2.2-jadval. Izolyatsiyalovchi shtangalarning minimal o‘lchamlari
Elektr uskunalarning nominal kuchlanishi, kV
|
Uzunligi, mm
|
izolyatsiyalovchi qismi
|
dastagi
|
1 gacha
|
Cheklanmaydi, qo‘llashga qulay holda belgilanadi
|
2 dan 15 gacha
|
700
|
300
|
15 dan 35 gacha
|
1100
|
400
|
35 dan Yuqori, to 110 gacha
|
1400
|
600
|
150 gacha
|
2000
|
800
|
220 gacha
|
2500
|
800
|
500 gacha
|
4000
|
1000
|
2.1.11. Shtangalar ishchi qismining konstruktsiyasi ajratgichlar bilan ishlash jarayonida sirg‘anib ketishdan holi bo‘lishi lozim. Izolyatsiyalovchi shtanga va yerga ulagich shtangalarning umumiy uzulishi yyerdan, poldan, havo elektr uzatish tarmoqlarida esa tayanchdan turib, erkin ishlatishni ta’minlashi zarur.
2.1.12.Izolyatsiyalovchi shtangalarning umumiy uzunligi uning ishlatish sharoitlariga qarab belgilanadi. Bu shtangalar elektroizolyatsiyalovchi material yoki metall bilan ulangan bir necha zvenolardan iborat bo‘lishi mumkin. Teleskopik konstruktsiyalarni qo‘llashga ruxsat etiladi. Biriktiruvchi metall qismlari, ularning uzunligi izolyatsiyalovchi qism uzunligining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan taqdirda shtanganing uzunligini 2.2-jadvalga asosan aniqlashda olib tashlanmaydi.
2.1.13. SHtanganing massasi, agar u bilan bir odam ishlasa, bir qo‘lga (chegaralovchi halqa yonida ushlab turuvchi) tushadigan eng katta kuch o‘lchov shtangalari uchun 80 N (8 kgs) dan, qolganlari uchun esa (yerga ulagich shtangasi uchun ham) 160 N (16 kgs) dan oshmasligi zarur. Kuch bundan ortiq bo‘lgan taqdirda ikkinchi odamning qatnashishi va ko‘tarib turadigan uskuna ishlatilishi talab qilinadi.
2.1.14. Izolyatsiyalarni kuchlanish ostida tozalash uchun qo‘llaniladigan izolyatsiyalovchi kovak shtangalar ishdan oldin va vaqti-vaqti bilan changtortgich yordamida puflab, tozalab turilishi lozim.
2.1.15. O‘lchov shtangalari tuzilish prinsipi yerga ulashni taqozo etuvchi hollardan tashqari, boshqa barcha holatlarda yerga ulanmaydi.
110 kV va undan Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektromontyorni bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo‘ljallangan izolyatsiyalovchi qurilma va moslamalar
2.1.16. Izolyatsiyalovchi qurilma va moslamalar 110 kV va undan Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga (simga, armaturaga) tegib ishlashda odamni uskunalarning yerga ulangan qismidan va boshqa kuchlanishga ega bo‘lgan qismlardan izolyatsiya qilish uchun mo‘ljallangandir.
Izolyatsiyalovchi qurilmalarga elektr izolyatsiyalovchi (bakelit, shishaplastik va boshqa) materiallardan tayyorlangan shtangaldar, narvonlar, tortqilar, arqonlar kiradi.
Moslamalarga ko‘taradigan savatlar, sim oldida ishlash uchun maxsus xonalar, simda harakat qiluvchi aravachalar, tortuvchi qurilmalarning qo‘shimcha qismlari. domkratlar, bloklar va hokazolar kiradi. Moslamalar elektroizolyatsiyalovchi materiallardan yoki metalldan yasalishi mumkin.
2.1.17. Tok o‘tkazuvchi qismlarga odam tegishidan oldin uning shaxsiy ekranlovchi komplekti tok o‘tkazuvchan qismlarga maxsus shtanga yordamida (potensiallarni tenglashtirish uchun) ulanishi zarur. O’lovchi o‘tkazgichning kundalang kesimi 4 mmgdan kam bo‘lmasligi lozim.
2.1.18. Simga yaqinlashish va unga keyinchalik tegish izolyatsiyalovchi narvon yoki izolyatsiyalovchi shtanga yoki arqonlarga osilgan kabina yordamida amalga oshirilishi mumkin. Izolyatsiyalovchi narvonga alohida bo‘laklardan yig‘ish mumkin. Narvonning yuqori qismi ustunni traversiga mahkamlash uchun qisqich va sharnir bilan jihozlanadi. Bu o‘z navbatida narvonni o‘zaro perpendikulyar bir yoki ikki tekislikda (maydonda) erkin harakatlanishini ta’minlaydi.
2.1.19. Izolyatsiyalovchi tortqi simlar va osilgan ilgaklar og‘irligini o‘ziga olish uchun xizmat qiladi. Simga yaqinlashish uchun kabina ishlatilgan taqdirda izolyatsiyalovchi tortqilarni ushbu kabina hamda undagi elektromontyor og‘irligini o‘ziga olish uchun ishlatish mumkin.
2.1.20. Izolyatsiyalovchi arqonlar asboblarni Yuqoriga olib chiqish, narvon va ko‘chma minoralarni joyidan qo‘zg‘atish hamda ishchi holatiga keltirish, montyorning simda, narvonda hamda kabinada turgan vaqtda xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangandir. Izolyatsiyalovchi arqonlar sintetik toladan (masalan polipropilendan) tayyorlangan bo‘lib, uning tarkibiga tabiiy tola aralashtirmagan bo‘lishi kerak.
2.1.21. Izolyatsiyalovchi arqonlardan tashqari barcha izolyatsiyalovchi qurilma va moslamalarda kuchlanish sinfi, ruxsat etilgan yuk ko‘tarish qobiliyati va keyingi sinov muddati aniq ko‘rinishi zarur. Agar narvon alohida bo‘laklardan yig‘ilgan bo‘lsa, belga har bir bo‘lagiga bosiladi.
Izolyatsiyalovchi arqonlarda yoki ularga bog‘langan sinov muddati to‘g‘risidagi belgilarda aniq ko‘rinadigan «Faqat kuchlanish ostida ishlatish uchun» yozuvi bo‘lishi lozim.
Izolyatsiyalovchi qisqichlar
2.1.22. Izolyatsiyalovchi qisqichlar saqlagichlar bilan ishlash uchun, izolyatsiyalovchi qoplamalar va to‘siqlarni o‘rnatish hamda olish va shunga o‘xshash ishlarni bajarishda qo‘llaniladi1.
1 Izolyatsiyalovchi qisqichlar o‘rniga zaruriy hollarda universal kallakli izolyatsiyalovchi shtangalarni qo‘llash lozim.
2.1.23. Qisqichlar ishchi (qisqich tishlari), izolyatsiyalovchi qismdan va dastakdan tashkil topgan. Izolyatsiyalovchi qisqichning gabarit o‘lchamlari 2.3-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |