Konstitusiyaviy-huquqiy tartibga solish
Huquqiy tartibga solishning eng oliy shakli-konstitusiyaviy huquqiy tartibga solishdir. Zero, Konstitusiya mamlakatning Asosiy qonuni bо`lib, yuksak maqomli, о`ta nufuzli siyosiy yuridik hujjat sanaladi. U mо`tabar ijtimoiy huquqiy qadriyat sifatida jamiyat va davlat hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga soluvchi ta`sirchan vositadir.
Konstitusiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish (struktura)ga va ijtimoiy hayotning alohida sohalariga ta`sir etishning о`ziga xos xususiyatlariga ega. U huquqiy tartibga solish yagona tizimining maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi, ya`ni:
-mamlakat miqyosida yagona konstitusiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini tashkil etadi;
-u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;
-huquqiy tartibga solishning umumiy strategiyasini, siyosiy yо`nalishini, ustuvor prinsiplarini belgilaydi;
-ijtimoiy munosabatlarni konstitusiyaviy tartibga solish davlat tomonidan eng yuksak darajada kafolatlanadi va ta`minlanadi.
Konstitusiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarni bir necha yirik majmualarga ajratish mumkin:
-jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik hamda tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar;
-shaxsning huquqiy maqomi asoslarini belgilovchi inson huquqlari va erkinliklarini ta`minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar;
-mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma`muriy-hududiy tuzilishi, shuningdek Qoraqolpogiston Respublikasi huquqiy maqomi, vakolatlarini amalga oshirish bilan bogliq ijtimoiy munosabatlar va hokazolar.
Konstitusiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini uch element: konstitusiyaviy normalar; konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlar; konstitusiyaviy huquq va majburiyatlarni amalga oshirsh aktlari tashkil qiladi. Ushbu mexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yuridik normalar о`zining eng oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat`iy ta`minlanishi bilan ajralib turadi.
Konstitusiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar umumiy mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya`ni konkret munosabatlar) uchun asos vazifasini о`taydi.
Xulosa kilib aytadigan bulsak, xukukiy koidalarni xayotga tadbik etish, xayotning eng muxim shartlaridan biridir. Jamiyatda xam xukuk mavjud ekan, uni amalga oshirish ijtimoiy munosabatlar yuridik formasini yashash usuli bulib kelgan va xamisha bulib keladi.
Xukukiy normalarning ijtimoiy munosabatlarga ta`siri ularni tartibga solish xukukni amalga oshirish jarayonining bevosita natijasidir. Xukukiy tartibga solish bu ijtimoiy munosabatlarga xukuk yordamida ularni umummajburiy normativ tarzda tartibga solish maksadida ta`sir etish jarayonidir.
Xukukiy tartibga solishni uziga xos xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining yuridik xukuk va burchlarini belgilaydi, xukuklardan foydalanishni va majburiyatlarni bajarilishini ta`minlaydi.
Xukukiy tartibga solish mexanizmining turli tuman ijtimoiy munosabatlarga muntajam ravishda va muayan ketma-ketlikda ta`sir etish jarayonidir.
Xukukiy tartibga solish xukukiy ta`sir etishga nisbatan mustakil va faol kunikmalaridan biridir. Xukukiy tartibga solish - bu ijtimoiy munosabatlarga xukuk yordamida ularni umummajburiy normativ tarzda tartibga solish maksadida ta`sir etish jarayonidir.
Adabiyotlar:
1. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. Toshkent. 2009. Y.f.d.,prof.X.T.Odilqoriyev. О`zb.Resp.I,I.V.Akademiyasi
Антонов И. П. Основи правовой системи Федеративной Республики Германий. (Теоретический и историко-правовой аспекти). – М.: Академия управления МВД России, 2003. – 147 c.
Боботов С. В., Жигачев И. Й. Введение в правовую систему США. – М.: Норма, 1997. – 333 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |