Qoplanish davri formulasi quyidagicha ifodalanadi:
Bu yerda: K- innovatsiyalarga kiritilgan birlamchi kapital qo’yilmalar;
D – yillik pul daromadlari.
YAngi texnikani joriy etishning iqtisodiy samarasini hisoblash uslubiyotini misollarda ko’rib chiqamiz.
misol. Payvandlash bo’yicha yangi uskuna joriy etilmoqda. Vaqt omilini hisobga olgan holda mazkur uskunadan foydalanishning iqtisodiy samarasini aniqlang.
Ko’rsatkichlar
|
Hisob davri yillari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
|
Natijalar-R
|
14260
|
15812
|
16662
|
18750
|
26250
|
28750
|
|
Xarajatlar - Z
|
996
|
4233
|
10213
|
18140
|
18396
|
20148
|
|
10% daromad stavka-sidagi diskontlash
koeffitsiyenti
|
0,9091
|
0,8264
|
0,7513
|
0,683
|
0,6209
|
0,5645
|
|
Echim: hisob davri yillari, ya’ni uskuna joriy etishning 6 yili mobaynidagi diskontlangan natijalar va diskontlangan xarajatlarni topamiz.
1. N = (14260 * 0,9091) + (15812 * 0,8264) + (16662 * 0,7513) + (18750 * 0,6830) + (26250 * 0,6209) + (28750 * 0,5645) q 12963,8 + 13067,0 + 12518,22 + 12806,3 + 16298,6 + 16229,4 = 83883,3 pul birligi.
2. X = (996 * 0,9091) + (4233 * 0,8264) + (10213 * 0,7513) + (18140 * 0,6830) + 18396 * 0,6209) + (20148 * 0,5645) = 905,5 + 3498,2 + 7673 + 12389,6 + 11422 + 11373,5 = 47261,8 pul birligi.
3. S q N X‚.
YA’ni, payvandlash uskunasidan foydalanishning iqtisodiy samarasi (83883,3 - 47261,8) = 36621,5 ga teng bo’ladi.
misol. Joriy etish uchun uchta kashfiyot taklif etilgan. Ulardan qaysi birining rentabelligi katta ekanligini aniqlash lozim.
№
|
Investitsiyalar (K), mln. so’m.
|
Rejalashtirilgan daromad, mln. so’m.
|
1
|
446,5
|
640,2
|
2
|
750,6
|
977,5
|
3
|
1250,0
|
1475,5
|
Echim: Daromdlilik indeksini topamiz.
Birinchi kashfiyot bo’yicha:
Ikkinchi kashfiyot bo’yicha:
Uchinchi kashfiyot bo’yicha:
SHunday qilib, innovatsiyalardan foydalanishning samarasi hisobga olinadigan natija va xarajatlarga bog’liq bo’ladi. U natijalar va xarajatlar nisbati orqali belgilanadi.
Innovatsiyaviy faoliyat natijalari muayyan buyumlashgan shaklga ega bo’lishi yoki buyumlashmagan shaklda (misol uchun, nou- xau) bo’lishi mumkin.
YAngilik (innovatsiya) yaratuvchilari ularga mualliflik yoki unga bog’liq huquqlarni oladi. Oqibatda, intellektual mulk kabi yuridik tushuncha paydo bo’ladi. Ushbu tushuncha, 1967 yilda Intellektual mulk butunjahon tashkilotiga asos solgan Konventsiyada ko’zda tutilgan.
O’zbekistonda intellektual mulkning qonuniy himoya qilinishi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan. SHuningdek, intellektual mulk ob’ektlari huquqlarini saqlash sohasida qator qonunlar ham mavjud.
Intellektual mulk ob’ektlari korxona va tashkilotlar tomonidan qo’llanilishi, ularga daromad olib kelishi mumkin. Ular nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritiladi.
Kashfiyotlarni himoyalovchi hujjatlar sifatida patentlar, mualliflik guvohnomalarini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |