XI-MAVZU. QISHLOQ XO’JALIGIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI REJA:
10.1. Qishloq xo’jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi 10.2. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalar faoliyat samaradorligini baholash 10.3. Qishloq xo’jaligida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari
Qishloq xo’jaligida innovatsion faoliyatga kiritilgan investitsiyalar samaradorligi
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bo’lmoqda.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo to’g’ridan- to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ulardan samarali foydalanish ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizning barqaror va jadal rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining 2010 yilga investitsion dasturi haqida”gi PQ-1213 sonli Qarori imzolandi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan dastur asosidagi kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati yuqori bo’lmoqda (10.1.1-jadval).
2016 yilda texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlarning 45,9 foizi (1180,0 mlrd.so’m) takilotning o’z mablag’lari hisobidan, 12,2 foizi (314,9 mlrd.so’m) xorijiy kapital, 6,1 foizi (157,3 mlrd.so’m) tijorat banklari kreditlari, 35,7 foizi (919,1 mlrd.so’m) boshqa mablag’lar hisobidan moliyalashtirilgan.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2014 yilgi investitsion dasturda belgilandan kapital qo’yilmalarning umumiy xajmi 18220,3 milliard so’mni tashkil qilib, uning 20,9 foizi markazlashtirilgan investitsiyalarga to’g’ri keladi. 3819,8 milliard so’mlik markazlashtirilgan investitsiyalarning 825 milliard so’mlik qismi davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo’yicha 2011 yilda ham izchil davom ettirish maqsadida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondidan melioratsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va quvurlarni tozalash tadbirlarini amalga oshirish hamda tegishli uskunalarni sotib olish uchun 92,9 milliard so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan.
10.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |