U o‘z saroyining qoshida madaniy-ma’rifiy markaz tashkil qilib, uni Akademiya deb ataydi. Karl Buyuk akademiyada buyuk olimlar, faylasuflar, shoir va rassomlar ijodi uchun qulay sharoit yaratishga katta homiylik ko‘rsatdi. Natijada bu davrda fanlar va san’at sirlarini chuqur o‘rganish, tadqiq qilish, ularni yanada rivojlantirishga bo‘lgan intilish kuchayadi. Ayniqsa, antik davr madaniyati bilan mustahkam aloqa o‘rnatilishi uchun ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshiriladi. Karolinglar davriga oid bir qancha me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan bo‘lib, ulardan biri – sakkiz qirrali gumbaz bilan qoplangan, sakkiz burchakli inshootdan iborat Aaxendagi (800-yil) Buyuk Karlning ajoyib cherkovidir. - U o‘z saroyining qoshida madaniy-ma’rifiy markaz tashkil qilib, uni Akademiya deb ataydi. Karl Buyuk akademiyada buyuk olimlar, faylasuflar, shoir va rassomlar ijodi uchun qulay sharoit yaratishga katta homiylik ko‘rsatdi. Natijada bu davrda fanlar va san’at sirlarini chuqur o‘rganish, tadqiq qilish, ularni yanada rivojlantirishga bo‘lgan intilish kuchayadi. Ayniqsa, antik davr madaniyati bilan mustahkam aloqa o‘rnatilishi uchun ko‘p sa’y-harakatlar amalga oshiriladi. Karolinglar davriga oid bir qancha me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan bo‘lib, ulardan biri – sakkiz qirrali gumbaz bilan qoplangan, sakkiz burchakli inshootdan iborat Aaxendagi (800-yil) Buyuk Karlning ajoyib cherkovidir.
Ilk o‘rta asrlarda xristian Yevropasida haykaltaroshlik va tasviriy san’at taqiqlanmagan bo‘lishiga qaramasdan, ularda ham ancha vaqt davomida asosan diniy mavzular ustunlik qilgan. Asosan bu Iso payg‘ambar, Momo Xudo, apostollar (payg‘ambarlar) timsollari edi. Dastlab Iso tasvirlari yunon va rim afsonalari timsollarini eslatgan. Xristianlarning ayrim tamoyillariga qarama-qarshi bo‘lishiga qaramasdan, antik dunyoning madaniy-tarixiy an’analari xristian dini tomonidan butunlay uloqtirib tashlanishi mumkin emas edi. Xristian dinini qabul qilgan ko‘plab odamlarda hali eski madaniyat an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan turli estetik ehtiyojlar saqlanib qoladi. - Ilk o‘rta asrlarda xristian Yevropasida haykaltaroshlik va tasviriy san’at taqiqlanmagan bo‘lishiga qaramasdan, ularda ham ancha vaqt davomida asosan diniy mavzular ustunlik qilgan. Asosan bu Iso payg‘ambar, Momo Xudo, apostollar (payg‘ambarlar) timsollari edi. Dastlab Iso tasvirlari yunon va rim afsonalari timsollarini eslatgan. Xristianlarning ayrim tamoyillariga qarama-qarshi bo‘lishiga qaramasdan, antik dunyoning madaniy-tarixiy an’analari xristian dini tomonidan butunlay uloqtirib tashlanishi mumkin emas edi. Xristian dinini qabul qilgan ko‘plab odamlarda hali eski madaniyat an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan turli estetik ehtiyojlar saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |