To‘yinuvchi tok transformatori. To‘yininsh karraliligi kichik bo‘lgan tok transformatori.
Kaskadli tok transformatori. Bir necha ketma-ket transformatsiya pog‘onalariga ega tok transformatori.
Biriktirilgan tok transformatori. Uskunaning kirish qismi birlamchi chulg‘am sifatida xizmat qiladigan tok transformatori.
SHina tok transformatoriTaqsimlash uskunasining bir yoki bir necha parallel ulangan shinalari birlamchi chulg‘am sifatida xizmat qiladigan tok transformatori.
Elektr ulchov ombirlari. Magnit sistemasi ajraluvchi ko‘chma tok transformatori.
Kaskadli kuchlanish transformatori. Birlamchi chulg‘am bir necha ketma-ket ulangan seksiyalardan iborat, ulardan ikkilamchi cho‘lg‘amga quvvat uzatish bog‘lovchi va to‘g‘rilovchi chulg‘amlar orqali amalga oshiriladigan kuchlanish transformatori.