Xborot tizimlari va texnologiyalari» kafedrasi «Dasturlash tili va texnologiyalari(C#, Python)»



Download 1,53 Mb.
bet3/9
Sana26.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#472037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rahmonov N kurs ishi

Konsol ilovalar


Visual Studio.NET muhiti Windows platformasida ishlaydi, hamda Windows va Web – ilovalar yaratishga mо‘ljallangan, lekin ishlab chiquvchilar konsol ilovalar yaratishni ham nazarda tutishgan. Konsol ilovani ishga tushirganda operatsion tizim konsol oynani yaratadi, uning yordamida hamma kiritish-chiqarish olib boriladi. Tashqaridan qaraganda u operatsion tizimning komanda satri rejimi ishini esga soladi, qachonki kiritish-chiqarish simvollar oqimini namoyish etadi. Konsol ilovalar tilni о‘rganishga eng yaxshi uslub, chunki unda grafik interfeysni hosil qilish uchun kо‘plab standart obyektlar ishlatilmaydi. Kursning birinchi qismida faqat konsol ilovalar yaratishdan maqsad, C# tilining asosiy xossalarida fikrni jamlash uchun. Qolgan qismlarida muhitdagi eng sodda amallarni kо‘ramiz: C# da konsol ilovani yaratish va ishga tushirish. Visual Studio.NET ishlashga zarur bо‘lgan tо‘liq ma’lumotni, xujjatlardan, adabiyotlardan olish mumkin.




Konsol dasturining qolipi


Dastur qolipi har bir satrini kо‘rib chiqamiz (0.1-varaqcha). Birdaniga mutloq unda yozilganlarni hammasini tushunishga harakat qilmang.Xozircha bizning maqsadimiz - qobiq prinsiplarini о‘rganish, dasturni butunligicha keyinroq о‘rganamiz.

using System;
namespace ConsoleApplicationl
{
///


/// Summary description for Classl.
///

class Classl
{
///
/// The main entry point for the application.
///

[STAThread]
static void Main(string[] args)
{
//
// TODO: Add code to start application here
//
}
}
}
1.1-varaqcha. Konsol dasturning qolipi

Kalit sо‘zlar - bu asosiy sо‘zlar bо‘lib, ular kompilyator uchun maxsus qiymatga ega. Ular qanday aniqlangan bо‘lsa, shu ma’noda foydalanish mumkin. Eslatmalar dasturchilar uchun mо‘ljallangan va hujjatlashtirilgan hujjatlarni taminlaydi.


Using System direktivasi System fazosi nomlaridan mos ravishda standart klasslar nomlarini foydalanishiga ruxsat beradi (fazoni nomini kо‘rsatmasdan turib).
Kalit sо‘z namespace loyiha (proyekt) uchun о‘zining xususiy nomlar fazosini yaratadi, odat bо‘yicha ConsoleApplicationl deb nomlangan. Bu shuning uchun qilinganki, dastur obyektlariga nomlar berishda о‘zga fazo nomlari bilan mos kelishligini о‘ylamasdan nomlash mumkinligiga imkon yaratilgan. Satrlar agarda ikkita qiyshiq chiziq bilan boshlangan bо‘lsa u holda eslatma berish yoki dastur matnlarini hujjatlash uchun mо‘ljallangan bо‘ladi.
C# - obyektga mо‘ljalangan tildir, shuning uchun unda yozilgan dasturlar о‘zaro klasslarning birgalikdagi harakati tо‘plamini namoyish qiladi. Bizning zagatovkamizda faqat bitta klass-unga odat bо‘yicha Class1 nomi berilgan. Klass bayoni class kalit sо‘zidan boshlanadi, undan sо‘ng uning nomi va katta qavs ichida klass elementlari rо‘yxati (uning usul deb nomlanadigan ma’lumotlari va funksiyalari). Bu holda klass ichida bitta element – Main usuli. Har bir ilova Main usulini о‘zida saqlashi shart, undan dastur bajarilishi boshlanadi. Hamma usullar bir xil qonuniyat bilan bayon qilinadi.
Usulning soddalashtirilgan sintaksisi:
[ spetsifikatorlar ] usul_nomi turi ( [ parametrlar ] )
{
Usul jismi: harakat, usul tomonidan bajariladi.
}

Shunday qilib, har qanday usul tur, nom va jismidan iborat, qolgan qismlari bayon qilinishi shart emas, shuning uchun ulardan foydalanmaymiz. Usulni tо‘laqonli ravishda «Usullar» bо‘limida kо‘rib chiqamiz.


Muhit Main usuli ichiga yordam tariqasida eslatmalarni joylashtirgan:
// TODO: Add code to start application here
Bu degani: «Ilovani ishga tushirganingizda, bu yeriga kod tering». Biz maslahatga amal qilamiz va eslamatma satridan keyingi satrda quyidagi satr teramiz:
Console.WriteLine{"Salom Norbek");
Bu yerda Console - bu System nomli fazoning standart nomli klassidir. Bu WriteLine usuli qо‘shtirnoqqa olingan matnni ekranga chiqaradi. Kо‘rib turibsizki, usulga murojaat qilish uchun klass_nomi.usul_nomi konstruksiyasi ishlatiladi.
Agar siz birinchi sо‘zda xatoga yо‘l qо‘ymasangiz, klaviatura yordamida kiritgan Console sо‘zidan sо‘ng nuqta qо‘ysangiz muhit rо‘yxatni tasvirlab beradi, unda Console klassiga tegishli elementlar rо‘yxatini beradi. Kerakli nom sichqon bilan tanlanadi yoki klaviaturaning boshqaruv kursorida, yoki nomning bir necha simvolini kiritish yordamida. Enter tugmasi bosilganda tanlangan ism dastur matnida paydo bо‘ladi. Dastur 1.2-varaqchada kо‘rsatilgan kо‘rinishni olashi shart (dastur tuzilmasida siz fikringizni jamlashingiz uchun, undan hamma eslatmalar va ortiqcha narsalar olib tashlangan). Bu varaqchada murakkab xech narsa yо‘q. Quyidagiga e’tiboringizni qarating, о‘zgartirish kiritilgandan sо‘ng fayl ismi oldidagi yorliqda * simvoli paydo bо‘lsa - bu matnda yoki saqlangan diskda taqdim etilgan matn mos kelmayotir. Faylni saqlash uchun asosiy menyuning File • Save komandasigi asboblar panelidan Save knopkasidan foydalaning (matn kursori bu vaqtda tahrirlash oynasida joylashgan bо‘lishi shart). Aytgandek, dasturni ishga tushirganda dastlabki matn provardida mustaqil saqlanadi.

1.2-varaqcha. C# tilida birinchi dastur


using System;


namespace ConsoleApplicationl
{
class Classl
{
static void Main()
{
Console.WriteLine("Salom Norbek");
}
}
}

1.3-rasm. Konsol oynasining ko’rinishi



Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish