Xavfsizlik qoidalari


Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy qoidalari



Download 0,53 Mb.
bet17/83
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#216925
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
Bog'liq
2 5318816941643664342

Himoya vositalaridan foydalanishning umumiy qoidalari

1.2.19. Ma’lum kuchlanishga mo‘ljallangan elektr himoya vositalaridan kuchlanishi ushbu miqdordan katta bo‘lmagan elektr uskunalaridagina belgilangan maqsadda foydalanish lozim.

1.2.20. Asosiy elektr himoya vositalari yopiq xonalarda o‘rnatilgan elektr uskunalarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan, ochiq elektr uskunalari va havo elektr uzatish tarmoqlarida esa faqat quruq havo sharoitlarida ishlatishga mo‘ljallangan. Ochiq havodagi namgarchilik paytlarida ushbu sharoitlarga mo‘ljallangan himoya vositalaridan foydalanish lozim.

Himoya vositalarini tayyorlash, sinash va ishlatish, faqat belgilangan davlat standartlari, texnik shartlar va yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

1.2.21. Himoya vositalarini ishlatishdan oldin, ishchi ushbu himoya vositalarini ishga yaroqliligi, tashqi tomonida shikastlangan joyi yo‘qligi, changdan tozalab artilgan holda, unga bosilgan shtampga asosan, yaroqlilik muddatini tekshirishi lozim. Dielektrik qo‘lqoplar ishlatishdan oldin ularni barmoqlari tomon burab, teshigi bor-yo‘qligini tekshirib olish zarur. Ishga yaroqlilik muddati o‘tib ketgan himoya vositalaridan foydalanish man qilinadi.
2. AYRIM TURDAGI HIMOYA VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA ULARDAN FOYDALANISH QOIDALARI

2.1. Elektr himoya vositalari

Umumiy nizomlar

2.1.1. 1000 V dan Yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi dastak tomonidan elektr izolyatsiyalovchi materialdan qilingan ajratgich halqa yoki tirgovich bilan ajratiladi. Ajratgich halqaning tashqi diametri dastakning tashqi diametridan kamida 10 mm ga ortiq bo‘lishi kerak. Izolyatsiyalovchi qism bilan dastak chegarasini faqat bo‘yoq bilan ajratib qo‘yish man qilinadi. Ajratgich halqa esa izolyatsiyalovchi qismning bir bo‘lagi hisoblanadi. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida ishlatiladigan himoya vositalaridagi tirgovichning balandligi texnik shartlarda keltirilgan talablarga mos kelishi lozim.

Himoya vositalarini ishlatish jarayonida ularning ajratgich halqa yoki tirgovichni tashqarisidagi izolyatsiyalovchi qismiga tegish man qilinadi.

2.1.2. Elektroizolyatsiyalovchi trubkadan qilingan himoya vositalari konstruktsiyasida trubka ichiga chang va suv kirishiga qarshi chora ko‘rilgan bo‘lishi zarur. Ushbu talab izolyatsiyalovchi chang tortuvchi shtangalarga taalluqli emas.

2.1.3. SHtanga va kuchlanish ko‘rsatgichlarning konstruktsiyasi va ishchi qismining o‘lchamlari uskunalarning (qutblari) fazalari orasida va ularni yerga ulangan qismiga nisbatan tutashuviga imkon bermasligi darkor.

2.1.4. Izolyatsiyalovchi himoya vositalarining loklangan yuzasi buzilgan yoki boshqa nosozliklar aniqlangan taqdirda ularni ishlatish man qilinadi.

2.1.5. 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida izolyatsiyalovchi shtangalar (o‘lchov shtangalaridan tashqari) yerga ulash uchun, izolyatsiyalarni changdan tozalash uchun izolyatsiyalovchi qisqichlar, elektr o‘lchovchi va kuchlanish ko‘rsatgichlaridan dielektrik qo‘lqop kiyib foydalanish zarur. O‘lchov shtangalari bilan ishlaganda dielektrik qo‘lqopdan foydalanish zarur emas.

Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalari

2.1.6. Izolyatsiyalovchi operativ shtangalar va yerga ulagich shtangalariga qo‘yilgan umumiy texnik talablar GOST 20494-75 da qayd etilgan.

2.1.7. Izolyatsiyalovchi shtangalar operativ ishlarni, o‘lchov ishlarini (izolyatsiya holatini va elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalardagi ulagichlarni tekshirish uchun), razryadnik detallarini o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangandir. Izolyatsiyalovchi shtangalar, har xil vazifalarni bajarish uchun almashtirib olib qo‘yishga mo‘ljallangan kallakli (ishchi qismli) universal bo‘lishi mumkin.

2.1.8. Izolyatsiyalovchi shtangalar ishchi, izolyatsiyalovchi qismlardan va dastakdan iborat. Ishchi qismining konstruktsiyasi ushbu shtanga bilan bajariladigan ishlarga muvofiq aniqlanadi. O‘lchov shtangasining ishchi qismi o‘lchov qurilmasidir.

SHtanganing izolyatsiyalovchi qismi 1.1.6-bandda ko‘rsatilgan materiallardan yasalishi zarur. Dastak esa shtanga bilan yaxlit yoki alohida bo‘lak holida yasalishi mumkin.

2.1.9. Elektr yoyini o‘chirish qurilmasi bilan jihozlangan shtangalar 110 kV va undan Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining fazalarini alohida ta’mirlashda o‘chirilgan fazani yerga ulash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, shtanga ushbu fazani yerga ulash jarayonida hosil bo‘ladigan elektr yoyini o‘chirish vazifasini ham bajaradi. Hamma shtangalar yerga ulagich shtangalariga qo‘yilgan talablarni qondirishi zarur.

Elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmalar bilan jihozlangan shtangalar izolyatsiyalovchi qismdan, dastak, elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali ishchi qism va ilgak (pantografik va boshqa konstruktsiyadagi), hamda strubsinali yerga ulovchi simdan tashkil topgan. Izolyatsiyalovchi qism va dastakning uzunligi 2.1-jadvalda keltirilgan.

Yerga ulovchi simning kundalang kesimi mexanik mustahkamligi bo‘yicha 25 mm2 dan kam bo‘lmasligi lozim. Elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmali shtangada ishlatilishi mo‘ljallangan elektr uzatish tarmog‘ini kuchlanishi va elektr yoyini o‘chiruvchi qurilmaning nominal toki ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur.

2.1.10. Izolyatsiyalovchi shtangalar o‘lchami 2.2-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‘lmasligi, yerga ulagich shtangalar o‘lchami esa 2.1-jadvalda keltirilgan uzunlikdan kam bo‘lmasligi shart. 15 kV kuchlanishgacha mo‘ljallangan chinni izolyatorli va elektroizolyatsiyalovchi materialdan qilingan uzaytirgichlar shtangalarning minimal izolyatsiyalovchi qism uzunligiga (2.2-jadval) izolyator uzunligi va uzaytirgichning izolyatordan dastakkacha bo‘lgan qismi kiradi.




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish