581-yilda Xitoyda yangi Suy imperiyasiga asos solindi. Suy sulolasi hukmronligi Xitoyda 581-yildan to 618-yilgacha davom etgan. Suy sulolasiga Yan Szyan (Yan Jyan) asos solgan bo’lib, u imperator Ven-Di nomi bilan 581-604-yillarda imperiyani idora qildi. Imperator Ven-Di 589-yilda Xitoyning janubi va shimolini birlashtirib, Xitoylik bo’lmagan elatlarning shimoldagi hukmronligiga chek qo’ydi. Suy imperiyasining poytaxti Chanyan shahri bo’lib hozirgi Sian shahriga to’g'ri keladi. Suy imperiyasi ham dehqonlar qo'zg'oloning avj olishi va ichki nizolar natijasida barxam topgan. 618-yildan Tayyuan (hozirgi Shansi viloyati.) noyibi Li Yuan hokimiyatni egallab yangi Tan sulolasiga asos soldi. Suy sulolasining imperatorlari: Ven -Di (Yan Szyan) 581 – 604), Yan - Di (Yan Guan) 604 -617), Gun - Di (Yan Yu) 617-618). Osiyoning qudratli davlati bo’lgan Tan imperiyasining gullab-yashnagan davri imperator Syuan-Szun (713-755) hukmronlik qilgan paytiga to’g’ri keladi. Avlodlar xotirasida bu davr Xitoy madaniyatining yuksalgan davri sifatida muhrlanib qoldi. VII asrdan mamlakat iqtisodiyotida bir qator yutuqlarga erishildi. Yirik bo’lmagan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish natijasida yerdan foydalalanishda taqsimot o’tkaziladi. Qayta ishlov berilgan yer maydonlari kengayib yetishtirilgan maxsulot turlari ko’paydi.
Mamlakat janubida ko’proq shakarqamish yetishtirila boshlandi. Yangi kanal va suv omborlarining qurilishi natijasida oldinlari ishlov berilmay kelingan yerlar ham o’zlashtirila boshlandi. Dehqon kuchi yoki uy hayvoni yordamida harakatga keltirilgan suv charxpalaklari takomillashtirilib ularning qamishdan qilingan suv idishlarini o’rnini sopoldan qilingan yangi xumchalar egalladi. Yerning unumdorligini pasaytirmaslik maqsadida ekinni erta va kech pishar naviga qarab ikki marotaba navbatma –navbat ekib hosil olishgan. Yerning tabiiy holatidan kelib chiqqan holda turli texnikalardan foydalanadilar.
Tan sulolasi asosan ikkita hududda yerga ishlov berilishida alohida ahamiyat kasb etgan. Shimolda antropogenetik lanshaft holatidan kelib chiqib, mussonli yomg’irlarning bu hududda ko’p yog’ishi tufayli dehqonlar ham ularning qurol-anjomlari ham qadimdan bu holatlarga moslashib borgan. Dehqonlar mavsumiy jarayonlarga moslashgan holda hosilning pishganligini uni qachon terib olish lozimligini juda yaxshi bilganlar.Davlatning maqsadli ravishda yerdan foydalanishi qishloq maxsulotlari yetishtirish an’analariga e’tibor qaratishi tufayli hosildorlik o’sdi. Donli ekinlardan olinadigan hosildorlik ham ko’paydi.Janubda esa antropogen ta’sirlar bo’lgan bo’lsada ammo hosildorlik shimolga nisbatan pastroq edi. Bu hudud uncha chuqur bo’lmagan vodiylardan iborat tog’li hudud bo’lib asosan tog’ yon bag’rlarida shoxli uy hayvonlari yordamida sholi ekinlar yetishtirilgan.
Xitoyda shaharlarning rivojlanishi hunarmandchilik ishlab – chiqarish kengayishi bilan bog’liqdir. Metallni qazib olishda qayta ishlash alohida o’rin egalagan. XI asr mamlakarda mis qazib olish IX asrga qaraganda 30 barobar oshgan temir ruda qazib olish 12 barobar oshgan. 1078 – yil butun Xitoyda temir ruda qazib olish 75 mingdan 150 ming tonnagacha yetgan kumush va boshqa rangli metalar qazish ishlari ham kengaydi. Temirchilik ishi keng yoyildi. Hunarmandlar ishlab chiqargan (metallarning asosiylaridan) maxsulotlar metall buyumlar: qurol yarog’, pichoq, mex, uchoq idish edi. Yuqori sifatli mato ishlab chiqarish kengaydi. Janubiy provensiyalarda metallarning o’nga yaqin turi bor edi. Protexnikada o’zgarish yuzaga keldi. Kemasozlik va dengiz sayoxati oddiy komposni talab qilardi. Xitoy fanining eng katta yutig’i kitob bosishni ixtiro qilinishi bo’ldi. Xususiy va davlat tipografiyalarida kitoblar bosib chiqarilgan. Qog’oz tayorlar keng yoyildi.
907-yilda Tan sulolasi zavol topdi. Mamlakat mayda davlatchalarga bo’linib ketib, ularning rahbari esa bir-biri bilan ,,osmon o’g’li’’ unvoni uchun raqobatga kirishdi. 906-yildan 960-yilgacha bo’lgan davr Xitoy tarixida ,,besh sulola va o’n qirollik davri” deb atalib, har bir sulola o’rtacha 13-16 yil davlatni boshqardi. Janubda dehqonlar urushi davomida mahalliy boshqaruv zaiflashib yirik yer egaligi tugatildi. Bu hududda asosan ijarachilardan iborat mayda yer egaligi yuzaga keldi. Yer egaligi ko’p hollarda yerga ishlov beruvchi dehqonlarga imtiyozlar bera boshladilar.
Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli changcheng" — "10 ming li uzunligdagi devor"), Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorchiligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi 4—3-asrlarda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi 2— 1-asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. B. Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qalʼasi (Gansu viloyatining gʻarbi) va Shanxayguan (Lyaodun koʻrfazi qirgʻogʻi) qalʼaqoʻrgʻoni oraligʻida choʻzilgan; koʻtarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (toʻliq saqlanmagan).
Buyuk xitoy devori (xitoycha "Vanli changcheng" — "10 ming li uzunligdagi devor"), Saddi Chiniy — Shim. Xitoydagi qalʼa devori. Qad. Xitoy meʼmorchiligining ulkan yodgorligi. Qalʼa devori sifatida dastlabki qismi miloddan avvalgi 4—3-asrlarda (tosh va gʻishtdan ishlanib, ichini tuproq bilan toʻldirib, shibbalab) qurilgan. Miloddan avvalgi 2— 1-asrlarda Gʻarbga tomon 500 km ga uzaytirilgan. Keyinchalik uni qurish va mustahkamlash ishlari (eng muhimi 14—15-asrlar) davom etgan. 1953-yilda Szyuyyunguan qalʼasi (Pekin) yaqinidagi qismi taʼmirlangan. B. Buyuk Xitoy devori Szyuyyunguan qalʼasi (Gansu viloyatining gʻarbi) va Shanxayguan (Lyaodun koʻrfazi qirgʻogʻi) qalʼaqoʻrgʻoni oraligʻida choʻzilgan; koʻtarilish joylari va tarmoqlari bilan uz. 5000 km ga yaqin (toʻliq saqlanmagan).