To‘yinuvchi reaktor. Magnit sistemasi to‘yinganligi tufayli nochiziqli harakteristikaga ega bo‘lgan reaktor.
Juftlangan reaktorIkkita simmetrik qismdan iborat va seksiyalangan shinalarga ulanishga mo‘ljallangan reaktor.
Boshqariluvchi reaktor. Parametrlari magnitlash yordamida o‘zgartirilib boshqariladigan reaktor.
Beton reaktori. CHo‘lg‘am simlari beton ustunchalarga mahkamlangan, po‘lat o‘zaksiz quruq reaktor.
Seksiyalararo reaktor. Seksiyalararo o‘rnatiladigan reaktor.
Tutashuvchi reaktor. Sig‘im toklarini kamaytirishi kompensatsiyalash maqsadida zanjirga parallel ulanadigan reaktor.
Ishga tushiruvchi reaktor. Elektr yuritmalarni ishga tushirishda qo‘llaniladigan tokni chegaralovchi reaktor.
SHuntlovchi reaktor. Elektr tarmoqqa yuklama kabi ulanib, reaktiv quvvatni iste’mol qiladigan reaktor.
Do'stlaringiz bilan baham: |