Tok transformatori birlamchi tokining karraliligi. Tok transformatori birlamchi tokining nominal tokka nisbati.
Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsienti. Salt ishlash holatida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi kuchlanishlar nisbati.
Kuchlanish transformatorining kuchlanish xatoligi. Kuchlanish transformatorining xaqiqiy transfor-matsiya koeffitsienti nominal qiymatga teng bo‘lmaganligidan kelib chiqadigan xatolik.
Kuchlanish transformatorining burchak xatoligi. Birlamchi va ikkilamchi kuchlanish vektorlari orasidagi burchak, ideal kuchlanish transformatorida u nolga teng.
3.3. Elektr kontaktlar
Elektr kontakti. Elektr zanjirning uzluksizligini ta’minlaydigan jismlar birikmasi.
Elektr zanjirining tutashuvchi kontakti. kurilmaning boShlang‘ich holatiga o‘tishda tutashuvchi elektr zanjiri kontakti.
Do'stlaringiz bilan baham: |