Elektr qurilmasining elektr qismi. Elektr qurilmasining elektr qismini tashkil etuvchi elektr mashinalar, apparatlar, yig‘mava bog‘lovchi shinalar. [Sinonim: Elektr taqsimlash qurilmasi. Elektricheskoe raspredelitelnoe ustroystvo].
YOpiq elektr qurilmasi. Bino ichida joylashgan elektr qurilma. Sinonim: YOpiq taqsimlash qurilmasi.
Ochiq elektr qurilmasi. Ochiq havoda joylashgan elektr qurilma. Sinonim: Ochiq taqsimlash qurilmasi.
Elektr stansiya. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, uskunalar va tegishli inshootlar majmuasi.
Gidravlik elektr stansiya. Gidravlik energiyani elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Issiqlik elektr stansiya. YOqilg‘ining yonishidan ajralib chiqadigan issiqlikni elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Gelioelektrik stansiya. kuyoshdan bevosita olinadigan issiqlikni elektr energiyaga o‘zgartiradigan stansiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |