Xayvonlar populatsiyasining etologik xatti xarakatlar tuzilmasi va populatsiya gomeostazi



Download 1,04 Mb.
bet2/4
Sana21.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#834513
1   2   3   4
Bog'liq
Daliboyev Otabekning Bitiruv malakaviy ishi 208

II. Nazariy qism
2.1 Populatsiya tushinchasi va xususyatlari populatsiyalarning yosh va jins tuzilmasi.

Populatsiya (lotincha "popilus"-so'zidan olingan bo'lib xalq,axoli) degan manolarni bildiradi.1930- yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i xisoblangan populatsion ekologiya vujudga keldi.Uning asoschisi ingliz olimi CH.Elton xisoblanadi.Populatsiya atamasini 1903-yilda V.Yogannsen tomonidan fanga kiritildi. Populatsiya atamasi 18-asrning oxirlaridan boshlab to 40-50-yillarga qadar biologiya fanida xar qanday individlar yig'indisi sifatida qo'llanilib kelindi.Ekologik nuqtai nazardan esa populatsiya deb,uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o'sadigan ) va bir turga mansub bo'lgan individlar yig'indisiga aytiladi. Ular malum joyda uchraydi va ko'p hayotiy belgilarga ega bo'ladi va shu belgilar butun guruxning doimiy funksiyalarini aka ettiradi.Populatsiya azolarining xayotiy belgilariga: tur vakillarining soni,zichligi,tug'ilishi,o'lishi,yoshi bo'yicha taqsimlanishi,tarqalishi va o'sishi kiradi.Populatsiya genetik xususyatlarga xam ega bo'lib,bu xolat organizmlarning ekologik moslanishlariga,qayta ko'payishiga olib keladi.Populatsiya biologik va guruhlik xususyatlarga ega bo'ladi.Biologik xususyatlariga:populatsiya azolarining xayot sikli,uning o'sish qobilyati,farqlanishi va o'zining son sifati ushlab turish va biologik tug'ilish xususyatlari kirib,ular populatsiyaning xosil qiluvchi organizmlarga taaluqlidir. Populatsiyaning guruhlik xususyatlarga: uni tashkil qiluvchi organizmlarning tug'ilishi,o'lishi,yoshiga qarab tuzilishi va genetik moslanishi kiradi.Populatsiya ichida tur vakillari o'ladi va tug'iladi,katta yoki kichik yoshga ega bo'ladi,lekin bu xolatlarni tur vakillari xosil qilgan guruhga nisbatan aytib bo'lmaydi.chunki populatsiya ichida bir vakil tug'ilshi yoki o'lishi mumkin lekin bir vaqtda guruh vakillari birdan tug'ilib yoki birdan o'lmaydi.Populatsiya belgilarini ikkiga bo'lish mumkin: 1)populatsiyaning belgilari ularning tuzilishi va sonlari nisbati bilan bog'liq.


2)populatsiyaning belgilari umumiy genetik xususyatlari bilan xarakterlanadi.
Populatsiya-bu tur vakillarini guruhlik uyushmalari,birlashmalari bo'lib ular o'ziga xos spetsifik xususyatlarga egaki,bunday xislatlar ayrim vakillarga taaluqli emasdir.
Populatsiyaning guruhlik xossalari tubandagilardan iboratdir: Yani 1.Tur vakillarining malum terratoriyadagi umumiy soni:
2.Malum maydonda tur vakillarining o'rtacha soni populatsiya zichligi yoki ma'lum xajmda va makonda populatsiya azolarining massasi.
3.Tug'ilish-malum vaqt ichida tur vakillaridan xosil bo'lgan yangi vakillar soni.
4.O'lish- malum vaqtda populatsiya ichida o'lgan a'zolar soni.
5.Populatsiyaning o'sishi tug'ilish va o'lish o'rtasidagi farq bo'lib,bu farq salbiy yoki ijobiy bo'lishi mumkin.
6.O'sish tezligi -malum vaqt ichida populatsiya azolari soninig o'rtacha o'sish tezligi.
Xar qanday tur Populatsiyalar tizimidan tarkib topadi.Uning tuzilmasini esa individlarning xarakatlanishi yoki ma'lum xududga bog'liqlik darajasi, tabiiy to'siqlarni yengib o'ta o'lishi kabi biologik xususyatlarni belgilab beradi.U doimiy emas, organizmlarning o'sishi, tug'ilishi, o'lishi va boshqa ko'pgina sabablarga ko'ra,Yani tashqi muhitning o'zgarishi, dushmanlar sonining o'zgarishi kabi qator omillarga bo'g'liq zolda Populatsiyalar ichida o'zgarish vujudga keladi.
Populatsiyaning jins tuzilmasi.Populatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg'ochi individlarning son jixatdan nisbatidir.Populatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan jinsiy xromasomalarning qo'shiliahi bilan, yani genetik qonunyatlarga bo'g'liq bo'lsa,ikinchidan malum darajada tashqi muxitga xam ta'sir etishi mumkin.Populatsiyaning evolutsiyasi uchun urg'ochi organizmlarning soni muxim axamyatga ega.Masalan, odamlar populatsiyasining potensial o'sishi o'smir va qariyalarga nisbatan 15 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan ayollar xisobiga to'g'ri keladi.Populatsiyadagi individlarning nobud bo'lishi, jinslar nisbati amaliy axamyatiga ega.Bu xol ko'proq sut emizuvchi xayvonlar uchun tegishlidir.
Populatsiyaning yosh tuzilmasi.Populatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi,nobud bo'lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muxim jarayonlarni ifodalaydi.U aniq sharoitga qarab xar bir populatsiya uchun turning genetik xususyatiga bog'liq bo'ladi.Yosh tuzilmasi xar-xil usullarda ifodalanadi.
O'simliklar populatsiyasining yosh tuzilmasi.Fitosenozdagi muayyan turlarning,xar-xil xolatlardagi individlarning yig'indisi senopopulatsiya tuproqda ( yoki uning yuzasida ) o'z xayotchanligini yo'qotmagan urug'lar, nixollar va xar-xil yoshdagi individlar kiradi. senopopulatsiyaning tarkibiga ba'zan o't o'simliklarning ikkilamchi tinim xolatdagi yer ostki organlari -ildizpoya, piyozbosh, tuganak kabilar xam kiradi. SHunday qilib, jamoaning turlar tarkibi - senopopulatsiyalar yig'indisidir.Turlarning o'zi esa Populatsiyalar tizimidan iboratdir.Jamoada xar bir turning senopopulatsiyasi maydon birligiga to'g'ri keladigan soni va yoshlarning nisbatlari bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o'simliklar jamoasidagi o'simliklarning xayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi:
A) Latent davri.Bunda o'simlik spora,urug' yoki mevalar xolida tinim davrida uchraydi. Tinim davri xar-hil o'simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug'i xayotchanligini 3-4 Kundan to 3 xaftagacha saqlay oladi, ba'zi bir begona o't o'simliklar
esa urug'ining xayotchanligini bir necha o'n yillab saqlay oladi.Tuproqda turli o'simliklarning ko'p sondagi urug'larini topish mumkin.Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususyatiga egadir.SHu bilan birga xar yili yangi urug'lar tuproqqa tushib turadi.
B) Virgil davri.Bu davr o'z navbatida nixol,yosh o'simlik va voyaga yetgan xolatlarda ko'rinib, nixollar yosh o'simliklardan urug', palla barglarining bo'lishi bilan farqlanadi.
D) Generativ davr.O'simlik xayotida sporalar yoki urug'lar bilan ko'payishining boshlanishi bilan tavsiflanadi.
E ) Senil (qarilik ) davri. O'simliklarning yoshi ulg'ayishi bilan Generativ ko'payish xususyatini yo'qotadi, ana shunda senil davri boshlanadi.
Normal turdagi o'simliklar populatsiyasi jamoada taraqqiyot davrining barcha bosqichlarini to'liq o'tkazuvchi o'simliklardir.Ular spora yoki urug'lardan tortib to voyaga yetgan o'simliklar ko'rinishida uchraydi.Senotik nuqtai nazardan ular o'simliklar jamoasining asosiy populatsiyasi xisoblanadi.
Yosh strukturasi mohiyati
Tabiatda individlarning yoshi oshishi bilan ularning turli omillarga chidamliligi, talabi qonuniy ravishda ozgarib boradi. Ontogenezning har xil bosqichlarida yashash muhiti ozgarishi, oziqlanish tipining ozgarishi, harakat qilish xarakteri, organizmlarning umumiy faoliyati ozgarib boradi. Individlar turlar bir-biridan farq qilgani kabi yoshiga qarab ham bir biridan keskin farqlanadi. M: qurbaqaning ozi (voyaga yetgani) quruqlikda yashasa, lichinkasi suvda, kapalaklar nektar yigsa, ularning lichinkalari barglarni kemiradi va h.k. Kopdan-kop hollarda individlarning yoshiga nisbatan farqi ular organizmining har xil bosqichlarda oziga xos hayot tarzini namoyon qiladi. M:toliq ozgarish bilan rivojlanuvchi hashoratlarning kopgina turlari imogalik davrida mutlaqo oziqlanmaydi. Ozirqlanish va osish lichinkalik bosqichida namoyon boladi. Voyaga yetgan individlar faqat tarqalish va kopayish funksiyasini bajaradi.
Populyatsiyalarning yosh strukturasi doimo moslashish xususiyatiga ega. Ular torning biologik xususiyati asosida shakllanadi va hamisha atrof-muhit omillari tа’sirini o‘zida namoyon qiladi. yosh tuzilmasi o'simlik va xayvonlarda xam bir nechta omillarga bo'g'liq.
Birinchi navbatida balog'atga, voyaga yetish vaqti, umir ko'rish muddati, ko'payish davri muddati, avlodlarning davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug'iladigan individlarning bunyodga kelish muddati, xar-hil jins va yoshdagi individlarning nobud bo'lish xarakteri, populatsiyaning son jixatdan o'zgarib turish dinamikasi kabilarga bo'g'liq.Ikkinchidan,yuqoridagi omillarning tur ichidagi xar-xil Populatsiyalarda turlicha ko'rinishda namoyon bo'lishidir.Bunda populatsiyaning yosh tuzilmasi beqarorligi bilan tavsiflanadi. O'simlik va xayvonlarda populatsiyaning yosh tuzilmasiga juda ko'p misollar keltirish mumkin. Ammo biz populatsiyaning yosh tuzilmasini yaxshiroq tasavvur qilish uchun odamlardagi yosh davrlariga oid ma'lumotlar bilan cheklanamiz.
1. Yangi tug'ilgan bola 1 — 10 kungacha
2. Emizikli davrdagi bola10 kundan 2 yilgacha
3. G o'daklik 1 — 3 yosh
4. Ilk bolalik 4 — 7 yosh
5. Bolalik 8 — 12 yosh (o'g'il bolalar) 8 — 11 yosh (qiz bolalar)
6. O'spirinlik 13 — 16 yosh (o'g'il bolalar) 1 2 - 1 5 yosh (qiz bolalar)
7. Yoshlik 17 — 21 yosh (o'spirinlar) 16 — 20 yosh (qizlar)
8. Voyaga yetishning birinchi davri 22 — 35 yosh (erkaklar) 21 — 35 yosh (ayollar)
9. Voyaga yetishning ikkinchi davri 36 — 60 yosh (erkaklar) 36 — 55 yosh (ayollar)
10. Yosh qaytgan (keksaygan)davr 6 1 - 7 4 yosh (erkaklar) 56 - 7 4 yosh (ayollar)
11. Qarilik 75 - 90 yosh (erkaklar, ayollar)
12. Uzoq umr ko'rish (uzoq yashash)­90 yoshdan yuqorisi
Yosh spektri
Populyatsiyalarda individlarning yoshiga nisbatan taqsimlanishi uning yosh spektri deb ataladi. U har xil yoshdagi individlar miqdori, sonida oz aksini topadi.Har xil populyatsiyalar har bir yosh guruhlari individlari sonini aniqlash uchun turli xil hisob birliklaridan foydalaniladi. Hisob birligi bolib alohida individlar ham bolishi mumkin, agar u butun ontogenez davomida territoriyada ozgarmas bolsa. Populyatsiyalarda agar yosh spektrida uni kuzatish vaqtida faqat urug va yosh individlar uchrasa bu «invazion spektr » deb ataladi.Agar populyatsiyasida hamma yoshga tа’alluqli guruhlar uchrasa «normal spektr» deb ataladi. Normal spektrda barcha yoshga tа’alluqli guruhlar individlari uchrasa – bu to‘liq а’zoli deb ataladi. Agar bunda qaysidir yoshga tа’alluqli biror guruh uchramasa bu ham normal spektr, lekin to‘liq а’zoli bo‘lmagan tip deb yuritiladi.Regressiv yosh spektrda esa faqat katta yoshdagi individlar uchraydi. Bunday populyatsiyalar o‘zini tutib turish xususiyatiga ega emas. Invazion populyatsiya-normalga–normal esa regressiv populyatsiyaga aylanadi. Populyatsiyalar yosh strukturasini torning biologik xususiyatlari belgilaydi. Bu meva hosil qilish davri, vegetativ va urug hosil bolish muddati, bir yosh davridan ikkinchisiga otish muddati va h.k.lar, bir osimlik turining ozida farq qiladi.
Bu biologik xususiyatlarning paydo bo‘lishi hamisha tashqi muhit tа’siriga bog‘liq bo‘ladi.
O‘simliklarda bir senopolulyatsiya individlari bir yosh holatidan boshqasiga o‘tish muddatlari turlicha bo‘lishi yoki bir-biridan farq qiladi, har xil tezlikda boradi.
M: ko‘pgina o‘tloq, yaylov, ormon, cholda osuvchi turlar qulay yuqori agortexnika sharoitida, pitomniklarda ostirilganda oz ontogenezini bir necha marotabaga qisqartiradi.
Osimliklarning bu xususiyatini bilish, kelgusida ularning madaniy navlaridan vegetatsiya davrini qisqartirish hisobiga, mol hosil yetishtirish imkoniyatlarini beradi.
Bа’zi o‘simliklarda ko‘plab ontogenez yo‘li mavjud bo‘lib, birgina katta qoqi o‘tda esa 100 ga yaqin. Ontogenez muddatini o‘zgartirish imkoniyati to‘rning ekologik chidamlilik layoqatiga bog‘liq bo‘lib uning o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga moslashuvidir.
Bа’zi o‘simliklar esa normal senopopulyatsiyalarda arealini (keng diapazon sharoitida) hamma joylarida yosh spektrini o‘zgartirmaydi. Bunga misol qilib, yasen, tipchak va boshqalarni keltirish mumkin. Bunday yosh spektri to‘rning biologik xususiyatidan kelib chiqib, bazaviy spektr deyiladi.Hayvonlar populyatsiyalarida yosh strukturasi
Hayvonlarda to‘rning ko‘payishi imkoniyatlariga bog‘liq holda populyatsiya а’zolari bir generatsiyaga yoki har xil generatsiyaga tа’alluqli bo‘ladi. Birinchi holda individlar yoshiga nisbatan hammasi bir-biriga yaqin boladi va hayotiy sikl bosqichlarini birgalikda birin-ketin otaydi. Bunga misol qilib, chigirtkalarning yakka yashovchi kopgina turlarini kopayishini keltirish mumkin. Bahorda kozachalarda qoyilgan tuxumlardan dastlabki bir yoshdagi lichinkalar chiqadi. Lekin mikroiqlim tufayli kozachalarning bа’zisidan tez, bа’zisidan esa keyinroq lichinka chiqadi. Kuzgacha esa bularning hammasi balog‘atga yetadi va tuxum qishda nobud bo‘ladi.Bunday turlar hayotida bir marotaba ko‘payadi va bir yillik hayotiy siklga ega, ko‘payish muddati, alohida yosh stadiyalari yilning aniq bir mavsumiga togri keladi.Tabiatda bir vaqtning ozida turning turli yoshga mansub generatsiyalari uchraydi va ular ikki guruhga bolinadi:
1.Hayotida bir marotaba kopayuvchilar.
2.Kop marotaba kopayuvchilar.
M: may qongizi urgochilari bahorda tuxum qoygach nobud boladi. Lichinkasi tuproqda rivojlanadi va hayotining tortinchi yilida g’umbakka aylanadi. Bir vaqtning ozida may qongizi populyatsiyalarida tortala generatsiya vakillari ham uchraydi va har qaysi bir yildan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘tadi.Har yili bitta generatsiyasi o‘z siklini tamomlaydi. Bu generatsiyalar populyatsiyalari soni esa tashqi muhit tа’siri tufayli bir xil bo‘lmaydi.
Qisqa hayotiy siklli, bir marotaba ko‘payuvchi turlar yil davomida bir necha avlod beradi. Bularda ham bir vaqtning ozida har xil generatsiyalar mavjud boladi. M: shakar lavlagi zararkunandasining qishda turli stadiyasiga mansub generatsiyalari qishlaydi. Yoz davomida 4-5 generatsiya beradi. Bir vaqtning ozida faqat ikki avlodning aralash populyatsiyalari uchraydi va bir-biridan navbat bilan ustunlik qiladi.
Kop marotaba kopayuvchi turlar populyatsiyalari yosh strukturasi yana ham murakkab boladi. Bunda ham 2 ta holat kozga tashlanadi:
1.Voyaga yetganda umri juda qisqa bo‘ladi.
2.Voyaga yetganda uzoq yashaydi va ko‘p marotaba ko‘payadi.
Birinchi holda populyatsiyalarning aksariyat qismi har yili almashinadi, miqdori esa juda doimiy bo‘lmay bа’zi yillar tez o‘zgarib turadi. Populyatsiyalar yosh strukturasi ham kuchli farq qiladi.Yoz mavsumi davomida dala qum sichqoni populyatsiyasida yosh strukturasi nihoyatda murakkablashadi. Boshida nuqul otgan yili tugilgan individlar uchraydi, keyin birinchi, ikkinchi generativ vakillari uchraydi. Uchinchi, tortinchi avlod dunyoga kelishi bilan birinchi, ikkinchi generatsiya avlodlari voyaga yetadi. Kuzda esa populyatsiyalarning shu yili dunyoga kelgan turli generatsiya avlodlari tashkil qiladi, katta yoshdagilari nobud boladi.Ikkinchi holda esa populyatsiyalar strukturasi nisbatan turgun bolib, har avlodlar ozoq muddat yashaydi. M:hind fili 9-12 yoshida voyaga yetadi va 60-70 yilgacha yashaydi.Urgochisi esa 4 yil oraligida 1 yoki 2 marotaba bittadan bolalaydi.
Fil podasida 80% ni har xil yoshga mansub hayvonlar tashkil etadi, 20% ni esa bolalari tashkil etadi.Yuqori darajasida serpusht turlarda yosh spektri nisbati boshqacharoq bolishi mumkin, lekin populyatsiya strukturasi murakkabligicha qoladi.Bu turlar populyatsiyasi miqdori doimo sezilmas darajada ozgarib turadi.Populyatsiyalarning uzoq vaqt kopayuvchi qismi zahira qismi deb yuritiladi. Populyatsiya zahirasi uning individlari sonining kopayishi imkoniyatini belgilaydi.Yoshlari jinsiy balogatga yetgach populyatsiyalar zahirasi oshadi va tolgaziladi. Faqat bir xil generatsiya mavjud bolgan populyatsiyalar zahirasi doimo nolga teng boladi.Inson tomonidan hayvonlar tabiiy populyatsiyalaridan foydalanishida ular yosh strukturasi ahamiyatga ega. Har yili populyatsiyalarning juda katta to‘lg‘azish imkoniyatiga ega hayvonlarni ovlash uchun mа’lum qismidan foydalanish mumkin. Agar balog‘at yoshiga yetganlarni ko‘pini ovlab qo‘yilsa, populyatsiyalar to‘lg‘azilish, tabiiy ishlab chiqarish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. M: garbusha 2 yilda balog‘atga yetadi, 2 yoshli individlar 50-60% ining ovlanishi uning populyatsiyasi to‘lg‘azilishiga tа’sir qilmaydi.Yosh strukturasining tahlili populyatsiyalar miqdorini ularning kelgusi avlodlari, hayot kechirishini prognozlashda katta yordam beradi. Bu esa sanoat ahamiyatiga molik hayvonlarni populyatsiyalari dinamikasini aniqlash, ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.Populyasiya azolarining jins, yosh boyicha morfologik korinishi, fiziologik jarayon, xulqiy holatlar, genetik xususiyatlar va xududlar boyicha taqsimlanishi populyasiyaning tuzilishini aks ettiradi. Turning umumiy biologik xususiyatlari asosida va muhitning abiotik va biotik omillar hamda boshqa tasirlar asosida populyasiya tuzilishi kelib chiqadi. Shunday tuzilishgina muhitga moslanish qobiliyatiga ega boladi. Bir turning har xil populyasiya bir-biriga oxshash tuzilish xususiyatlariga ega va bunga ularni yashash sharoitlari sabab boladi. Tur vakillarining harakatdagi, malum joyga boglikligi va ogir tabiiy tosiqlarning bolishi bilan populyasiyaning tuzilishi belgilanadi. Masalan, Shimol bugulari doimo fasllar boyicha keng territoriyalarda ming kilometrlarga migratsiya qiladi. Shu migratsiya davrida turli geografik tosiqlarni daryo, kol, botqoq, tog tizmalarini otadi. Ularning populyasiyalari katta va soni kop boladi.
Tur vakillari azolarining bir joydan ikkinchi joyga kochib, almashtirib turishida juda kop mayda populyasiyalar hosil boladi. Masalan, hayvonlar populyasiyalari soni, joylanishi togri-togri muhitning har xilligiga botiq. Jumladan, qongir ayiq joyga moslashgan yerda mayda populyasiya hosil qiladi. Yoki osimliklardan beda, sebarga kabilar ham mayda, top-top populyasiyalar hosil qiladi. Lekin har bir kichik guruh bir-biridan malum holatlari (boyi, zichligi, ogirligi, semizligi kabi belgilari) bilan farqlanadi. Bunga bir-biriga ulangan dasht, cholda yonbagirlarida uchraydigan sugurlar guruhlarini misol qilib keltirish mumkin. Ularning populyasiyasi yaxlit, soni kop, biri bilan ikkinchi populyasiya ortasidagi chegarani taxminan aniqlash qiyin, chunki ularda aniq chegara yoq populyasiya azolari bir-biri bilan tez-tez uchrashib, aralashib turadi. Bunday holat qushlarning bir joydan ikkinchi joyga uchish davrida ham kuzatiladi.
Populyasiyalarning yoshga qarab tuzilishi. Populyasiyalarning yosh boyicha tuzilishi uning muhim belgisidir. Populyasiyadagi turli guhlarning bir-biriga nisbati, uning kopayishini aniqlaydi. Tez kopayayotgan populyasiyalarda ularning asosiy qismini yosh vakillar, soni kamayib borayotgan populyasiyalarda qari vakillar ancha qismini tashkil qiladi.
Har bir populyasiya uchun «normal» yoki yosh boyicha turgun taqsimlanish xosdir. Normal yoki turgun holatning buzilishiga haddan ziyod tugilish yoki olish sabab boladi.
Yangi maydonlarning ozlashtirilishi bilan odamlarning soni ham osib boradi, lekin inson populyasiyasining balogatdagi turgunligida yosh vakillar bir oz kam boladi. Katta yoshli azolarning kopligi jamiyatning iqtisodiy va ruhiy holatlariga tasir qiladi. Inson populyasiyasining yosh boyicha tuzilishi ikki mamlakat: Gretsiya (1965 yil) va Kosta-Rika (1963 yil) misolida korilgan.
Shvetsiya aholisi sekin (0,6 foiz) kopayganligi tufayli kopayish piramidasining asosi ingichka, u yerda katta yoshdagi (4060 yosh)daraja yuqori. Yoshga qarab kengayish 1523 yoshlilarning kopayishi hisobiga piramidaning ortasida kuzatiladi. Kosta-Rikada esa 25 yoshgacha vakillarning tez (4,1 foiz) kopayishi tufayli piramidaning asosi kengdir. Umuman olganda inson populyasiyasini potensiali boyicha yosh bolalar va qarilarga qaraganda uning ancha qismini ayollar (15 yoshdan 35 yoshgacha) tashkil qiladi. Inson populyasiyasida ham tugilish bilan olim teng bolsa, populyasiyaning gipotetik darajasi doimiy boladi. Shunday populyasiyada yangi tugilganlar 45 yoshgacha olmasdan yashasa, populyasiyaning 45 yoshli azolari 95% ni tashkil qilgan.
Prof. F. Bondenxeymer populyasiya ichida yoshning otishi boyicha 3 ta ekologik (tiklash) guruhni ajratadi, yani organizmlar: ota reproduktiv, orta reproduktiv va past reproduktiv holatni otish yoshlariga bolinadi. Organizmlarda umrning qisqa uzunligi katta chegarada ozgarib turadi. Insonda yuqorida keltirilgan 3 ta «yosh» taxminan bir-biriga teng bolib, ularning har biriga inson hayotining uchdan biri (1/3) togri keladi. Ibtidoiy kishining reproduktiv oldi yoshi juda qisqa bolgan. Kopchilik hayvonlar va osimliklar uchun ota reproduktiv (tiklash) davrining uzoqligi bilan xarakterlanadi.
Populyasiya ichida tugilgan vakillarning ayrimlari balogatga yetmasdan nobud boladi va ulardan nasl qolmaydi. Uzoq yashaydigan onalik vakillari kop nasl qoldiradi va ulardan tugilgan yosh avlod soni populyasiyada tugilganlarning ortacha sonidan kop boladi. Agar onalik organizmi ortacha bittadan ortiq onalik jinsi tugsa, populyasiyaning soni ortib boradi; mabodo onalik jinslari ozlarining ortacha sonini tamin qilmasa, populyasiyaning soni kamayib ketadi.
Populyasiya azolari qanchalik tez kopayishga kirishsa, nasl qoldirsa, populyasiyaning osishi shuncha tezlashadi. Masalan, bir hayvon 1 yoshlik vaqtida 0,5 bola tuqqan (ortacha kopayish 1,0 ga teng), 2 yoshda 1,5 bola, kutilayotgan kopayish tezligi 3,0 ga teng (0,5+1,0+1,5=3,0). Boshqacha qilib aytganda onalik jinsi ozining olish vaqtigacha ortacha 3,0 onalik jins-nasl qoldiradi.
Tirik organizmlar yoshining osishi bilan, ularning muhitga talabi oshib boradi va ayrim ekologik omillarga chidamlilik, moslanish, ularning ozgarishi bilan ozgarib turish xislatlari kelib chiqadi. Ontogenezning turli davrlarida yashash muhitining ozgarishi, oziqlanish tiplarining almashinishi, harakat aktivligi kabi holatlar ozgarishi mumkin.
Organizmning yosh boyicha farqlanishida uning turli funksiyalari rivojlanishining har xil davrlarida bajariladi. Populyasiyaning yosh boyicha farqlanishi azolarining turli xilligini keltirib chiqaradi va buning natijasida muhitning ozgarishiga qarshiligi va chidamliligi ortib boradi.
Osimliklar populyasiyasining yoshiga qarab tuzilishi. Osimliklarda yoshiga qarab senopopulyasiyaning taqsimlanishi malum fitotsenoz ichidagi guruhlar yoshiga nisbatan olinadi.(Osimlik yoshini mutlaq yoki kalendar yoshi bilan aniqlash qiyin, chunki osimlik bir kalendar yoshda har xil yosh holatida (bahorda: unish, kokarish, barg chiqarish, gullash; yoz faslida: urug tugish, pishish va h.k.) boladi.
Tur vakillarining yosh boyicha holati bu ontogenezning bosqichla- ri hisoblanadi va shu bosqichlarda organizm muhit bilan aloqada boladi. Bunda osimlik urugidagi urug kurtagi (namlik, harorat, yoruglik) tasirida osib yetilib, vegetativ holati tamom bolgunga qadar organizm muhit bilan aloqada boladi.
Populyasiyaning yosh vakillari osish, gullash, urug, meva va shakl hosil qilsa, orta yoshdagi vakillar (ayniqsa buta va daraxtlar) sadalar hosil qiladi. Qari, yoshi katta osimlik vakillarida reproduktiv funksiyalar pasayadi, shox hosil qilish, sadaning osishi kamayadi.
Osimliklarning senopopulyasiyasi yosh vakillar guruhlarini oz ichiga olsa, uni tola azoli, agar senopopulyasiyada qaysi bir yoshdagi guruh yoq bolsa, uni tola azosiz deb aytiladi.
Osimliklarning har xil katta-kichikligi bir yoshli guruh ichida turli hayotchanlikni aks ettiradi. Osimlikning vegetativ va generativ organlari yaxshi rivojlangan bolsa, u hayotchan rivojlanish uchun energiya toplagan, tashqi muhit omillariga chidamli boladi.
Senopopulyasiyada, odatda, orta yoshdagi vakillar kop va ularda hayotchanlik yuqori boladi. Sodda tuzilishga ega bolgan osimliklar hayotchanligida ontogenez ancha qisqa boladi. Bir senopopulyasiya vakillarining yoshi bir holatidan ikkinchisiga (masalan, unishdan osishga, osishdan boshoqlashga, kurtaklashdan barg va gul chiqarishga) har xil tezlikda otadi. Normal sharoitda «yoshning» ozgarishi yaxshi otadi, aksincha, tashqi sharoit ogir bolsa (harorat past, yoruglik va oziqa, namlik kam) bolsa, rivojlanish sekinlashadi, toxtab qoladi. Masalan, kopchilik otloqzor, ormon va dasht osimliklarini suniy sharoitga otkazib, yaxshi agrotexnika ishlovi berilsa, unday turlardan yovvoyi sulining ontogenezi 2025 yildan 4 yilgacha qisqaradi, suvotining 100 yillik ontogenezini 1015 yilga, jabritsaning 1018 yilga choziladigan ontogenezini 2 yilga qisqartiradi. Tugunak piyozli osimliklar (savrinjon, boychechak) ogir tabiiy sharoitda (yoruglik kam, namlik oz, mineral oziqlanish yetishmaydigan sharoitda) tezda senil holatga otadi.
Ontogenez osimliklarning har xil turlarida turlicha. Masalan, turli sharoitda oqsuxtada ontogenez 35 yol bilan, zupturumda 100 xil yol bilan amalga oshadi. Ontogenezning yolini almashtirish bilan, organizm ozgarib turgan sharoitga moslashib boradi va ekologik doirasi kengayadi.
Ekologik sharoit ozgarishi bilan senopopulyasiya azolarining vegetativ holati ham ozgaradi. Masalan, qurgoqchilik yillari osimliklar tez qariydi, namlik yillari esa osimliklar yosharib ketadi.
Tur vakillari qancha katta bolsa (daraxt), uning muhitga va atrofdagi turlarga tasiri shuncha kuchli boladi. Senopopulyasiya ichida balogatga yetgan yosh va orta yoshli vegetativ vakillar kop bolsa, shu populyasiya muhitdagi boshqa populyasiyalar ichida yaxshi orin egallab turadi.
Inson tasirida tabiatning ozgarishi tog oldi va tog yonbagirlarida kuchli darajada roy bergan. Bunga mollarning tartibsiz boqilishi, yem-xashak tayyorlash, daraxt va butalarni kesish kabi ishlar sabab bolgan. Uzoq yillar davomida «yogoch-komir» tayyorlash maqsadida tog yonbagirlarida juda kop ormonzorlar qirqib yuborilgan. Masalan, ilgari Zarafshon daryosidan har yili Turkiston va Zarafshon tog yonbagirlaridan Samarqandga qarab 120 ta sol oqizilgan, har bir solda 220 ta archa xodasi bolgan.
Hozirgi kunda faqat Bostonliq rayonida har bir xonadon har yili ortacha 1520 m2 otin tayyorlaydi. Buning uchun Ugam-CHotqol zonasida yiliga 21 ming m3 daraxt va butalar qirqiladi. Keyingi 10 yil ichida shu joylarda uchraydigan archazorlarning 80% qirqilib, otin qilindi.
Shunday joylardagi archazorlar pista, bodom, orik, olma kabi daraxtlarning senopopulyasiyasi mutloq buzilib, yoq bolib ketgan, yani Amir Temur davrida Samarqand qurilishlari uchun kesilgan archazorlar otgan 650 yildan ortiq davrda tiklangani yoq qolganlari ham kesilmoqda. Faqat kesilgan va qurilishda ishlatilgan archa xodalari Ahmad Yassaviy, Ulugbek, SHerdor kabi tarixiy qasrlar devorlarida saqlanib qolgan.
Inson tabiat boyligiga tasir qilganida, uning ertasini oylamaydi, natijada tirik organizmlar birliklari va populyasiyalariga katta talafot etadi.
Hayvonlar populyasiyasining yoshiga qarab tuzilishi. Hayvonlar turkumining kopayishiga qarab, populyasiya azolari bir yoki bir necha generatsiyaga taalluqli bolishi mumkin. Agar tur vakillari bir generatsiyada hosil bolgan bolsa, ularni yoshi teng (hasharotlar, baliqlarni tuxumidan chiqish) va ular hamma hayot sikllarini bir davrda otadi. Masalan, bahorda chigirtkalarning tuxumidan boshlangich yoshdagi kurtchalar chiqadi va ularning populyasiyasi faqat yosh vakillardan tashkil topadi. Lekin 23 haftadan keyin vakillarning notekis rivojlanishi tufayli, populyasiya ichida har xil, aralash yoshdagi vakillar, yoz faslining oxiridan esa populyasiya faqat balogatga yetgan vakillardan iborat bolib qoladi. Unday populyasiyalarning soni, zichligi turgun bolmaydi, sharoitning eng qulay holatining ozgarishi bilan populyasiya azolari koplab nobud boladi.
Turli generatsiyalardan hosil bolgan tur vakillari ikki guruhga: yani hayotda bir marta va kop marta kopayadigan guruhlarga bolinadi. Xayotda bir marta kopayadigan hayvonlarga hasharotlardan xonqizi qongizi kiradi. Ularning onalik vakillari tuxum qoygandan keyin oladi. Ularning qurtlari tuproqda rivojlanib, tortinchi yili pillaga oraladi. Xon qizi qongizi populyasiyasi ichida 4 generatsiya vakillari bolib, ularning har biri bir yil ichida va bir yildan keyin hosil boladi. Bunday populyasiyalar ichida ularning azolari yoshlari boyicha aniq bolingan boladi. Tashqi muhit tasirida populyasiya soni, ularning oz-kopligi ozgarib turadi.
Bir marta kopayadigan va qisqa vaqt hayot sikllarini otadigan turlarda yil davomida bir nechta boginlar almashinadi. Tashqi sharoit tasirida ularni tuxum qoyish, osish, jinsiy yetilishlari chozilib ketadi. Masalan. janubiy rayonlarda yetishtiriladigan shakar lavlagiga tushadigan kanalarning qurtlari va pillalarn qishlaydi, yozda ular 45 nasl beradi, buning natijasida populyasiya ichida 23 bogin vakillari aralash uchraydi.
Qayta kopayadigan turlar populyasiyasida yosh boyicha tugilish ancha murakkabdir. Bunga sabab; birinchidan tur vakillari balogatga yetgan vaqtda qisqa yashaydi; ikkinchidan balogatga yetgan vakillar uzoq yashaydi va kop martalab kopayadi. Birinchi holatda har yili populyasiyaning ancha qismi almashadi, ularning soni, zichligi turgun emas, qulay va noqulay sharoitli yillari keskin ozgarib turadi.
Yana bir misol, dala sichqoni populyasiyasida bahorda otgan yili tu- gilgan vakillardan avlod paydo boladi, keyin 1, 2, 3, 4-boginlar balogatga yetish davri 1 va 2-boginda yuzaga keladi va populyasiya uchun katta-kichik avlodlar bilan qoshilib ketadi, kuzgi populyasiya har xil yoshdagi vakillardan tashkil topib, qarilari nobud boladi.
Balogatga yetgan vakillar uzoq yashaydigan va kop marta kopayadigan populyasiyalar tugilishidagi turgunlik bolib, ular ichida turli bogin vakillari uchraydi. Jumladan, Xindiston fillari 812 yoshida jinsiy balogatga yetadi, ular 6070 yil yashaydi. Onalik vakillari 4 yilda bir, bazan ikki bola tugadi. Fillar podasida turli yoshli balogatga yetgan vakillar 80% ni tashkil qiladi. Yosh avlod vakillari taxminan 20% atrofida boladi.
Baliqlardan osetrlar 5055 yil, laqqa 6070, chortan 380 (100) yil yashasa, sariq ilon 4060, piton 100, timsox 60, toshbaqa 300400, qushlardan yovvoyi goz 80, bulbul - 20, burgut 100, kitlar 200, yolbars 2025, jayra 20 yil yashaydi. Ulardan tugiladigan turlar populyasiyasi yosh boyicha guruhlarning nisbati turlicha, tuzilishi murakkab, ular har xil boginlardan tashkil topgan boladi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish