Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar va baxtsiz hodisalami tekshirish


Avariyani texnik jihatdan tekshirishni tashkil etish



Download 137,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.12.2022
Hajmi137,75 Kb.
#875755
1   2   3   4
Bog'liq
Axtam Ibrohimov 38

Avariyani texnik jihatdan tekshirishni tashkil etish 
 
6. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik 
jihatdan tekshirish Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan 
tashkil etiladigan va davlat 
qo‘mitasi vakili boshchilik qiladigan Xavfli ishlab 
chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi 
komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan 
amalga oshiriladi. 
(6-
band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 
2019-yil 30-sentabrdagi 04/YuB-39-sonli qarori 
(ro‘yxat raqami 2558
-1, 14.10.2019-y.) 
tahririda 

 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10
.2019-y., 10/19/2558-
1/3903-son) 
7. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi: 
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat 
hokimiyati organi vakili; 
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakili; 


xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning 
kasaba uyushmasi raisi (agar mavjud bo‘lsa);
avariya yuz bergan xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi 
tashkilotning yuqori turuvchi organi vakili (agar mavjud bo‘lsa).
8. Komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-
tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa 
sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi 
mumkin.
9. Avariya natijasida sodir bo‘lgan bax
tsiz hodisalar Vazirlar 
Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-
sonli qarori (O‘zbekiston 
Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1997
-y., 6-son, 21-modda) 
bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar 
salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish 
to‘g‘risidagi
nizomga
asosan tekshiriladi. 

10. Avariyani texnik jihatdan tekshirish muddati 15 kundan 
oshmasligi lozim. Yuz bergan avariyani qo‘shimcha ravishda o‘rganish talab 
etilgan hollarda, texnik jihatdan tekshirish muddati Komissiya raisining 
asoslantirilgan yozma murojaatiga asosan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi 
raisi tomonidan tekshirish muddati qo‘shimcha ravishda 15 kungacha 
uzaytirilishi mumkin. 
(10-
band O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining 
2019-yil 30-sentabrdagi 04/YuB-39-sonli qarori 
(ro‘yxat raqami 2558
-1, 14.10.2019-y.) 
tahririda 

 
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2019
-y., 10/19/2558-
1/3903-son) 
11. Komissiya tomonidan avariyani texnik jihatdan tekshirishda: 
avariya yuz bergan xavfli ishlab chiqarish obyekti ko‘zdan kechiriladi, 
bunda ko‘zdan 
kechirish natijalari yuzasidan bayonnoma tuziladi, 
obyektning chizmasi chiziladi, obyekt suratga olinadi, zarur hollarda, 
videotasvirga tushiriladi; 
yuz bergan avariyadan jabrlanganlar, jarohat olganlar, guvohlar va 
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning mansabdor 
shaxslari bilan so‘rov o‘tkaziladi va ulardan yozma ravishda tushuntirish 
olinadi; 
jalb qilingan ekspert va mutaxassislarning avariyaning yuz berish 
sabablari bo‘yicha yozma xulosalari olinadi;
tegishli qutqaruv xizmatining xulosasi olinadi; 
texnologik jarayonlarning buzilish sabablari hamda xavfli ishlab 
chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini ekspluatatsiya 
qilish sharoitlari aniqlanadi; 
ishlab chiqarish nazorati faoliyati tahlil qilinadi; 


avariyaning yuz berishiga yo‘l qo‘ygan xodimlar aniqlanadi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi texnologik jarayonlarning 
loyihaviy yechimlarga hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiqligi 
o‘rganiladi;
xavfli 
ishlab 
chiqarish 
obyektida 
qo
‘llaniladigan 
texnika 
qurilmalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi o‘rganiladi;
xodimlarning mutaxassisligi va malakasi ularning egallab turgan 
lavozimiga muvofiqligi o‘rganiladi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa 
shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol
-mulkiga hamda atrof muhitga 
zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning majburiy sug‘urta qilinganligi 
o‘rganiladi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya natijasida yetkazilgan 
taxminiy zarar o‘rganiladi.
12. A
variyaning yuz berish sabablari va holatlarini o‘rganish natijalari 
bo‘yicha Komissiya tomonidan avariya rivojlanish ssenariysi aks ettirilgan 
ma’lumotnoma tuziladi. Bunda mazkur ma’lumotnomada yuz bergan 
avariyani bartaraf etish va bunday avariyalarning takroran yuz berishining 
oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
13. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning 
mansabdor shaxslari avariya yuzasidan zarur bo‘lgan barcha hujjatlar va 
ma’lumotlarni Komissiyaga taqdim etishi shart. Bunda so‘ralgan hujjatlar asl 
nusxada Komissiyaga taqdim etilishi lozim. Zarur hollarda, Komissiya 
tomonidan hujjatlardan nusxa olinishi mumkin. Taqdim qilingan 
hujjatlardagi yozuvlarni o‘chirish va unga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
14. Yuz bergan avariya oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar xavfli 
ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan hisoblab 
chiqiladi va tashkilot rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) tomonidan 
tasdiqlanadi.

Download 137,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish