Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

Savol va topshiriqlar
1. „Umumiy ta’lim“ tushunchasiga nimalar kiradi?
2. Òa’lim mazmunini qayta ko‘rib chiqish zarurligining sababi ni-
malardan iborat?
3. Maktabning o‘quv rejasi nima?
4. O‘quv dasturi nima va uning xalq ta’limini qayta qurish davridagi
xususiyati nimalardan iborat? Boshlang‘ich ta’limning istalgan
predmetiga doir o‘quv dasturini tahlil qiling.
5. Darsliklarga asosan qanday pedagogik talablar qo‘yiladi?
Boshlang‘ich ta’lim darsliklaridan birini tahlil qiling.
6. Òa’lim mazmunini yanada takomillashtirish sohasidagi tadqiqot
ishining ayrim yo‘nalishlarini aytib bering.


191
XIV BOB.
 O‘QUV JARAYONINI
TASHKIL ETISHNING SHAKLLARI
O‘QUV ISHINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
HAQIDA TUSHUNCHA
Òa’lim ijtimoiy hodisa bo‘lib, uning tarixi juda uzoqdir. Òa’lim
kishilik jamiyati rivojining dastlabki davrlaridayoq katta rol o‘ynagan.
U to‘plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish
jarayonini ta’minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga
emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan.
Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta’limning mukammal jamoa shakli,
ya’ni dars ming yillar mobaynida vujudga kelgan. Y. A. Komenskiy
„Buyuk didaktika“ asarida tarbiyaning oldingi barcha tajribalarini
umumlashtirdi, sinfning dars tizimida ta’limning asosiy didaktik
prinsiðlarini izchil ifodaladi. O‘sha zamondan buyon 350 yil o‘tdi.
Shuncha vaqt mobaynida darsning tashkiliy shakllari ham,
ta’limning metodlari ham uzluksiz takomillashib bordi.
Xalq maktablari tashkil topganidan boshlab, o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi hamda o‘zaro munosabati
muammolari ham vujudga kelgandir. Ma’lumki, o‘qituvchining
bilimi uning darsdagi va uydagi faoliyatining xarakteriga bevosita
bog‘liqdir, faoliyatsiz bilimlar ham bo‘lmaydi. O‘qituvchi ajoyib
yo‘sinda dars o‘tishi, lekin bu darsning natijasi muayyan o‘quvchi
uchun hech narsaga arzimasligi mumkin.
Shularga ko‘ra, o‘qituvchi o‘zini ana shunday o‘quvchining
o‘rniga qo‘ya bilishi, uning darsdagi faoliyatini va unga maktabda
butun o‘qish davridagi munosabatini tasavvur qilishi g‘oyat
muhimdir. Zotan tarbiya va ta’lim asta-sekin amalga oshadi hamda
o‘quvchiga barcha darslar majmuyi qanday ta’sir etishiga, o‘quvchi
o‘qituvchi rahbarligida ongli va faol bajaradigan ishlarning hajmi
hamda muntazamligiga bog‘liqdir.
O‘qituvchining vazifasi — darsda tafakkur va faoliyatning ana
shu turlarini eng to‘g‘ri uyg‘unlashtirishdir. Binobarin, bunday
uyg‘unlik dars samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
O‘qituvchi dars muammolariga to‘g‘ri yondashishi uchun ta’lim
jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o‘zaro bog‘-
liqligi va bir-biriga ta’sirini tushunishi lozim. Obyektiv mavjud-
likning mohiyatini bilishi ta’limning maqsadlaridan biridir.


192
Òa’limda bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga quyidagi kompo-
nentlar kiradi:
1. Hodisalarni, narsalarni kuzatish, axborotlarni idrok etish.
2. Olingan axborotlarni tahlil qilish (bilimlarning xarakterli
belgilarini aniqlash, taqqoslash, ko‘chirish, birinchi jarayonda
olingan axborotlarni o‘zgartirish va unda olingan axborotlar
doirasidan chiqish).
3. Eslab qolish.
4. Ishlar, umumlashtirishlarning to‘g‘riligini tekshirish hamda
baholash.
Umuman aytganda, ta’limni boshqarish o‘qituvchi o‘qish
jarayonining asosiy strukturasi, elementlari, xususan, o‘quv ma-
terialining mazmuni, ta’lim metodlari, faoliyat usullari, shakllari
va vositalari to‘g‘ri amalga oshuvi hamda o‘zaro ta’sirini ta’min-
lashdan iboratdir.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish