Avtomatik ajratgich. Rele himoyasidan yoki boshqarish tuzilmasidan berilgan signal ta’sirida toksiz oraliq davomiyligida elektr zanjirni avtomatik uzuvchi kommutatsiya apparati.
Kisqa tutashtirgich. Elektr zanjirida sun’iy qisqa tuta-shuv hosil qilish uchun mo‘ljallangan kommutatsiya apparati.
Saqlagich. Himoya qilinadigan zanjirda qiymati belgilangan miqdordan
oshgan tok ta’sirida o‘ta qizib kuyadigan maxsus o‘tkazgichli kommutatsiya apparati.
Kontaktor. Normal qiymatli toklarni tez-tez kommutatsiya qilishga mo‘ljallangan va motorli yuritma bilan harakatga keltiriladigan ikki pozitsiyali, dastlabki holatiga o‘z-o‘zicha qaytadigan kommutatsiya apparati.
Do'stlaringiz bilan baham: |