Xatirchi tumani xtbga qarashli 78-umumiy o’rta ta’lim maktabida matematika va informatika fanlari oyligi hisobot I



Download 1,97 Mb.
Sana11.09.2021
Hajmi1,97 Mb.
#171861
Bog'liq
Fan oyligi hisobot


Xatirchi tumani XTBga qarashli 78-umumiy o’rta ta’lim maktabida matematika va informatika fanlari oyligi

H I S O B O T I

Xatirchi tumani 78-umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-fevraldan 27-fevralgacha  matematika va informatika fanlari oyligi deb e`lon qilindi.

Maktabning fan oyligi buyrug’i va chora tadbir ishlab chiqildi.Fan oyligini o`tkazishdan maqsad matematika va informatika ta’limi mazmunini takomillashtirilgan talablar asosida tashkil etish, ya’ni o`qituvchi va o`quvchilarning ijodiy hamkorligini targ`ib etish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning ijodiy, izlanuvchanlik mahoratini namoyish etish, iqtidorli o`quvchilarning qobiliyatlarini yanada rivojlantirishdan iborat. Shu maqsadda fan oyligini o`tkazish bo`yicha chora –tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Reja asosida turli xil tanlovlar, tadbirlar, ochiqdarslartashkiletildi.

Fan oyligining 1-haftasi ,,Matematika olamida’’ deb nomlanib, fan oyligi haqida maktab chizig`ida e`lon qilindi. Fan oyligiga bag`ishlab, ,, Maktab hayoti” devori Matematika faniga hissa qo’shgan siymolarining rasmlari, hikmatliso`zlar, boshqotirmalar bilan bezatildi.






Maktabning“Yosh matematik” ko’rik tanlovi e’lon qilindi. Ko’rik


tanlovning birinchi bosqichi “Kichik olimpiada” tarzida o’tkazildi.Olimpiada natijasiga ko’ra 5-“A” sinf o’quvchisi Muhammadiyeva Soliha , 6-sinf o’quvchisi Qutbiddinov Sarvar, 7- sinf o’quvchisi Abdurahmonov Temur, 8-sinf o’quvchisi Qudratov Alisher, 9-sinf o’quvchisi Shukrullayev Oybek, 10- sinf o’quvchisi Jo’raqulov Salohiddin, 11-sinf o’quvchisi Bekpo’latov Oriflar 2-bosqichqa o’tishdi.

1-fevraldan 27-fevralgacha 5-9-sinflardan fan o`qituvchilari tomonidan o`quvchilarining bilim sifatini DTS ga mosligini aniqlash maqsadida kirish va chiqish testlari olindi. Test natijalariga ko`ra o`quvchilarning bilim samadorligi o`sganligini ko`rsatadi.

4-fevralda 5-6-sinf o`quvchilari o`rtasida,,O’rtaOsiyomatematiklari” mavzusida fan o`qituvchilari tomonidan referatlar tanlovi o`tkazildi. Bunda :

1-o`rin 6-,,A’’Narzullayeva Zahro, 6-,,B’’ Islomova Nilufar.

2-o`rin: 5-,,A’’Shukrullayeva Shodiyona , 6-,,A’’J.Samadov

3-o`rin: 5-,,A’’S.Jalolova,    6-,,B’’sinf o`quvchisi QalandarovaMaftunalar  egalashdi.

5-fevralda 9-sinf o`quvchilari o`rtasida fan o’qituvchilari tomonidan

,,O’rtaOsiyomatematiklari” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi bo`lib o`tdi. Bunda:1-o`rin: 9-,,A’’sinfiga,2-o`rin, 5-,,A’’sinfiga, 3-o`rin : 9-,,B’’sinfiga berildi.

6-fevralda 6-sinflar o`rtasida,,Ulug’ matematiklar ’’ mavzusida boshqotirmalar tanlovi o’tkazildi. 1-o`rin 6-,,A’’Ubaydullayeva Hulkar , 6-,,A’’M.Tursunmatova

2-o`rin: 6-,,B’’A.Jo’rayev, 6-,,A’’M.Bobomurodov

3-o`rin: 6-,,A’’S.Jalolova,    6-,,B’’sinf o`quvchisiZ.Sultonovaga  berildi

8- fevralda “Informatika o’rganib zamon bilan tenglashamiz” mavzusida 8- sinflar o`rtasida boshqotirmalar bellshuv bo`lib o`tdi.



Fan oyligining 1-haftasidan ,, Dars -muqaddas’’ shiori ostida fan o`qituvchilari tomonidan AKT asosida ochiq darslar tashkil etildi. Ushbu haftada fan o`qituvchilari electron darsliklar, videolavhalar, slaydlar asosida AKT dan va interfaol usullardan foydalanib ochiq darslar o`tishdi.

Informatika fani o’qituvchisi Ro’ziqulova Muhayyo 11 sinflarda “Web-dizayn va uning dasturiy ta’minoti ” mavzusida ochiq dars o’tdi.

5-fevralda matematika va informatika fanio`qituvchisi Botirova Mehriniso 5-“A” sinfida “Paint grafik dasturi’’mavzusida AKT dan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda electron darslik, boshqotirma, tarqatma test, slayd, “6x6x6” usulidan foydalandi.

9-fevralda matematika fani o`qituvchisi Ro’ziyev Husan 11-,,B’’sinfida ,,Aniq integrallar tatbiqi’’ mavzusida AKT dan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda electron darslik, boshqotirma, tarqatma test, slayd, “Zinama- zina” o’yinidan ,,Klaster’’ usulidan foydalandi. Darsda o`quvchilarning faolligini oshirish bo`yicha tavsiyalar berildi.

Fan oyliginig 2-haftasi ,,Matematika – aqlgimnastikasi’’  nomi ostida o`tkazildi. O`quvchilar o`rtasida turli tadbirlar, tanlovlar bo`lib o`tdi.

12- fevralda matematika fani o`qituvchisi Rahmonova 6-“A” sinfida “Sonlarni taqqoslash” mavzusida, 13 – fevralda matematika fani o`qituvchisi Agzamova Mavluda 7-,,A’’sinfida “Uchburchak tashqi burchagi xossasi” mavzusida AKT dan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda electron darslikdan foydalandi.

16-fevralda matematika fanio’qituvchisi Bahronov Bahodir 5-,,B’’sinfida “O’nli kasrlarni qo’shish va ayirish” mavzusida slayd va interfaol usullar asosida ochiq dars o`tdi. Darsda o`quvchlar faol qatnashdi, dars samarali o`tdi.

Fan oyliginig 3-haftasi  ,,Informatika olamida’’  nomiostida o`tkazildi. O`quvchilar o`rtasi daturli tadbirlar, tanlovlar bo`lib o`tdi.

18 –fevralda matematika va informatika fani o`qituvchisi Nazarova Sharifa 5-“A”sinfida “O’nli kasrlarni yozilishi va o’qilishi ” mavzusida AKT asosida slaydlardan foydalanib ochiq dars o`tdi. Darsda o`quvchilarni guruhlarga ajratib, alohida topshiriqlar berib bordi.Darsda o`quvchilarning faolligini oshirishda interfaol usullardan o`rinli foydalanish tavsiya etildi.Darsda rolli o’yinlar asosida mavsu mustahkamlandi



20 –fevral kuni matematika fani o’qiruvchisi Rahmonova Nasiba tomonidan 9-“A” sinf o’quvchilariga “Ikkilangan burchak sinusi va kosinisi” mavzusida ochiq dars o’tildi.




Dars jarayonida AKT va ilg’or pedagogk texnologiyalaridan foydalanildi..

22-fevral kuni matematika va informatika fani o’qituvchisi Nazarova Sharifa 7-sinf o’quvchilariga geometriya fanidan “To’g’ri burchakli uchburchakning xossalari”mavzusi asosida ochiq dars o’tildi.

Fan oyliginig 4-haftasi  ,,Matematika va hayot’’  nomi ostida o`tkazildi .O`quvchilar o`rtasida turli tadbirlar, tanlovlar bo`lib o`tdi.

25-fevralda 6- sinflar o`rtasida “Ajdodlarga munosib avlod bo’lkaylik” shiori ostida sinfdan tashqari tadbir bo’lib o’tdi.Tadbirda 1-o’rinni 6 “A” sinf o’quvchilari , 2 - o’rinni 6-“B” sinf o`quvchilari egallashdi


Fan oyligi turli bellashuv , tadbir, ochiq darslar , tanlov asosida o’tish bilan birgalikda 16 fevraldan 23 fevralgacha “Al Xorazmiy ” haftaligi bo’lib o’tdi bu haftada ham Matematika fan o’qituvchilari Al-Xorazmiyning hayoti va ijodiga bag’ishlab ochiq dars va bellashuv o’tkazishdi.






27-fevralda matematika va informarika fani oyligi yakuniy hisobot tadbirida “Yosh matematik ” ko’rik t"anlovining 2- bosqichi bo’lib o’tdi va tadbirda fan oyligida qilingan ishlar bo’yicha hisobot berildi , shu bilan birgalikda turli munozara va bahsga boy bellashuv bo’ldi. Tadbirni tashkiliy qismini 5-“A” sinf o’quvchilarning chiqishi bilan boshlandi.

“Yosh matemaik ” ko’rik tanlovining 1-o’rin 10-“A” sinf o’quvchisi Jo’raqulov Salohiddin , 2-O’rin 11-“B” sinf o’quvchisi Bekpo’latov Orif , 3-o’rinni 6-“A” sinf o’quvchisi Qutbiddinov Sarvarlar egallashdi. Maktab ma’muriyati va Yoshlar ittifoqo tomonidan ko’rik tanlovni faxrli 1,2,3 o’rinni olgan o’quvchilari va tadbirda faol ishtirok etgan shu bilan birgalik fan oyligi davomida turli xil tanlovlar faol ishtirok etgan o’quvchilar bilan birga fan oyligida faol ishtirok etgan “Yosh matematik” ko’rik tanlovini tashkil etgan o’qituvchilar ham faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Ushbu fan oyligini hisoboti va “yosh matematik ” ko’rik tanlovi matbuotda ham yoritildi.



Matematika va informatika fanlarioyligi maktabimizda  1 -fevraldan



27 –fevralgacha bo`lib o`tdi. Fan oyligi reja asosida  olib borildi va rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi.  Fan oyligi qiziqarli va samarali o`tdi.Fan oyligi doirasida o’tilgan ochiq darslardan Ro’ziqulova Muhayyo hamda Botirova Mehrinisolarning 1 soatlik ochiq darslari ommalashtirish uchun pedagogik kengashga tavsiya etildi.

Uslubbirlashma rahbari:        Nazarova Sharifa Ro’ziqulovna
Kotiba : Ag’zamova Mavluda
Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish