Ishga tushiruvchi rostlash reostati. Elektr motorlarining rotor zanjiriga kirgizilgan rezistorning qarshiligini o‘zgartirish yo‘li bilan mazkur motorlarning tezligini rostlash uchun xizmat qiladigan elektr apparati.
KontrollerElektr mashinalarini, ularning rezistorlari yoki chulg‘amlarini kommutatsiya qilish yo‘li bilan boshqarish uchun mo‘ljallangan ko‘p pozitsiyali apparat.
Apparatning bosh kontakti. Apparatning asosiy zanjiriga kiritilgan kommutatsiyalovchi kontakt.
Apparatning yoy sundiruvchi kamerasi. Kommutatsiya apparatining elektr yoyi sundirilishini va ionlashgan gazlar tarqalishini cheklashga imkon yaratadigan qismi.
Puflashli yoy sundiruvchi kamera. Elektr yoyi va gaz yoki suyuqlik muhitini o‘zaro harakatga keltiradigan va maxsus sharoitlar yaratilgan yoy sundiruvchi elektr apparat kamerasi.
Kontaktli apparatning yuritmasi. Kontaktli apparat o‘z funksiyasini bajarishi uchun harakatlanuvchi qismlariga ta’sir etadigan kuch hosil qiladigan tuzilma.