Mavzu: To`garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.Nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi va ko‘payishi. Parazit nematodalarning xilma-xilligi va patogen ahamiyati
Mavzu: To`garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.Nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi va ko‘payishi. Parazit nematodalarning xilma-xilligi va patogen ahamiyati
Reja:
1.To‘garak chuvalchanglar tipiga umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi.
2. Nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi va ko`payishi.
3. Parazit nematodalarning xilma-xilligi va patogen ahamiyati.
To`garak chuvalchanglar xilma-xil muhitda hayot kechiradigan 12 000 ortiq turni o`z ichiga oladi.
Ular orasida tuproqda yoki suv havzalarida erkin yashayotgan hamda odam, hayvon va o`simlik tanasida parazitlik qiladigan turlari bor.
Tanasi ipsimon yoki duksimon, bo`g`imlarga bo`linmagan. Tana bo`shlig`I birlamchi bo`lib, tana suyuqligi bilan to`lgan.
To‘garak chuvalchanglar uchun xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
tanasi ipsimon yoki duksimon, bo‘g‘imlarga bo‘linmagan;
- tana bo‘shlig‘i birlamchi bo‘lib, tana suyuqligi bilan to‘lgan;
- ko‘pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan;
- qon aylanish va nafas olish sistemalari bo‘lmaydi;
- ayirish sistemasi bo‘lmaydi yoki shaklan о'zgargan bo‘yin teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan;
Nematodalar sinfi vakillarining tuzilishi va ko`payishi.
Nematodalarning tana tuzilishi:
Nematodalarning tana tuzilishi:
Tanasi duksimon, ya`ni oldingi va keyingi uchi ingich-kalashgan, ko`ndalang kesimi to`garak shaklda. Tanasining oldingi uchida og`iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda esa anal teshigi joylashgan.Anal teshigidan keyingi qismi dumni hosil qiladi. Nematodalar tanasi sirtdan ko`p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula uning tanasini mexanik ta`sirdan va zaharli moddalardan saqlaydi.
Ular odatda ayrim jinsli bo`lib, jinsiy deformizm yaxshi rivojlangan.Jinsiy sistemasi tana bo`shlig`ida joylashgan uzun naychadan iborat. Urg`ochisiniki juft tuxumdon, erkaginiki toq urug`don bo`ladi. Tuxumdonda hosil bo`lgan tuxumlar tuxum yo`lida urug`lanadi va bachadonga o`tadi. Ular qo`shilib jinsiy qinni hosil qiladi. Jinsiy qin jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi.
Parazit nematodalar xillma-xilligi va patogen ahamiyati.
Nematodalar orasida 3000 dan ortiq turlari odam, hayvon va o`simliklarda parazitlik qiladi.Ko`pchilik parazitlari erkin yashovchilarga nisbatan yirik, ba`zan 1m gacha, hatto 8m gacha yetadi.
Yer yuzida keng tarqalgan; tuproq, dengiz va chuchuk suvlarda hayvon va o`simlik to`qimalarida uchraydi.
Odam va hayvonlarga askariodalar,rishta trixina va boshqalar. O`simliklarga bo`rtma nematoda,kartoshka
sholi, bug`doy nematodalari va boshqalar ziyon keltiradi.
Parazit nematodalar.
Ayrim yirtqich zooparazitlar sitomasida kutikula o`simtasidan iborat tishlar bo`ladi.
O`simlik parazitlari stomasi esa sanchib so`ruvchi organ – stiletni hosil qiladi
Stilet orqali o`simlik to`qimlariga hazm bezlari fermentlari chiqariladi.
Bankroft ipchasi( Wuchereria bancroft)
Subtropik va tropik mintaqalarda tarqalgan. Odamlarda elifantiaz – (fil kasalligi) paydo qiladi. Voyaga yetgan parazit limfatik bezlar va tomirlarda yashaydi.Limfa yo`li bekilib qolishi tufayli limfa to`xtab qolib, zararlangan joy juda yo`g`onlashib ketadi.Ur-g`ochi nematoda limfa tomirlariga juda ko`p tirik lichinkalar tug`adi.
Trixina( Trishinella spiralis)
Hayotining bir qismini ichak-da qolgan qismini muskullar-da o`tkazadi. U yirtqichlar, juft tuyoqlilar, hasharotxo`r-lar, kemiruvchilarni zararlay-di. Voyaga yetgani ingichka ichakda yashaydi. Urg`ochisi ichak bo`shlig`iga tirik lichin-kalar tug`adi. Lichinkalar lim-fa, so`ngra qon tomirlari orqali tananing har xil joyla-riga borib qoladi. Odam va hayvonlar trixina kapsulasi bo`lgan go`shtni yeb zararlanadi.