Jarohatlanishlar va kasallanishlarni tahlil qilish usullari
Ishlab chiqarishdagi jarohatlami taxlil qilishdan maqsad, xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillarini va baxtsiz hodisalaming vujudga kelishini aniqlash hamda ulami oldini olishga doir chora-tadbirlami ishlab chiqishdan iboratdir.
Qishloh xo’jaligida jarohatlanishni o’rganish va taxlil qilishda statistik, topografik, monografik, ergonomik, iqtisodiy va boshqa usullar qo’llaniladi. Bu usullaming har biri mehnat sharoitini yaxshilashga va xavfsizlikni ta’minlashga doir tor doiradagi masalalami ko’rib chiqish va hal qilishga yo’naltirilgan.
Jarohatlanishni o’rganishning statistik usuli eng ko’p tarqalgan. Bu usul baxtsiz hodisani tekshirish paytida N-l shaklda dalolatnomadagi baxtsiz hodisalami tavsiflovchi ma’lumotlarga asoslanadi. Shu usulga ko’ra barcha baxtsiz hodisalar alohida belgilari: jarohatlanganlaming yoshi, kasbi, jinsi, bajaradigan ishiga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu usul kasblar, yosh va boshqa ko’rsatkichlar qanchalik xavfli ekanligini aniqlashga, shuningdek, jarohatlanishning oldini olishga doir chora-tadbirlar ko’rishga imkon beradi. Ushbu usul orqali jarohatlanishning quyidagi asosiy nisbiy ko’rsatkichlari: tez-tez takrorlanish koeffisienti, K„ va og’irlik koeffisienti, KO4 ish vaqtinshg yo’qotilishi, K„ va o'lim sonish ko’rsatuvchi koeffitsenlarii, Ko- orqali jarohatlanshi darajasini aniqlash mumkin.
Taxlilga kirishishdan oldin boshlang’ich xujjatlami tekshirish va tayyorlash lozim. Dastlab ishlab chiqarish to’liq hisobga olinganligi aniqlanadi. Buning uchun baxtsiz hodisalami tekshirish tavsifnomalari buxgalteriyadagi mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan taqqoslanadi. Bu varaqalarda ko’rsatilgan diagnozlar bilan tanishish korxonada jarohatlanishlami yashirish hollari bo’lgan bo’lmagan- ligini aniqlashga imkon beradi. Shundan keyin tavsifnomalarda bayon qilingan hodisalaming to’g’riligiga ishonch hosil qilinadi, shubha tug’dirgan yozuvlar baxtsiz hodisa ro’y bergan joyda tekshirib ko’riladi. Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim punkglami noto’g’ri yoki noaniq to’ldirish, noto’g’ri xulosalar chiqarishga va buning oqibatida baxtsiz hodisa sabablarini yo’qotishga olib keladi. Jarohatlanishlarning tez-tez takrorlanish koeffisienti,
KT =1000xTl/R
bu yerda: Tl – tekshirilayotgan davr ichida jaroxatlanganlar soni;
R - shu davr oralig 'ida ishlagan ishchilarning о 'rtacha soni.
Lekin jarohatlanishlami tez-tez takrorlanish koeffisienti olingan jarohatning og’ir-engilligini ko’rsatmaydi. Bir korxonada baxtsiz hodisalaming aksariyatida yengil jarohat olgan va mehnat qobiliyatini yo’qotgan kishi - kunlar soni eng kam, boshqa korxonada esa baxtsiz hodisalarda asosan og’ir jarohat olgan eng ko’p bo’lishi mumkin. Jarohatlanish darajasiga baho berishda bulami, albatta, e’tiborga olish kerak. Shu mahsadlarda jarohatlanishning og’irlik koeffisienti ko’rsatkichi qo’llaniladi, u bir baxtsiz hodisaga qancha mehnat qobiliyati yo’qotilganligini ko’rsatadi.
J arohatlanishlaming og’irlik koeffisienti Kog’ hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar sonini tekshirilayotgan davr ichida jarohatlanganlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
bu yerda: Dya - hisobot davridagi ishga yaroqsiz kunlar soni.
Ish vaqtini yo’qotish koeffisienti Ky 1000 kishi hisobiga hisob-kitob qilinadi va quyidagicha aniqlanadi:
Topografik usulda baxtsiz hodisa sodir bo’lgan joy aniqlanadi. Buning uchun xo’jalikniig (bo’lim, fermer xo’jaligi, brigada va boshq.) bosh rejasida baxtsiz hodisa sodir bo’lgan joy shartli belgi bilan belgilanadi. Bunda baxtsiz hodisalar tez takrorlana-digan joylar yaqqol ko’zga tashlanadi, bu esa ulaming sodir bo’lish sabablarini yo’qotishga doir shoshilinch choralar ko’rishga imkon beradi.
Monografik usulda aniq ish joyi, uchastka, uskuna, mashina, mexanizm yoki texnologik jarayonda yuzaga kelgan xavfli yoki zararli ishlab chiqarish omillari tahlil qilinadi. Bu usuldan foydalanib, baxtsiz hodisa sodir bo’lgandagi barcha holatlami (ish joyidagi mikroiqlim, shovqin, titrash va boshq.) chuqur o’rganiladi. Shuningdek, usul yangidan loyihalanayotgan yoki ta’mirlanayotgan korxonalarda mehnat xavfsizligiga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo’llanilishi mumkin.
Ergonomik usulda mehnat turlarining o’ziga xos tomonlari ergonomik omillaming (mashina, mexanizmning boshqarish organlarida zo’riqish, ishchining ish bajarayotgandagi holati va boshq.) mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
Iqtisodiy usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar, shuningdek mehnat xavfsizligi chora-tadbirlariga sarflangan mablag’laming to’g’ri taqsimlanganligi baxtsiz hodisalaming oldini olishga ketgan xarajatlarning samaradorligi aniqlanadi. Jarohatlanish darajasi korxonaning iqtisodiga ta’sirini baholashda jarohatlanish bilan bog’liq xarajatlar, shuningdek, sifatsiz mahsulotlar va mehnat unumdorligining pasayishidan ko’rilgan zararlar va boshqa xarajatlar e’tiborga olinadi. Lekin bu usul baxtsiz hodisaning sabablarini aniqlashga imkon bermaydi, shuning uchun bu qo’shimcha usul hisoblanadi.
Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |