yillarda O‗zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo‗yicha
xarakatlar dasturi»da belgilangan vazifalarni muayyan darajada hal etishga mazkur
bitiruv malaka ishi tadqiqota xizmat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: