Komplekt taqsimlov qurilmasi (KTK). Apparatlar, o‘lchash, himoya asboblari va yordamchi uskunalar o‘rnatilgan yopiq shkaflardan iborat ta’minlash qurilmasi.
Boshqarish pulti. Elektr qurilmalari ishini boshqarish uchun kerakli texnik vositalar, o‘lchov asboblari, apparatlar, boshqarish kalitlari, signalizatsiya va kontrol uskunalariga ega bo‘lgan qurilma.
Kommutatsiya apparatlarining holatini ko‘rsatuvchi signalizatsiya. Kommutatsiya apparatlari: uzgichlar, ajratgichlar va ularni yerga tutashtiruvchi pichoqlar holatining signalizatsiyasi, normal va avariya sharoitlarida elektr ulanishlar sxemasining holati xaqida operatorga ma’lumot berish uchun hizmat qiladigan tuzilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |