XI-XV asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati - Reja
- 1.O‘rta asrlarda ta’lim tizimi.
- 2.Me’morchilik
- 3.San’at.
-
- O‘rta asrlar Yevropa madaniyatining eng yirik yutug‘i o‘rta va oliy ta’lim tizimining yaratilishi hamda universitetlarning paydo bo‘lishidir. Bu davrda feodal jamiyatning dehqonchilik mehnatidan ozod bo‘lgan qismi boshqa faoliyat turlari – san’at, adabiyot, harbiy xizmat, ta’lim bilan shug‘ullana boshladi. Ta’limning u yoki bu turi qadimgi sivilizatsiyada ham mavjud bo‘lgan. Bu tizim ayrim hududlarda hatto bugungi oliy ta’lim muassasalarining ilk ko‘rinishlari holida bo‘lgan. Masalan, qadimgi Yunonistonda Pifagor, Aristotel maktablari uzoq vaqt, Platon akademiyasi esa ulardan ham ko‘proq faoliyat ko‘rsatgan.
Ammo o‘rta asr Yevropasida aholining mutlaq ko‘pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar nafaqat dehqonlar, balki feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko‘pchiligi imzo chekish o‘rniga belgi qo‘yganlar. G‘arbiy Yevropada uzoq vaqtlargacha ruhoniylargina savodxon bo‘lib keldi: ular diniy kitoblarni o‘qishlari, ibodat duolarini bilishlari, xudoning qudratini dindorlarga chiroyli qilib tasvirlab, kishilarni ishontirishlari lozim edi. - Ammo o‘rta asr Yevropasida aholining mutlaq ko‘pchiligi savodsiz edi. Savodli kishilar nafaqat dehqonlar, balki feodallar orasida ham oz sonli edi. Ritsarlarning ko‘pchiligi imzo chekish o‘rniga belgi qo‘yganlar. G‘arbiy Yevropada uzoq vaqtlargacha ruhoniylargina savodxon bo‘lib keldi: ular diniy kitoblarni o‘qishlari, ibodat duolarini bilishlari, xudoning qudratini dindorlarga chiroyli qilib tasvirlab, kishilarni ishontirishlari lozim edi.
Cherkov va monastirlar huzurida tashkil etilgan quyi maktablar o‘z oldiga savodxon dindorlarni tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu maktablarda asosan lotin tilini, ibodat va duolar o‘qish tartiblarini o‘rgatishga e’tibor berilar edi. IX asrda cherkov – yepiskoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o‘rta asr universitetlari vujudga keladi. Diniy maktablarda sakkiz yoshli bolalar ham, o‘smir yigitlar ham yoshiga qarab, sinflarga bo‘linmasdan, barobar o‘qitilgan. - Cherkov va monastirlar huzurida tashkil etilgan quyi maktablar o‘z oldiga savodxon dindorlarni tayyorlashni maqsad qilib qo‘ygan. Bu maktablarda asosan lotin tilini, ibodat va duolar o‘qish tartiblarini o‘rgatishga e’tibor berilar edi. IX asrda cherkov – yepiskoplik maktablari rivojlanib, keyinchalik ular zaminida o‘rta asr universitetlari vujudga keladi. Diniy maktablarda sakkiz yoshli bolalar ham, o‘smir yigitlar ham yoshiga qarab, sinflarga bo‘linmasdan, barobar o‘qitilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |