1.2. Orol dengizi qurishining ekologik oqibatlari.
Orol bo`yining umumiy maydoni - 473 ming km
2
bo`lsa, uning Janubiy
qismi 245 ming km
2
tashkil etadi. Bunga Qozog’iston Respublikasi hududi,
O`zbekistonning
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
Xorazm
viloyati,
Turkmanistonning Toshxovuz viloyatlari kiradi. Orol va Orol bo`yida sodir
bo’layotgan jadal ravishdagi cho’llanish hodisasi dunyo tajribasida hali
uchratilmagan. Shuning uchun ham miqdor va sifat jihatidan baxolashda ancha
qiyinchiliklarga duch kelinmoqda.
Orol muammosi ko’p qirrali va bir-biri bilan bog’liq bo’lgan qator
masalalarni qamrab olgan bo’lib, u dengiz sathining borgan sari pasayib
borayotganligi tufayli yanada murakkablashmoqda va bu muammoni hal qilish
tobora qiyinlashmoqda. Shu narsani hisobga olish kerakki, muammoning tabiiy,
ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib,
bu hol muammoni faqat bir butun tarzda hal etishni taqozo qiladi.
Orol muammosini atroflicha o’rganish ayniqsa, XX asrning 60-yillar
boshlaridan e’tiboran kuchayib bordi. Bu O’rta Osiyo va Qozog’istonda hozir
mavjud bo’lgan ulkan suv omborlarini qurish, yirik magistral kanallar,
gidrouzellar, katta yer massivlarini o’zlashtirishga doir loyiha ishlari
mutaxassislar va olimlar o’rtasida muhokama qilingan edi.
XX asrning 70- va 80-yillarida sobiq SSSR Fan va Texnika Davlat
qo’mitasi topshirig’iga binoan Orol muammosi bilan mamlakatimizning
ko’pgina ilmiy va loyihalash tashkilotlari shug’ullandi. Olib borilgan ilmiy-
tadqiqot ishlari natijasida ushbu muammoning ko’pgina tomonlari puxta
o’rganildi. Orolni saqlab qolish va Orol bo’yida vujudga kelgan tabiiy-geografik
va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni bartaraf qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1987
yilda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan jamoatchilik asosida
«Orolni qutqarish qo’mitasi» tashkil topdi. Ayni vaqtda Orol fondi ochildi.
Orol muammosi bilan shug’ullanuvchi sobiq Ittifoq va Respublika, hamda
davlatlararo hukumat komissiyalari tashkil topdi, hozir ular amaliy tavsiyalarni
ishlab chiqish va ularni ro’yobga chiqarish borasida mutaxassislar va olimlar
hamkorligida katta ish olib bormoqda. Shunday qilib, Orol dengizi va Orol bo’yi
muammosi keng jamoatchilikning diqqat e’tiborini jalb qilmoqda.
Dengiz tubining ochilishi va daryo deltalarining qurishi hisobiga cho`l
maydonlari kengaymoqda. Ochilib qolgan 1 mln ga maydon yuzasi mayda tuz
zarrachalari bilan qoplanib, yangi shakldagi qum qoplamlarini hosil qiladi.
Dengizning qurigan qismi katta tuz makoniga aylanib atrof-muhitga jiddiy
xavf solmoqda. Shamol ayniqsa, sulfat tuzlarini to’zitishi natijasida Orol bo’yiga
tuz yog’ini yog’ilmoqda. Hisob-kitoblarga ko’ra Mo’ynoq kengligida har gektar
maydonga 1000 kg, Nukus kengligida esa 150 kg gacha tuzli chang tushadi.
Dengiz maydonining qisqarishi, bug’lanishning ko’payishi va kollektor-
drenaj suvlarining tushishi hisobidan, suvining sho’rligi ancha ortib 10 g/ldan
(1965y.), hozirgi vaqtda (2003 y) 70 g/l yetdi.
Orol fojiasi, Orol havzasida yashaydigan millionlab aholining yashash
sharoitiga va hayotining sifatiga (turmush darajasiga) salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Orol dengizining qurishi juda katta hududda ekologik sharoitning o’zgarishiga
olib keldi (3-jadval).
Shunday qilib, markaziy Osiyo hududida qum, tuz aerozollarini shamol
yordamida ko’chirib yuruvchi kuchli yangi manba vujudga keldi. Dastlabki
ma'lumotlarga qaraganda yiliga atmosferaga 100-150 mln. tonnagacha chang –
to’zon ko’tarilishi mumkin. Dengiz tubidan ko’tarilgan chang-tuz to’zoni
atmosfera ifloslanishini orttirib yubormoqda.
Chang – to’zonlarning atmosferaga ko’tarilishi birinchi marta 1975 yili
kosmosdan kuzatilgan. Chang – to’zon uzunligi - 400 km, eni esa 40 km bo`lib,
radiusi 300 km ni tashkil etadi. Tuzlarning yer yuzasiga yog’ilishi natijasida
paxtaning hosildorligi 5-15 % ga, sholiniki esa 3-6 % ga pasayib ketdi. Orol
bo`yiga yog’ilayotgan chang-tuz zarrachalaridan umumiy miqdor o`rtacha 520
kg/ga tashkil etib, tuproq holati yomonlashuvining asosiy sababchilaridan biri
bo`lib qoldi. Qoraqalpoiston Respublikasining sug`oriladigan maydonlarida
chang - tuz fraksiyalarining o’rtacha miqdori 250 kg/ga dan, Chimboy tumanida
500 t gacha boradi.